YURIDIK SHAXSLAR
- O‘z mulkiga ega bo‘lgan va o‘z majburiyatlarini shu mulklar
bilan bajaradigan, soliq idoralarida ro‘yxatdan o‘tgan, bankda hisob raqamiga, mustaqil
buxgalteriya balansiga ega bo‘lgan korxona, tashkilot, birlashma va ularning mustaqil
shaxobchalariga yuridik shaxslar deb ataladi.
YO‘LDAGI PUL MABLAG‘LARI
, deganda tovar va mahsulotlarni sotish natijasida
kassaga olingan nao‘d pulning bankdagi pul mablag‘lariga o‘tkazish uchun inkassatorlarga
topshirilgan, ammo bank tomonidan qabul qilinadigan tasdiqlanmagan naqd pul mablag‘lari
kiradi.
ZARAR
– bu korxonaning daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi salbiy farq,
boshqachasiga xarajatlarni daromaddan ko‘p bo‘lishi, ya’ni:
Z = D < X
Demak, korxona daromadga qanchalik ko‘p xarajat bilan erishsa, uning zarari shunchalik
ko‘p bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |