Maʼlumotlarda koʻra, dunyoda pilla yetishtirish miqdori boʻyicha mamlakatimiz Xitoy va Hindistondan keyin uchinchi oʻrinda turadi



Yüklə 3,19 Mb.
tarix26.05.2023
ölçüsü3,19 Mb.
#113075
hisoboterfe

Mana bugun 01.05.2023-yil amaliyotning birinchi kuni bugun biz Surxondaryo viloyatining Termiz tumaniga qarashli ipak markaziga bordik bu yerda yetishtriladigan ipakning qanday yetishtrilishi va eng qiziq tomonlarini o’rgandik Azaldan ota-bobolarimiz ipak ishlab chiqarish bilan shugʻullangan. Bu tom maʼnoda boy madaniy merosimizga ham aylanib ulgurgan, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Yana bir muhim jihati, pillachilik sohasi yurtimiz qishloq xoʻjaligining muhim tarmoqlaridan biri boʻlib, iqtisodiyotni yuksaltirish, aholi farovonligini oshirishda ham katta ahamiyatga ega.


Maʼlumotlarda koʻra, dunyoda pilla yetishtirish miqdori boʻyicha mamlakatimiz Xitoy va Hindistondan keyin uchinchi oʻrinda turadi. Lekin keyingi paytda ipakchiligimiz dovrugʻi pasayib, aholi orasida ipak qurti parvarishlashga ishtiyoq ancha susaygan edi. Oqibatda pilla yetishtirish, uni chuqur qayta ishlash va eksport qilish koʻrsatkichlari keskin tushib ketdi. Yurtimizda dunyoda aholi jon boshiga pilla yetishtirish boʻyicha birinchi oʻrinda tursa ham, uning jahon bozoridagi ulushi bor yoʻgʻi 2,5 foizni tashkil etadi. Demak, respublikamizda pilla yetishtirish hajmini oshirish, shu bilan bir qatorda, undan jahon andozalariga mos keladigan tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish asosiy vazifalardan hisoblanadi. Chunki mamlakatimizda pillachilikni rivojlantirish, xomashyo ishlab chiqarish hajmini oshirish uchun qulay sharoit mavjud.
Sohani yana-da rivojlantirish faqat pillakorlar daromadini oshiribgina qolmay, balki pillani oʻzimizda qayta ishlab, xorijga yarim tayyor va tayyor mahsulotlar eksport qilish hajmini oshirish imkonini ham beradi. Prezidentimizning “Respublikada mavjud yaylovlardan unumli foydalanish, ipak va junni qayta ishlashni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” qarorining qabul qilinishi pillachilikni yana-da rivojlantirish, ipak tolasi ishlab chiqarishni koʻpaytirishda katta huquqiy baza yaratishi bilan ahamiyatli, deb oʻylayman.

Termiz tumaniga qarashli “Surxon ipak” markazi
Qarorga koʻra, hududlarning tabiiy-iqlim sharoitlariga mos jun yoʻnalishlaridagi mayda shoxli mollarni koʻpaytirish, ozuqa bazasini rivojlantirish, teri va junni qayta ishlash, ulardan yarim tayyor va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash, yaylov maydonlarida tabiiy ravishda oʻsuvchi kavrak plantatsiyalari zaxiralaridan barqaror foydalanish, shuningdek, pillachilik tarmogʻi ozuqa bazasini koʻpaytirish, eksportga moʻljallangan mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish maqsad qilingan. Eng muhimi, yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish aholi bandligini taʼminlash, tarmoqning eksport salohiyatini oshirish, jahon bozorida ipak mahsulotlarimiz assortimentini koʻpaytirish va ularning raqobatdoshligini oshirish uchun muhim qadam boʻladi.
Qarorga muvofiq, 2022-yil 1-yanvardan boshlab 2025-yil 1-yanvarga qadar har yili yetishtiriladigan pilla (hoʻl pilla) hosilining bir kilogrammi uchun 5 ming soʻm miqdorida xonadonlarda pilla yetishtiruvchi jismoniy shaxslarga respublika byudjeti hisobidan subsidiya ajratiladi. Tutzorlarni sugʻorish uchun foydalanilgan suv hajmiga suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 50 foiz miqdorda qoʻllaniladi.
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida ajratilgan mablagʻlar jun yoʻnalishidagi qoʻylarni, shuningdek, qoʻlda jun yigirish, ipak matolari, gilam va kigiz toʻqish uskunalarini sotib olishga ham yoʻnaltiriladi
Koʻrinib turibdiki, pillachilarning moddiy manfaatdorligi oshiriladi, ularga har tomonlama gʻamxoʻrlik koʻrsatiladi. Pillachilik sohasini rivojlantirish borasida ijobiy qadamlar tashlanib, tarmoqda oʻnglanish, yana-da rivojlanish boʻladi, yuzlab, minglab ish oʻrinlari yaratiladi.

Bugungi yo’nalishimiz Surxondaryo viloyatiga qarashli “Uchqizil” suv omboriga bordik bu joyni o’ziga xos jozibadorligi atrofdagi tabiatini chiroyliligi insonni o’ziga tortadi biz guruhimiz bilan bu joyni tabiatini iqlimini tuproq qoplamini bu hududda nimalar ta’sir ko’rsatb turishini va hakozalarni o’rgandik Uchqizil suv ombori — Surxondaryo viloyati Termiz shahridan shimol tomonda, 20 km uzoklikda, Uchqizil razʼyezdi yaqinidagi suv ombori. Atrofi tepaliklar bilan oʻralgan taqasimon tabiiy chuqurlikda barpo etilib, 1957-yilda foydalanishga toʻliq topshirilgan. Umumiy hajmi 160 mln. m3, foydali xajmi 80 mln. m3. Zang kanali va uning Janubiy Zang suv keltirish kanali orqali Surxondaryo suvi bilan toʻldiriladi.


Suv omborining asosiy inshootlari: mayda donador qum bilan koʻtarilgan janubiy va gʻarbiy dambalar; minora koʻrinishidagi suv chiqargich va bosh rostlagich dambalar; 1150 m uzunlikdagi janubiy dambaning balandligi 11,5 m, tepa qismining kengligi 6 m, devorlari qiyaligining yuqori qismiga armobeton plitalar yotqizilgan. 2260 m uzunlikdagi gʻarbiy dambaning balandligi 5,2 m. Suv chiqargichdan 70 m masofada ochiq suv boʻlgich — bosh rostlagich qurilgan boʻlib, u suvni sharqiy va gʻarbiy taqsimlash kanallariga boʻlib beradi.

Uchqizil suv ombori
Suv omborining asosiy inshootlari: mayda donador qum bilan koʻtarilgan jan. va gʻarbiy dambalar; minora koʻrinishidagi suv chikargich va bosh rostlagich dambalar; 1150 m uzunlikdagi jan. dambaning bal. 11,5 m, tepa qismining kengligi 6 m, devorlari qiyaligining yuqori qismiga armobeton plitalar yotqizilgan. 2260 m uzunlikdagi gʻarbiy dambaning bal. 5,2 m. Suv chikargichdan 70 m masofada ochiq suv boʻlgich — bosh rostlagich qurilgan boʻlib, u suvni sharqiy va gʻarbiy taqsimlash kanallariga boʻlib beradi.
Uchqizil suv ombori — Surxondaryo viloyati Termiz shahridan shimol tomonda, 20 km uzoklikda, Uchqizil razʼyezdi yaqinidagi suv ombori. Atrofi tepaliklar bilan oʻralgan taqasimon tabiiy chuqurlikda barpo etilib, 1957-yilda foydalanishga toʻliq topshirilgan. Umumiy hajmi 160 mln. m3, foydali xajmi 80 mln. m3. Zang kanali va uning Janubiy Zang suv keltirish kanali orqali Surxondaryo suvi bilan toʻldiriladi.


\\
Yüklə 3,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə