12-MAVZU. IKKINCHI JAHON URUSHIDAN SO‘NG
DUNYONING ETAKCHI MAMLAKATLARI IQTISODIY RIVOJLANISHNING XUSUSIYATLARI
– “retsessiya”, “ish sikli” o‘rniga – “iqtisodiy o‘sish sikli”, “inqiroz
siyosati” o‘rniga – “nuqtali tartibga solish”.
1
G‘arb mamlakatlari iqtisodiyotini urushdan keyingi rivojlanishi
ularni 50-60-yillarda jadal o‘sishi bilan xarakterlanadi. Germani-
ya va Italiyaning o‘rtacha yillik o‘sish sur’atlari 4 marotaba o‘sdi,
Fransiya 2 marotabadan ortiq, Buyuk
Britaniya deyarli ikki ma-
rotaba. G‘arb mamlakatlarini jadal rivojlanishiga faqatgina Mar-
shall rejasi sabab bo‘lmasdan, balki ichki bozorni kengayib bori-
shi, xalqaro savdoni o‘sishi, Fors ko‘rfazi mamlakatlaridan arzon
neft
qazib olinishi, urush davridagi ilmiy va texnik ishlanmalarni
amaliyotga joriy etish asosida sanoatni sifat jiqatdan qayta qur-
ish, g‘arb mamlakatlari hukumatlarini iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-
quvvatlashga qaratilgan siyosati ham o‘z hissasini qo‘shgandir.
◄ Retsessiyalar.
Yevropada biznes faollikni birinchi bor tushkunlikka tushishi
1948-1949 yy.da kuzatildi, lekin u havfli emasdi. 1951-1952 yy.da
kuchli pasayish bo‘lib o‘tib, u butun Yevropa mamlakatlarini qam-
rab oldi. Ushbu retsessiya Koreya urushining (1950-1953 yy.) nati-
jasi bo‘lib, jahon urushiga aylanishi havfi mavjud edi.
1957-1958 yy.dagi retsessiya faqatgina Yevropa mamlakatlarini
emas, balki AQSh va Yaponiyani ham qamrab oldi. Retsessiyadan
chiqishga hukumatlar tomonidan
soliqlarni qisqartirish, kredit-
lashtirish shartlarini yumshatish va boshqa qabul qilingan chora-
tadbirlari sababchi bo‘ldi. Iqtisodiy taraqqiyotga yangi, 1958 yilda
Yevropa iqtisodiy hamjamiyati (YIH)ni tashkil etilishi ijobiy ta’sir
ko‘rsatdi.
1966-1967 yy.dagi retsessiya va undan keyin yuz bergan iqti-
sodiy jonlanish qisqa muddatli bo‘lib, 1971 yilga kelib pul inqirozi
va 1973 yilda neft embargosi ta’siriga duch keldi, va u Yevropada
iqtisodiy o‘sish sikllariga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. 1974-1975 yy.dagi
tushkunlik davrida barcha industrial jihatdan taraqqiy etgan
mamlakatlarda sanoat ishlab chiqarishining jismoniy hajmi 5%ga
qisqardi, xalqaro tovar aylanishi esa 4%ga qisqardi.
Iqtisodiy o‘sish to‘xtadi. G‘arb mamlakatlarini xom ashyo va,
asosan, neft bilan ta’minlanishida uzilishlar yuz bera boshladi. Neft
narxning o‘sishi barcha tovar va xizmatlarning qimmatlashishiga
1
Хашимов П.З., Тураев Х.Н. Экономическая история. Т.: «Университет», 2003.-
С.185.
139
olib keldi. Narxlarni o‘sishi, inflyasiya asosiy iqtisodiy muammoga
aylandi. XX asrning 80-yillaridagi murakkab
iqtisodiy holat nati-
jasi g‘arbning ko‘pchilik mamlakatlarida neokonservatorlarni hu-
kumatga kelishiga olib keldi.
◄ Buyuk Britaniya iqtisodiy rivojlanishi xususiyatlari.
XX asrning 50-yillarida Buyuk Britaniyada rivojlanish sur’atlari
boshqa yevropa mamlakatlarinikiga nisbatan pastroq edi. 70-y-
illar boshlariga kelib Britaniya imperiyasi tarkibida jahon okean-
idagi bir necha orollar qolgandi xolos, uning o‘zi esa Britaniya
hamkorligiga (avvallari tarkibiga kirgan va sobiq metropoliya bi-
lan bog‘liqlikni tan oluvchi mamlakatlarning hukumatlararo tash-
kiloti) aylantirildi. Imperiyani yo‘q qilinishi uni yevropa integratsi-
yasida ishtirok etish masalasini ko‘tardi.
Buyuk Britaniya iqtisodiyotni barqarorlashtirishga yo‘naltirilgan
bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirdi. 1947
yildan boshlab
tejamkorlik holati e’lon qilinib, unga binoan ish haqi, daromad-
lar muzlatildi, fuqarolarni iste’moli chegaralandi. Mamlakat uchun
1945 yil 6 dekabrda ingliz-amerika zayomi to‘g‘risidagi kelishuv
(Amerika hukumati funt sterling konvertatsiyalangan
taqdirda
Buyuk Britaniyani uzoq muddatli zayomlar bilan ta’minlaydi, bu
esa, o‘z navbatida, funt egalarini dollarga yo‘naltirardi) katta
muammolar tug‘dirdi.
Sanoatga kapital qo‘yilmalar mehnat unumdorligini o‘sishiga
olib keldi, 1948 yildayoq sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish
urushdan oldingi darajaga yetdi. 1947 yilda qabul qilingan qish-
loq xo‘jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirishning to‘rt
yillik das-
turi mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirdi. XX asrning 50-yillar
boshlariga kelib mamlakatning iqtisodiy salohiyati tiklangan edi.
50-yillarda mamlakatning iqtisodiy taraqqiyoti jadallashdi.
Bunga quyidagi omillar sababchi bo‘ldi: ilmiy-texnika inqilobini
ta’siri, boshqaruv metodlarini takomillashtirish, ishlab chiqar-
ishga davlatning yirik kapital qo‘yilmalari,
sanoatdagi tarkibiy
o‘zgarishlar.
Angliya boshchiligida 1960 yilda tashkil etilgan
Dostları ilə paylaş: