Ma‟naviy hayotdagi о`zgarishlar, madaniy taraqqiyot muammolari


Mavzuning asosiy tushunchalari



Yüklə 14,42 Mb.
səhifə4/10
tarix03.01.2023
ölçüsü14,42 Mb.
#98133
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1 mavzu eng yangi tarix

Mavzuning asosiy tushunchalari:
Globallashuvning ijobiy tomoni shundaki, u xalqlarning davlatlarning, milliy madaniyat va iqtisodiyotlarning yaqinlashuvini tezlashtiradi, ularning rivojlanishi uchun yangi imkoniyatlar ochadi. Uning salbiy tomoni shundaki, kо`p ming-ming mayda, qoloq etnik guruhlar va millatlarning madaniyati, tili, rasm-rusumlari jahon bо`ylab kuchayib borayotgan globallashuv jarayonlarida katta millatlar yirik milliy madaniyatlar, boy tillar bilan raqobatlasha olmay о`z-о`zidan faol ijtimoiy iqtisodiy, madaniy va ma‘naviy hayotdan chetga chiqib qolmoqda. Bunday sharoitda har bir ongli fuqaroning vazifasi о`z millatining raqobatbardoshligini kо`rsatish, buning uchun uning faol siyosati, iqtisodiyoti, madaniyatida salmoqli yutuqlari uchun kurashishdir.
Globallashuv davrida bugungi mustaqil О`zbekiston fuqarosi hozirgi zamon amaliyoti talab qilayotgan tо`rt sifatga ega bо`lishi shart: 1) zamonaviy mutaxassis bо`lishi; 2) о`zbek davlat tili, ingliz tili va qo‘shimcha tarzda yana bitta xorijiy tilni mukammal bilishi; 3) doim о`z bilim doirasini yangilab borishi; 4) tadbirkor-tashabbuskor bо`lishi.
Mavzuning asosiy tushunchalari

O’zbekiston tarixini davrlashtirish

  • 1. O‘zbekiston tarixining eng qadimgi davri.
  • Bu davrni o‘z navbatida quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin: a) O‘rta Osiyoda ibtidoiy to‘da davri – bu davr moddiy madaniyat taraqqiyotiga qarab xronologik jihatdan 1 mln. – 40 ming yil avval, ya’ni ilk va o‘rta paleolit davrlarini o‘z ichiga oladi; b) urug‘chilik jamoasi davri–so‘nggi paleolitdan boshlab urug‘chilik, jamoalarining shakllanishi va mezolit, neolit, eneolit davrlarida ularning taraqqiy etishi (12-4 m.y.). Bu davr ijtimoiy boshqaruvning vujudga kelishi va rivojlanishi bilan izohlanadi.

2. Ilk davlatchilikka o‘tish va davlatchilikning rivojlanishi davri.

  • Ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyot nuqtayi nazaridan bu davr quyidagi bosqichlarga bo‘linadi: a) O‘rta Osiyoda ilk shahar madaniyatining paydo bo‘lishi hamda dastlabki davlatchilik tizimiga o‘tish davri (mil. avv. III II ming yillikning birinchi yarmi); b) ilk davlatlarning paydo bo‘lishi hamda ma’muriy-hududiy boshqaruvining rivojlanish bosqichlari (mil. avv. II ming yillikning ikkinchi yarmi antik davri). Bu davr dastavval bronza, keyinroq esa temirning xo‘jalik sohalariga jadallik bilan kirib kelishi natijasida mehnatning dastlabki ijtimoiy taqsimoti, ishlab chiqaruvchi kuchlarning taraqqiyoti, siyosiy birlashmalar, Qadimgi Baqtriya va Xorazm kabilarning paydo bo‘lishi, O‘rta Osiyoning Ahamoniylar, Makedoniyalik Aleksandr, Salavkiylar kabi polietnik davlatlar tarkibida rivojlanishi, xalqaro va o‘zaro madaniy-iqtisodiy aloqalarning taraqqiy etishi bilan izohlanadi.

Yüklə 14,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə