Ma’lumotlar ombori – aniq bir sohaga tegishli ma’lumotlarning strukturalangan va o’z nomiga ega bo’lgan majmui.
Ma’lumotlarni struktaralash – ma’lumotlarni ma’lum xususiyatlari bo’yicha birlashtirish.
Masalan, korxonaning ma’lumotlar omborida quyidagi axborotlar saqlanishi mumkin:
Korxonaning ishchi xizmatchilari haqidagi barcha ma’lumotlar.
Korxonaning moddiy va texnik bazasi haqidagi ma’lumotlar.
Omborlardagi zahiralar haqidagi ma’lumotlar.
Tayyor maxsulotlar haqidagi ma’lumotlar va hokazo.
Kompyuterlarda bu kabi ma’lumotlarni qayta ishlash uchun ma’lumotlar strukturasini belgilab olish kerak. Ma’lumotlar omborini tashkil etishda axborotlarni saqlash talab qilinadi.
Ma’lumotlar omborida ustunlar Maydon , satrlar – Yozuv, Maydon va yozuvlar kesish katakchalari esa - Rekvizit deb yuritiladi.
Dostları ilə paylaş: |