Маълумотнома



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/505
tarix31.12.2021
ölçüsü3,82 Mb.
#81681
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   505
buxgalteriya hisobi

Balans-netto  – 

bu

 

aktivlar  summasidan  jamlangan  amortizasiya  va  eskirish  summalarini, 

shuningdek  savdo  ustamalarini,    shubhali  qarzlar  bo‘yicha  mavjud  rezerv  summasini  chegirib 

tashlash  yo‘li bilan tuzilgan balans. Ushbu balans korxona aktivlarining real qiymatini ifoda etadi. 

Buxgalteriya    balansining    tuzilishi  va  tarkibi

.  Ham  tenglik,  ham  xujjat  sifatida  e’tirof 

etiladigan buxgalteriya  balansi  ikki tomonli, ya’ni chap va o‘ng tomonli, jadval ko‘rinishiga ega 

bo‘ladi.  Jadvalning  chap    tomoni  «Aktiv»,  o‘ng  tomoni  esa  –  «Passiv»  nomi  bilan  ataladi. 

Jadvalning  «Aktiv» tomonida  korxonaning xo‘jalik aktivlari ularning turlari bo‘yicha, jadvalning  

«Passiv»  tomonida  esa  xo‘jalik  aktivlari  ularning  tashkil  topish  manbalari  bo‘yicha  aks  ettiriladi. 

«Aktiv»  va    «Passiv»  tomonlarda  ko‘rsatilgan  aktivlar  va  ularning  tashkil  topish  manbalari 

summalarining  yig‘indisi bir biriga teng keladi, aynan shu tenglik  «balans»  deyiladi. 




 

37 


Jadval  ko‘rinishidagi  buxgalteriya  balansi  ichki  tomondan  bo‘limlardan,  bo‘limlar  esa- 

alohida moddalardan iborat bo‘ladi. 



Balans bo‘limi

 deganda korxona aktivlarini va ularning tashkil topish manbalarini ifodalovchi 

moddalar summasini u yoki bu belgisiga qarab jamlash usuli tushuniladi.  

Balans  moddasi

  deganda  balansning    har  bir  qatori  tushuniladi,  har  bir  qator  esa    o‘z 

navbatida bitta yoki bir nechta buxgalteriya hisobi schetlarini o‘z ichiga oladi. Shuning uchun ham 

balansning  tasdiqlangan  shaklida  har  bir  modda  bo‘yicha  qavs  ichida  tegishli  schetlarning  tartib 

raqamlari ko‘rsatilgan. 

O‘zbekiston  Respublikasida  qo‘llanilayotgan  buxgalteriya  balansining   



«Aktiv»

  tomoni  

xo‘jalik  aktivlarini    xizmat  muddatiga  ko‘ra    quyidagi  ikkita  bo‘lim  bo‘yicha  tizimlashga  

asoslangan: 




Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   505




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə