Mamlakatlarini iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari


Germaniyaning iqtisodiy taraqqiyoti



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/22
tarix06.02.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#100280
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
3-Mavzu boyicha maruza (4)

10.2.Germaniyaning iqtisodiy taraqqiyoti 
XIX asr o‘rtalarida Germaniya iqtisodiy jihatdan Angliya va 
Fransiyadan orqada edi. 70-yy.ga kelib keskin o‘zgarishlar yuz 
bera boshladi – mamlakatda sanoat o‘sishi yuz berdi, Germaniya 
texnik va energetik qayta jihozlanishni amalga oshirdi; bunda 
mahsulot ishlab chiqarish hajmi (ayniqsa, og‘ir sanoatda) keskin 
oshdi, mehnat unumdorligi, tashqi savdo aylanmasi o‘sdi. 
O‘sish sur’atlari, iqtisodiyot tarkibi. XIX asrning oxirgi 30 yilida 
Germaniya sanoat ishlab chiqarishi bo‘yicha jahonda 2-chi (Yev-
ropada birinchi) o‘ringa chiqdi. Uning jahon ishlab chiqarishidagi 
ulushi 13%dan 16%gacha ko‘tarildi. Iqtisodiy rivojlanish sur’atlari 
113



6 marotaba o‘sdi
1
. Og‘ir sanoat tarmoqlari, ayniqsa yangi tar-
moqlar yuqori sur’atlar bilan rivojlandi. XX asrning birinchi o‘n 
yilligida elektrstansiyalari quvvati 100 marta o‘sdi. Po‘lat quyish 
cho‘yan ishlab chiqarish bilan tenglashdi. Germaniya harbiy ishlab 
chiqarishni keskin oshirib 1913 y.da Fransiyadan 4 marotaba o‘zib 
ketdi. 
Germaniyada sanoat o‘sishi iqtisodiyot tarkibini o‘zgarishini 
taqozo etdi – endi sanoat ulushi qishloq xo‘jaligidan oshib Ger-
maniya industrial mamlakatga aylandi. Og‘ir sanoat rivojlanish 
sur’atlari bo‘yicha yengil sanoatdan oshdi. Germaniyada og‘ir 
sanoat tarmoqlarida elektroenergetika, mashinasozlik, kimyo, 
temiryo‘l qurilishi tarmoqlari muhim ahamiyat kasb etardi. Ger-
maniya sanoati rivojlanishida markaziy bo‘g‘in bo‘lib metallurgiya 
va mashinasozlik xizmat qildi. 
Asrlar bo‘sag‘asida ikkinchi ITI natijasida paydo bo‘lgan yangi 
tarmoqlar (elektrotexnika va kimyo) intensiv rivojlandi. 
Germaniya sintetik bo‘yoqlar, kimyoviy o‘g‘itlar ishlab chiqara-
rdi. Jahon kimyo mahsulotlari eksportida Germaniya 50% ulushga 
ega edi. 
Temiryo‘l qurilishi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 70-yy.ga kelib 
Germaniyada temiryo‘l tarmog‘i yaratildi. 
Konsentratsiya va monopolizatsiya jarayoni. Germaniya sanoa-
ti tarkibida og‘ir sanoat tarmoqlari va yirik korxonalar ustuvorlikka 
ega bo‘ldi. Bunday siljishlar ishlab chiqarish va kapitalni konsen-
tratsiyalashuviga, hamda monopolizatsiyalashuviga olib keldi. XIX 
asrning oxirgi 20 yilida Germaniyada yirik korxonalar (1000dan 
ortiq ishchi) soni 4 marotaba o‘sdi. 
Shunday qilib, muhim tarmoqlarda ishlab chiqarish yirik fab-
rika va zavodlarda konsentratsiyalashdi. 
Bu mamlakatda monopolizatsiya jarayonining xususiyati aso-
san kartel va sindikatlarni tashkil etishdir. 
1893 y.dagi inqirozdan so‘ng konsentratsiya va monopolizatsi-
ya jarayonlari kuchaydi, ayniqsa yangi tarmoqlarda – kimyo va 
elektrotexnika. 

http://www.istmira.com/vsemirnaya-istoriya-v-3-ch-ch-2-xix-v-oktyabr-v84-/3896-
soedinennye-shtaty-ameriki-v-konce-xix-nachale-xx-v.html 
114


10-MAVZU. ETAKCHI KAPITALISTIK 
MAMLAKATLARNING IQTISODIY TARAQQIYOTI (XIX asr oxiri-XX asr boshi) 
Elektrotexnika tarmog‘ida ta’sir doiralarini taqsimlab olgan 
holda “Umumiy elektr jamiyati” (AEG) va “Simens-Galske va Shuk-
kert” lar hukmron edi. 
Kimyo sanoati “I.G. Farbenindustri” konserni nazorati ostida 
edi. 
Qurol ishlab chiqaruvchi Krupp po‘lat quyuvchi firmasi uzoq 
vaqt “oilaviy monopoliya” edi, keyinchalik aksioner jamiyatga ay-
lantirildi. 
Dengiz savdo va passajir kema qatnovi ikki yirik jamiyatlar to-
monidan nazorat qilinar edi - “Gamburg-Amerika” va “Shimoliy-
german Lloyd”. 
Birinchi jahon urushidan oldin Germaniyada monopolistik bir-
lashmalar soni 600 tani tashkil etdi. 
Sanoat va transportni monopollashtirish bilan birga banklarni 
konsentratsiyalashuvi va markazlashuvi, ularni sanoat kapitali bi-
lan qo‘shilishi jarayoni amalga oshirildi. 
1913 y.da 9 ta yirik Berlin banklari hukmrolik qilardi, ulardan 
eng yiriklari “Nemis banki” va “Hisob jamiyati” bo‘lib, ular Ger-
maniyadagi bank qo‘yilmalarining yarmini konsentratsiyalashtir-
gan edi. 
Aholi. Germaniya industrial qudratini o‘sishi shaharlar rivojla-
nishi va shahar aholisini ko‘payishi ta’minladi. 1870 y.da shahar-
larda aholining 1/3 qismi yashar edi, 1910 yilda esa – 60%. Shahar 
aholisining asosiy qismi yollanma ishchilar edi. 1907 yilda ishchi 
kuchining soni 18 mln.kishiga etdi. 
Tashqi savdo. Bu davrda Germaniya jahon bozorida o‘z o‘rniga 
ega bo‘ldi. 1870-1913 yy.da Germaniyaning tashqi savdo hajmi 
Angliya va Fransiyanikiga nisbatan tezroq o‘sdi. Ayniqsa elek-
trotexnika, kimyo va mashinasozlik mahsulotlari eksporti oshib 
bordi. 
Germaniya monopoliyalari xalqaro monopolistik kelishuvlarda 
faol ishtirok etishdi. Masalan, 1907 yilda AEG va “Djeneral elektrik” 
Amerika kompaniyasi o‘rtasida shartnoma imzolandi; Morgan-
ning “Dengiz savdosi xalqaro kompaniyasi” xalqaro savdo karteli 
tashkil etildi. Rels karteli, sink sindikati to‘g‘risida shartnomalar 
imzolandi. Birinchi jahon urushidan oldin nemis monopoliyalari 
100 ta xalqaro kelishuvlarda ishtirok etishdi. 
115



Qishloq xo‘jaligini rivojlanishi. XIX asrning oxirgi 30 yilligida 
Germaniyada sanoat sektoridan farqli o‘laroq qishloq xo‘jaligining 
rivojlanishi Amerikanikiga nisbatan past sur’atlarda edi. 
1880 y.da qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 
davlat yer egalarini huquqlarini cheklovchi qonun qabul qildi. 
Ushbu qonunda - maxsus agronomik jamiyatlar, tajriba stansi-
yalari, qishloq xo‘jalik maktablarini yaratish nazarda tutildi. 
Pangerman ittifoqini yaratilishi. Agrar sektor Germaniyaning 
umumiy rivojlanishini sekinlashtirdi. Mamlakat bug‘doy eksport-
eridan uning importeriga aylandi. Germaniyaning paxta, jun, teri-
ga bog‘liqligi yengil sanoatni rivojlanishini sekinlashtirdi. 
Germaniya 
Pangerman ittifoqini 
tashkil etib dunyoni qayta 
taqsimlashni boshladi.

Shunday qilib, XIX asr oxiriga kelib Germaniya sanoati (ayniq-
sa, og‘ir sanoat) ichki bozor doirasidan chiqib ketdi, u yetarli xom 
ashyo zaxirasiga va o‘z mahsulotini sotish bozoriga ega emas edi. 
Germaniyani arzon xom ashyo bilan ta’minlaydigan va bojxonasiz 
tovarlarini olib chiqadigan ko‘p sonli mustamlakalari yo‘q edi. Shu 
sababdan u qattiq raqobatga duch keldi va bu sharoitda kurash-
ish uchun o‘z tovarlarini ishlab chiqarish hajmini oshirishi zarur 
edi. 
Bu omillar german kapitalizmini o‘ta agressivligini va tashqi ek-
spansiyasini tushunish imkonini beradi. Bu Birinchi jahon urushiga 
olib keldi. 

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə