Sintetik schyotlar
deb, mablag‘lar va xo‘jalik jarayonlarining umumlashgan hisobi pul
ko‘rsatkichlarida yuritiladigan schyotlarga aytiladi. Masalan, “Tayyor mahsulot” schyotida
korxonada ishlab chiqariladigan tayyor mahsulot hamma turlarining harakati hisobga olinadi.
Yoki “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar” schyotida barcha mol
yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitob hisobi yuritiladi.
Sintetik schyotlar yordamida amalga oshiriladigan hisob
sintetik hisob
deb ataladi. Lekin
mablag‘larning holati va harakatini har tomonlama nazorat qilish imkoniyati bo‘lsin uchun
sintetik hisob ma’lumotlarigina yetarli emas.
Analitik schyotlar
deb, sintetik schyotlardagi ma’lumotlarni tafsilotlab, aniqlashtirib
ko‘rsatuvchi schyotlarga aytiladi.
Dostları ilə paylaş: |