SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3
ǀ
ISSUE 4
ǀ
2022
ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)
Passport:
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 1204
MAMLAKATIMIZNING TURLI HUDUDLARIDA GANCHKORLIK
SAN'ATININING RIVOJLANISH TARIXI
Meyrkhat Saymanov
“Tasviriy san‘at va muhandislik grafikasi” kafedrasi I-kurs magistiri NavDPI
ANNOTASIYA
Ushbu maqolada ganchkorlik san’atining mamlakatimizda rivojlanish tarixi va
Respublikamizning turli hududlariga oid turlarini shakillanishi
hamda bu borada turli
hududlarning o‘ziga xos turlarini yaralishiga hissa qo‘shgan ustalarning hayoti va ijodi
haqida fikr boradi.
Kalit so’zlar
:
Ganchkorlik, naqshlar, san’at, badiiyli,
obidalar, qurish, bezatish,
maqbara, ganch, o‘ymakorlik, o‘yma ganchlar, mayinlik,
jozibadorlik, me’morchilik,
geometrik, naqshlar, binolar, bezash, tuzilish.
Ota-bobolarimiz qadimiy obidalarni nafis naqshlar bilan bezar ekanlar, zavq olish
bilan bir qatorda, ular orqali o‘z orzu-umidlarini, muhabbatlarini,
tilaklarini aks
ettirganlar. Naqqosh ota-bobolarimiz inson ruhiyatini chuqur va har taraflama o‘rganib,
uylarni ajoyib naqsh-nigorlar bilan bezaganlar. Naqshlangan uyda kishilar xotirjam,
ruhiy osoyishtalik og‘ushida bo‘lishi, uzoq umr ko'rishini donishmand bobolarimiz
asrlar davomida, hayotiy tajriba asosida ilg‘aganlar. Keksa ustalarimizning aytishicha,
qadimda naqqoshiik san’ati shunchalik rivojlangan ekanki, ular chizgan yoki bo‘yagan
naqshlari orqali birbirlari bilan unsiz gaplasha olar ekanlar. Naqsh san’ati
tilini
tushunish uchun naqshning har bir elementi va ranglarining ramziy alifbosini bilish
kerak bolgan.
Ganchkorlik qadimiy san’at turlaridan biridir. U Sharq mamlakatlari, xususan,
0‘rta Osiyo, Eron, Turkiya,
Arabiston, Afg‘oniston va boshqa mamlakatlarda taraqqiy
etgan. Ayniqsa, 0‘rta Osiyoda yaratilgan asarlar badiiyligi, kompozitsiyasi va ishlanish
uslubi bilan farq qiladi. Ganch naqshlar O'zbekistondagi ko‘pgina obidalarga
ko‘rkamlik, go‘zallik baxsh etib turibdi.
U Samarqand, Buxoro, Toshkent, Qo‘qon,
Marg‘ilon, Xiva, Shahrisabz va boshqa shaharlardagi tarixiy obidalarni qurish va
bezatishda ishlatilgan.
Ganch o‘ymakorligi san’ati asrlar davomida rivojlangan. Bu san’atning qadimgi,
o‘rta asrlardagi va XX asrdagi rivoji bir-biridan ancha farq qiladi.
Qadimgi ganch
o‘ymakorligi hajmiy bo‘lib, unda realistik tasvir ustunlik qiladi. Ularda, ko‘pincha,
odamlar, hayvonlar, qushlar tasvirlangan. Eramizning birinchi asrlaridayoq kishilar