Ma’lumotlar ombori Reja


Maydon – ma’lumotlar ombori strukturasini belgilaydi



Yüklə 91,09 Kb.
səhifə4/5
tarix21.04.2022
ölçüsü91,09 Kb.
#85803
1   2   3   4   5
Ma’lumotlar ombori Reja

Maydon – ma’lumotlar ombori strukturasini belgilaydi.

Yozuv – o’zaro mantiqan bog’langan maydonlar majmui bo’lib, biror obyektning asosiy xususiyatlarini ifodalaydi.

Ma’lumotlar ombori strukturasini to’laroq tushunib olish uchun bir misol ko’ramiz. Ma’lumot kiritilmagan birgina maydonlar belgilangan 9-sinf o’quvchilari haqidagi bo’sh ma’lumotlar omborini tasavvur qiling. Ma’lumotlar omborini tashkil qilish uchun quyidagicha jadval tuzib olinadi.






Familiyasi

Ismi

Otasining ismi

Tug’ilgan sana

Telefon raqami

Qiziqishi

1

Qurbonov

Bexruz

Qaxramon

1993.11.02

296-88-11

Sport

2



















Bu jadvalda ma’lum bir axborot saqlanmoqda - bu ma’lumotlar ombori strukturasi, ya’ni maydonlar to’plamidir. Maydonlar jadvalga qaysi ma’lumotlar va qanday ko’rinishda kiritilishini belgilaydi.

Ma’lumotlar omborining xususiyatiga qarab , unda axborotlar uch xil shaklda saqlanadi:
1) Iyerarxik (chiziqli) 2) To’rli 3) Relatsion (jadvalli)

Ma’lumotlarning iyerarxik shakli ularni qayta ishlash uchun eng qulay hisoblanadi. Uni quyidagi misolda ko’ramiz.


Misol. Axborotlar omboridan Toshkent shahar , Qorasuv 8-dahasi, 104-uy, 87-xonadonni izlab keluvchi mexmonning yo’nalishi quyidagicha bo’ladi:

1. Barcha davlatlar ichidan O’zbekistonni topadi.

2. O’zbekiston hududidagi barcha shaharlar orasidan Toshkentni tanlaydi.

3. Toshkent shahridagi dahalardan Qorasuv – 8 ni topadi.

4. Qorasuv 8-dahasidagi barcha uylardan 104-uyni topadi.

5. Xonadonlar orasidan kerakli 87-xonadonni izlaydi,

Ma’lumotning bunday ko’rinishi iyyerxik shakli deb nomlanadi.

Agar yuqoridagi misollar biror pog’onadagi ma’lumotlar boshqa pog’onadagi ma’lumotlar bilan ikki yoki undan ortiq marta bog’lansa, ma’lumotlarning bunday shakli to’rli shakl deb nomlanadi.









Iyerarxik va to’rli modellarning sxematik ko’rinishi.



Yuqoridagi sxema ko’rinishida ifodalash nisbatan qiyin bo’lgan ma’lumotlar ham bor. Masalan, 9-sinf o’quvchilari haqidagi ma’lumotlarni quyidagi keltirilgan jadval ko’rinishida ifodalash juda qulay.





Yüklə 91,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə