Manbashunoslik va tarixshunoslik



Yüklə 2,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/242
tarix05.04.2022
ölçüsü2,59 Mb.
#85071
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   242
Manbashunoslik va tarixshunoslik

 
 
 


10 
 
MAVZU-2: 
O’RTA OSIYO TARIXIGA OID QADIMGI VA ILK O’RTA 
ASR YOZMA MANBALARI(Arab yozuvigacha). 
Reja  
1.
 
Qadimgi Eron manbalari. “Avesto”. 
2.
 
Antik va Xitoy manbalari. 
3.
 
Ilk o’rta asr yozma manbalari.  
 
Qadimgi  Eron  manbalari.  «Avesto»
.  O‘rta  Osiyoda  yashagan  eng  qadimgi 
xalqlar  haqida  ma’lumot  beruvchi  ilk  yozma  manbalar  qatoriga  qadimgi  Eron 
epigrafik yodgorliklari kiradi. Epigrafik manbalar deganda toshga, qoyalarga sopol 
va  yog‘ochga  o‘yib  yozilgan  matnlar  tushiniladi.  Eng  qadimgi  ajdodlarimiz 
to‘g‘risida  ma’lumot  beruvchi  dastlabki  epigrafik  yodgorlik  Behiustun  yozuvi 
hisoblanadi.  Behiustun  yozuvi  SHimoliy  Eronda,  Kirmonshoh  shahridan  30  km 
masofada,  Zagros  tog‘idagi  tik  qoyaga  o‘yib  yozilgan.  Uning  uzunligi    22  metr, 
balandligi esa 7,8 metrni tashkil etadi. YOzuv qadimgi fors, elam va bobil tillarida 
bitilgan. Behiustun yozuvi boshqa ma’lumotlar qatorida O‘rta Osiyo xalqlari tarixi, 
ularning  ozodlik  kurashi  to‘g‘risida  ma’lumotlar  beradi.  YOzuv  Doro  I 
hukmronligi davrida  O‘rta  Osiyo  aholisi  Ahamoniylar  davlati  tarkibiga  kirganligi 
va ajnabiy bosqinchilarga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarilganligi haqida axborot beradi. 
«Men  Bobilda  bo‘lganligimda,  deyiladi  Behiustun  yozuvida    Doro  I  nomidan,  - 
mening  davlatimdan  Parfiya,  Marg‘iyona,  Skifiya  mamlakatlari  ajralib  chiqdilar. 
Marg‘iyonada bu erlik Frada ismli kishi hukmdor deb e’lon qilindi. Men o‘zimning 
Baqtriyadagi  satrapim  fors  Dadarshishga  buyurdim:  «Borgin  va  meni  tan 
olmayotgan  qo‘shinni  tor-mor  qilgin».  Dadarshish  qo‘shinlari  bilan  borib, 
marg‘iyonaliklar  bilan  jang  qildi.  Axuramazda  meni  qo‘lladi.  Axuramazdaning 
irodasi  bilan  mening  lashkarim  isyonchilarni  mag‘lub  etdi.  Bu  jang  Assidia 
oyining 23 kunida (ya’ni, miloddan avvalgi 521 yilning 10 dekabrida) sodir bo‘ldi. 
SHundan so‘ng bu mamlakat menga bo‘ysundi».  
Marg‘iyonadagi  qo‘zg‘olon  shavqatsizlik  bilan  bostirildi.  Behiustun  yozuvida 
aytilishicha, 55 ming isyonchi qatl etildi. Bu raqam bir muncha oshirilgan bo‘lishi 
mumkin,  lekin  bundan  qat’iy  nazar  bu  fakt  Marg‘iyonadagi  qo‘zg‘olonning 
ko‘lami keng bo‘lganligidan dalolat beradi.  
Behiustun yozuvida Doro I ning Orol bo‘ylarida yashagan saklar va massagetlar 
diyoriga  qilgan  yurishi  haqida  ham  ma’lumotlar  keltiriladi.  Doro  I  maqtanib, 
saklarni tor-mor etilganligi va  ularning boshlig‘i Skunxani asir etib, uning o‘rniga 
boshqa  odamni  ularga  boshliq  etib  ta’minlanganligini  ta’kidlaydi.  Doro  I 
saklarning  mardonovar  qarshiligi  oqibatida  ularning  raxbarini  almashtirib,  o‘z 
yurtiga qaytib ketganligi ehtimolidan holi emas.  
Epigrafik  manbalarning  yana  bir  guruhi  –  bu  sopolga  o‘yib  yozilgan  yozma 
yodgorliklardir. Qadimgi Eronning poytaxt shaharlaridan biri bo‘lgan Persopoldan 
topilgan  sopoldagi  yozuv  o‘z  mazmuni  jihatidan  Behiustun  yozuviga  yaqindir. 
Unda  Doro  I  o‘zi  bosib  olgan  mamlakatlarni  sanab  o‘tadi.  Mazkur  katibada 
Parfiya, Ariya, So‘g‘diyona, Xorazm va saklar mamlakati unga o‘lpon to‘laganligi 
qayd etiladi. Persopoldan topilgan boshqa bir yodgorlik miloddan oldingi 486-480 


11 
 
yillarga  mansub  bo‘lib,  Doro  I  nomidan  undan  keyin  hukmronlik  qilgan  Kserks 
buyrug‘i bilan bitilgan bu sopol yozuvda ham yuqorida sanab o‘tilgan O‘rta Osiyo 
viloyatlari  Eronga  bo‘ysunganligi  qayd  etiladi.  Mazkur  katibaning  ahamiyati 
shundaki,  Kserks  davrida  amalga  oshirilgan  diniy  islohat  unda  o‘z  aksini  topgan. 
Kserks  o‘ziga  bo‘ysungan  ayrim  mamlakatlarda  odamlar  devlarga  sig‘inganligini 
ta’kidlaydi. «Men, - deb yozadi u, - devlar makonlarini buzib tashladim va aytdim: 
«Devlarga  sig‘inmanglar».  SHundan  so‘ng  Eron  davlatining  barcha  viloyatlarida 
Ahuramazdaga sig‘inish joriy etildi.  
Doro I ning Suza shahri xarobalaridan topilgan yana bir mixxat yozuvi bu erda 
uning  farmoni  bilan  bunyod  etilgan  sayro  qurilish  haqida  ma’lumot  beradi.  Bu 
saroyni  bezash  uchun  Baqtriyadan  oltin,  So‘g‘ddan  tovlanib  turadigan  toshlar 
(samotsveto‘),  qizil  va  qishg‘ish  rangdagi  toshlar,  lazur,  serdolik,  Xorazmdan  esa 
to‘q  ko‘k  tovlanuvchi  toshlar,  feruza  (biryuza)  olib  keltirilganligi  ta’kidlangan. 
Demak, o‘sha davrda O‘rta Osiyoda ko‘rsatib o‘tilgan qimmatbaho toshlar va oltin 
konlari mavjud ekan. Eronlik bosqinchilar esa bu konlardan foydalanganlar.  
Diqqatga  sazovar  bo‘lgan  yana  bir  epigrafik  yodgorlik  boshqa  tarixiy  davr, 
ya’ni  Sosoniylar  hukmronligi  davriga  oiddir.  SHopur  I  ning  buyrug‘i  bilan 
«Zardusht ka’basi» deb atalgan joyda qoyaga o‘yib yozilgan bu yodgorlikda o‘sha 
paytda  Eronga  bo‘ysundirilgan  mamlakatlar  sanab  o‘tiladi.  Ular  qatorida  Kash 
(Kesh,  Qashg‘ar),  Turon,  So‘g‘d  kabi  viloyatlar  tilga  olinadi.  SHopur  davlati 
chegaralari  SHoshgacha  cho‘zilganligi  qayd  etiladi.  Demak,  SHosh  Sosoniylarga 
bo‘ysunmagan  va o‘z mustaqilligini saqlab qolgan.  
SHu tariqa, Eron epigrafik yodgorliklar Vatanimizning eng qadimgi tarixiga oid 
oz  bo‘lsada,  nihoyatda  qimmatli  ma’lumotlar  beradi.  Bu  katibalarda  Eron 
shoxlarining  takabburligi  sezilib  tursada,  lekin  ularda  keltirilgan  ma’lumotlarning 
to‘g‘riligi va ishonarligi shubhasizdir.  
Eng  qadimgi  tariximizga  doir  manbalardan  yana  bittasi  zardushtiylik  dinining 
muqaddas  kitobi  «Avesto»dir.  Bu  kitobda  O‘rta  Osiyoning  qadimgi  eroniyzabon 
xalqlarining  turmushi,  ijtimoiy  tuzumi  va  ma’naviy  dunyosi  xaqida  turfa 
ma’lumotlar olish mumkin.  
«Avesto»ning  vujudga  kelish  davri  xaqida  ilmiy  adabiyotlarda  turli  nuqtai 
nazarlar  bayon  qilingan.  Ko‘pchilik  tadqiqotchilar  bu  kitob  miloddan  avvalgi  VII 
asrdan  milodiy  III  asrgacha  bo‘lgan  davr  ichida  tadrijan  yaratilganligini 
ta’kidlaydilar. 
«Avesto»ning 
qaerda 
yaratilganligi 
xanuzgacha 
jahon 
eronshunoslari  o‘rtasida  tortishuvlarga  asos  bo‘lib  kelmoqda.  Uzoq  vaqtlar  bu 
dinning  payg‘ambari  Zardusht  Ozarbayjonda  yashagan  Safid  Tuman  degan 
kishining  farzandidir,  deydi.  Biroq,  keyingi  jiddiy  tadqiqotlar  bu  hususda 
boshqacha 
hulosalar 
chiqarish 
imkoniyatini 
beradi. 
Zardusht 
yaratgan 
madhiyalarning  mazmuni  va  tili  hisobiga  olinadigan  bo‘lsa,  bu  asar  O‘rta  Osiyo 
hududlarida  yaratilgan,  degan  fikr  tug‘iladi.  Bunga  «Avesto»ning  o‘zidan  ham 
dalillar topish mumkin. Masalan, «Avesto»da Zardusht tug‘ilgan va o‘z faoliyatini 
boshlagan diyorning tasviri beriladi: «bu shunday diyorki, deyiladi «Avesto»da, u 
erda  o‘tloqlar  va  suvga  serob  baland  tog‘lar  chorvachilik  uchun  zarur  barcha 
narsani etkazib turadi. U erda chuqur ko‘llar bor, u erda kemalar qatnaydigan keng 


12 
 
daryolar  o‘z  to‘lqinli  suvlarini  shiddat  bilan  Ishkat  va  Porut,  Mour,  Xareva, 
So‘g‘dning  Gav  viloyati  va  Kayrizem  mamlakatiga  eltadi».  YUqorida  keltirilgan 
parchani tahlil etib, «kemalar qatnaydigan daryolar» Amudaryo va Sirdaryo, Mour-
Marv,  Xareva-Ariya,  ya’ni  Xirot,  Kayrizem  -  hozirgi  Xorazm,    deb  tahmin  qilish 
mumkin.  
"Avesto" so‘zining etimologik  mazmuni hususida  ham turlicha  nuqtai  nazarlar 
mavjud. Ko‘pchilik olimlar bu so‘z qadimgi fors so‘zidan olingan bo‘lib, lug‘aviy 
ma’nosi «asos», «poydevor» ekanligini ta’kidlaydilar.  
"Avesto"  bilan  bir  qatorda  "Zand-Avesto"  kitobi  ham  mavjud.  «Zand» 
tushunchasi  «tafsir»,  «sharx»  degan  ma’noni  bildiradi.  SHunday  qilib,  «Zand-
Avesto» – "Avesto" ning sharxi, unga yozilgan tafsirdir.  
"Avesto"  to‘liq  saqlanmagan.  "Avesto"  ni  Kayonin  hukmdorlaridan  Gishtasp 
(Vishtasp)  zamonida  kitob  holatiga  keltirilgan.  Lekin  keyingi  jangu  jadallar 
jarayonida uning nushalari yo‘q bo‘lib ketgan. Asarning saqlanib qolgan qismlarini 
kitob  holiga  keltirish  Sosoniylar  davrida  davom  ettiriladi.  SHopur  II  davrida  (IV 
asr)  "Avesto"  to‘la  tartibga  keltirildi.  SHarx  va  izohlar  bilan  boyitildi  («Zand-
Avesto») va paxlaviy tiliga tarjima qilindi. Lekin arablar istilosi davrida "Avesto" 
va  «Zand-Avesto»ning  ko‘p  qismlari  yana  yo‘qotildi.  Hozirgi  kunda  "Avesto" 
bizga qisman etib kelgan, xolos.  
"Avesto"  asosan  to‘rt  qismdan  iborat:  YAsna,  YAsht,  Vispered  va  Vendidod. 
Bu  muqaddas  kitob O‘rta  Osiyo  xalqlarining  ma’naviy  dunyosi,  ulardagi  ijtimoiy 
munosabatlar,  ho‘jalik  xayoti,  turmush  tarzi  to‘g‘risida  qimmatli  ma’ulmotlar 
beradi.  "Avesto"  jahondagi  ko‘pgina  tillarga,  shu  jumladan  o‘zbek  tiliga    xam 
tarjima qilingan.  

Yüklə 2,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   242




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə