SOTISHDAN OLINGAN YALPI FOYDA -
sof tushum va sotish tannarxi o‘rtasidagi
farq.
SOTISH XARAJATLARI
– bu mahsulot (ish, xizmat)larni sotish uchun korxona
tomonidan qilingan qo‘shimcha xarajatlar, masalan reklama xarajatlari, sotish bo‘limi va
omborxonalarini saqlash, ularda band xodimlar mehnat haqi va boshqa xarajatlar. Sotish
xarajatlari sotish tannarxiga kiritilmaydigan korxonaning sotishdan olingan yalpi foydasi evaziga
qoplanadigan xarajatlar bo‘lib hisoblanadi.
SOTIB OLINGAN ISHLAB CHIQARISH ZAHIRALARINING TANNARXI
ularni
sotib olish qiymati, bojxona yig‘im va to‘lovlari, sertifikasiya xarajatlari, komissiya to‘lovi,
transport-tayyorlov va boshqa sotib olishda ketgan xarajatlarni o‘z ichiga oladi.
SOTISH JARAYONI
deganda ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan tayyor
mahsulotlarni, bajarilgan ishlarni, ko‘rsatilgan xizmatlarni xaridorlarga sotish tushuniladi.
Dostları ilə paylaş: |