shuningdek savdo ustamalarini, shubhali qarzlar bo‘yicha mavjud rezerv summasini chegirib
tashlash yo‘li bilan tuzilgan balans. Ushbu balans korxona aktivlarining real qiymatini ifoda etadi.
Buxgalteriya balansining tuzilishi va tarkibi
etiladigan buxgalteriya balansi ikki tomonli, ya’ni chap va o‘ng tomonli, jadval ko‘rinishiga ega
bo‘ladi. Jadvalning chap tomoni «Aktiv», o‘ng tomoni esa – «Passiv» nomi bilan ataladi.
Jadvalning «Aktiv» tomonida korxonaning xo‘jalik aktivlari ularning turlari bo‘yicha, jadvalning
«Passiv» tomonida esa xo‘jalik aktivlari ularning tashkil topish manbalari bo‘yicha aks ettiriladi.
«Aktiv» va «Passiv» tomonlarda ko‘rsatilgan aktivlar va ularning tashkil topish manbalari
37
Jadval ko‘rinishidagi buxgalteriya balansi ichki tomondan bo‘limlardan, bo‘limlar esa-
alohida moddalardan iborat bo‘ladi.
Balans bo‘limi
deganda korxona aktivlarini va ularning tashkil topish manbalarini ifodalovchi
moddalar summasini u yoki bu belgisiga qarab jamlash usuli tushuniladi.
Balans moddasi
deganda balansning har bir qatori tushuniladi, har bir qator esa o‘z
navbatida bitta yoki bir nechta buxgalteriya hisobi schetlarini o‘z ichiga oladi. Shuning uchun ham
balansning tasdiqlangan shaklida har bir modda bo‘yicha qavs ichida tegishli schetlarning tartib
raqamlari ko‘rsatilgan.
O‘zbekiston Respublikasida qo‘llanilayotgan buxgalteriya balansining
«Aktiv»
tomoni
xo‘jalik aktivlarini xizmat muddatiga ko‘ra quyidagi ikkita bo‘lim bo‘yicha tizimlashga
asoslangan:
Dostları ilə paylaş: