Mamlakatimizda jahon talablari darajasida ta`lim olishi va kasb egallash, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro`yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan



Yüklə 15,4 Kb.
tarix13.05.2023
ölçüsü15,4 Kb.
#110038
Маматраимова - такризлар


Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” yo‘nalishi 2-kurs talabasi Mamatraimova Dilshoda Chorshanbievnaning “Birinchi sinf ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida o‘quvchilar nutqini o‘stirish usullari” mavzusidagi dissertatsiya ishiga
TAQRIZ
Mamlakatimizda jahon talablari darajasida ta`lim olishi va kasb egallash, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro`yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan. Yangi sharoitlardan kelib chiqib O`zbekiston Respublikasi qonunlariga, ta`lim bosqichlarining uzluksizligi va izchilligini ta`minlash, ta`limning zamonaviy metodologiyasini yaratish, davlat ta`lim standartlarini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish va amaliyotga joriy etishni taqozo etadi. Bu haqida Prezident Sh.M.Mirziyoyev shunday deydi: “...Barchamiz yaxshi tushunamiz, ta`lim-tarbiya har qaysi davlat va jamiyatning nafaqat bugungi, balki ertangi kunini ham xal qiladigan eng muhim ustuvor masaladir. Shuning uchun mamlakatimizda bu masalaga davlat miqyosida ulkan imkon qaratilmoqda”.
Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdur, zamona ilmi va fanidan bebahra millat boshqalarga poymol bo‘lur” - degan so‘zlaridan ham ko‘rinib turibdiki, har tomonlama mukammal, ma’rifatli, ilmli tarbiyachi, qisqa qilib aytganda, har davrning o‘ziga xos zamonaviy tarbiyachisiga talab doimo yuksak bo‘lgan. Qolaversa, Yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoevning 2020-yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida: “Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish” degan dasturiy g‘oya yoshlarni Ona yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda tashabbuskorlik, fidoyilik, axloqiy fazilatlarni shakllantirish - o‘ta sharafli vazifa ekanligini ta’kidladilar.
Talaba Mamatraimova Dilshoda Chorshanbievna dissertatsiya ishining kirish qismida mavzuning dolzarbligi asoslangan, maqsad va vazifa to‘g‘ri belgilangan, tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati yetarlicha asoslangan. Shu jihatdan talaba Mamatraimova Dilshoda Chorshanbievna tomonidan tanlangan magistrlik dissertatsiyasining muammosi sifatida tanlangan mavzu shu jihatdan dolzarb sanaladi. Dissertatsiya ishida ta’lim texnologiyalari va metodlaridan samarali foydalanish yo‘llarini aniqlash asosiy vazifa yetib belgilangan.
Ishning birichi bobida ona tili va o‘qish savodxonligi darslarining mazmuni, mohiyati, darsliklarda matnlar bilan ishlash hamda o‘quvchilarning nutqini o‘stirishda Sharq va G‘arb olimlarining fikrlarini tizimli berib borgan. Ikkinchi bobida ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida matn bilan ishlash, o‘quvchilarning nutqini o‘stirish yo‘llari va metodlariga oid qarashlar, amaliy ishlanmalar, metodlar, o‘qitishga doir mashg‘ulot ishlanmasi, keyslar, darajali testlar, glossariy berilgan. Dissertatsiya ishining uchinchi bobi “Birinchi sinf ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida o‘quvchilar nutqini o‘stirish samaradorligi” deb nomlagan bo‘lib, mazkur bobda talabalarning interfaol metodlar bo‘yicha o‘tilgan mashg‘ulotlaridan so‘ng fan bo‘yicha bilimlari qay darajada shakllanganligi tajriba-sinov dasturi, tajriba-sinov natijalari va ularning tahlili batafsil yoritilgan. Talaba tomonidan o‘tkazilgan tajriba sinov ishlarining natijalari jadvallarda, diagrammalarda keltirilgan. Ma’lumotlar tahliliy o‘rganilganda haqqoniylikka dahldorligi mavjud.
Umumiy xulosalari va berilayotgan tavsiyalari tadqiqot ishining belgilangan vazifalariga muvofiq bo‘lib, dissertatsiya tadqiqoti yakunlangan. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati talab darajasida rasmiylashtirilgan. Dissertatsiya ishi yakunlangan bo‘lsada bir qator kamchiliklar, jumladan matnning qayta tahrir etilmaganligi, ayrim o‘rinlarda tugallanmagan jumlalarning mavjudligi kabi jarayonlar borligini ham qayd etish maqsadga muvofiqdir.
Ammo yuqoridagi kamchiliklar mazkur dissertatsiyani himoyaga olib chiqishga monelik qilmasligini, talaba Mamatraimova Dilshoda Chorshanbievna magistr akademik darajasini olishi uchun mazkur dissertatsiya ishini keyingi bosqichga tavsiya etaman.


p.f.n., dos:
Yüklə 15,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə