Mamlakatlarini iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari


Fransiyaning iqtisodiy rivojlanishi



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/22
tarix06.02.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#100280
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
3-Mavzu boyicha maruza (4)

11.4.Fransiyaning iqtisodiy rivojlanishi 
Urushdan keyingi davrdagi iqtisodiyot. Urush davrida Fran-
siyada iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish tizimi 
qo‘llanilgan edi. Fransiyaning moddiy talofatlari mag‘lub mam-
lakatlar (asosan Germaniya) hisobiga qoplandi. Versal shartno-
masiga binoan Fransiyaga Elzas va Lotaringiya viloyatlari o‘tdi, 
ko‘mir konlariga boy Saar viloyati 15 yilga o‘tdi (1920 yildan Saar 
Millatlar Ligasi boshqaruvi ostida edi). 
Yangi olingan hududlar va yirik kontributsiya mamlakat iqti-
sodiyotini urushdan keyingi va inqirozgacha bo‘lgan davrdagi 
(1919-1930) rivojiga katta yordam bo‘ldi. Fransiyaning iqtisodiy 
o‘sish sur’atlari boshqa yetakchi mamlakatlarga qaraganda 
(AQShdan tashqari) ancha yuqori edi. Muvaffaqiyatli rivojlanish 
davlatning harbiy buyurtmalari bilan bog‘liq sanoatning yangi 
va eski tarmoqlarni jadal rivoji bilan bog‘liqdir. Bu davrda yengil 
sanoat va qishloq xo‘jaligi turg‘un holatda bo‘lib, davriy inqiro-
zlarni boshidan o‘tkazayotgan edi. 
Ichki siyosiy munosabatlar. Fransiyada jahon inqirozi sal ke-
chroq (1930 y.) tarqalishiga qaramasdan uzoqroq davom etdi va 
o‘ta chuqurlashdi. Inqiroz davrida ichki siyosiy munosabatlar o‘ta 
radikallashdi. Bu fransuz jamiyatining o‘zgacha ijtimoiy tarkibi va 
126


11-MAVZU. IKKI JAHON URUSHLARI ORALIG‘IDA 
TARTIBGA SOLINADIGAN KAPITALIZMNING SHAKLLANISHI 
mamlakatning siyosiy an’analari bilan bog‘liqdir. Demokratik va 
so‘lradikal oqimlarni kuchayib borishi bilan birgalikda Fransiyan-
ing respublika-demokratik an’analarga xos bo‘lmagan Italiya va 
Germaniyadagi kabi mamlakatni fashizatsiyalashuvi tendensiyasi 
paydo bo‘ldi. 
Xalq fronti dasturi. Sotsialistlar va kommunistlar birdamligi 
natijasida 1936 yilda Xalq fronti tashkil etildi. Xalq frontining das-
turi aholining keng qatlamlarini ehtiyojlarini qondirishga qaratil-
gan edi. 
Dasturning asosiy talablari: 
● ishsizlikning milliy fondini yaratish; 
● nafaqani kamaytirmagan holda mehnat haftasini qisqarti-
rish; 
● pensiyaga chiqish yoshini qisqartirish hisobiga ish o‘rinlarini 
ko‘paytirish; 
● kengmiqyosli jamoat ishlarini tashkil etish; 
● ishlab chiqaruvchilar manfaatlarini ko‘zlagan holda qishloq 
xo‘jalik mahsulotlarini sotib olish narxlarini tartibga solish; 
● dehqonchilik kooperativlarini qo‘llab-quvvatlash; 
● savdo inshootlari uchun to‘lovlar to‘g‘risidagi qonunni qay-
ta ko‘rib chiqish; 
● mayda rante (qimmatli qog‘ozlarning mayda egalari)larning 
manfaatlarini himoya qilish; 
● kam ta’minlanganlar foydasiga soliqqa tortish tizimini isloh 
etish. 
1936 yil 4 iyunda Xalq frontining birinchi hukumati shakllanti-
rilib, unga bosh vazir L.Blyum boshchilik qildi. 7 iyunda esa Um-
umiy mehnat konfederatsiyasi va tadbirkorlar o‘rtasida ish haqini 
ko‘paytirish, kasaba uyushmasini va sex starostalari institutini tan 
olish borasida kelishuv imzolandi. 
K.Shotan hukumati chora-tadbirlari. Sotsial-radikal Kamil 
Shotan hukumati keng aholi qatlami manfaatlari bilan yirik kapi-
tal egalarining manfaatlari o‘rtasida Xalq fronti dasturi talablarini 
bir oz cheklash hisobiga murosaga kelishga intildi. Ammo, budjet 
xarajatlarini qisqartirilishiga qaramasdan moliya tizimining holati 
yomonlashdi. Bu hol hukumatni milliy valyutani ikkinchi bor de-
valvatsiyasini o‘tkazishga majburladi. 
Aksilinqiroz harakatlarining tartibsizligi mamlakat ichkarisida 
ijtimoiy qarama-qarshiliklarning keskinlashuviga olib keldi, Xalq 
127



frontining ichida ixtilofga olib keldi, natijada uning dasturi ham 
sezilardi darajada o‘zgartirildi. 
Yangi hukumat inqirozi natijasida 1938 yil bahorida L.Blyumning 
ikkinchi kabineti shakllanib, u Xalq fronti siyosatini asta-sekin tu-
gatilishi borasida faoliyat olib bordi. Buning sabablari faqatgina 
Xalq fronti ichidagi ixtilof, aksilinqiroz chora-tadbirlarining mu-
vaffaqiyatsizligi, ijtimoiy tanglikni keskinlashuvi emas, balki Yev-
ropadagi siyosiy holatlarning keskinlashuvi hamdir. Ijtimoiy na-
faqalarni qisqartirish evaziga Blyum mamlakatda harbiy-mudofaa 
qurilishini jadallashtirishga erishmoqchi edi. 
E.Dalade hukumati. 1938 yil aprelida shakllantirilgan Eduard 
Dalade hukumati Parlamentdan olgan favqulodda vakolatlari 
asosida Xalq fronti dasturidan to‘liq voz kechdi. Daladening ismi 
to‘rt Yevropa mamlakatining (Buyuk Britaniya, Germaniya, Itali-
ya, Fransiya) 
Myunxen kelishuvini 
imzolanishi bilan bog‘liqdir. Bu 
kelishuv Ikkinchi jahon urushi oldidan Germaniyani “tinchlantiru-
vchi” siyosat deb hisoblanmish Chexoslovakiyani bo‘lib olish bilan 
bog‘liqdir. 
Iqtisodiy beqarorlik holati Fransiya uchun 30-yillarning oxiriga 
qadar xos bo‘lib, bu aksilinqiroz harakatlarining tartibsizligi, inq-
irozdan chiqishning umummilliy dasturini yo‘qligi bilan bog‘liqdir. 
Natijada Fransiya jahon bozorlarida o‘z pozitsiyalarini sezilarli 
darajada yo‘qotdi. Urush oldida mamlakat iqtisodiyotidagi bir oz 
jonlanish harbiy qurilishga davlat mablag‘larini ajratilishi bilan 
bog‘liqdir. 

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə