Manbashunoslik va tarixshunoslik



Yüklə 2,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/242
tarix05.04.2022
ölçüsü2,59 Mb.
#85071
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   242
Manbashunoslik va tarixshunoslik

   Xitoy  manbalari
.  Qadimgi  Xitoy  manbalarida  ham  o‘lkamizning  uzoq 
o‘tmishi  xaqida  uzuq-yuluq  (fragmentar)  ma’lumotlar  mavjud.  Ko‘p  hollarda  bu 
ma’lumotlar  o‘zaro  bog‘lanmagan  bo‘lsada,  mintaqamizda  yashagan  xalqlarning 
turmushi, iqtisodiy-ijtimoiy ahvoli hususida e’tiborga loyiq axborotlar beradi.  
Xitoy manbalarning asosan 2 guruhga bo‘lish mumkin. Birinchi guruhga O‘rta 
Osiyoga tashrif buyurgan sayyoxlar va elchilarning safar xotiralari kiradi. Ikkinchi 
guruh  esa  xitoy  tarixchilari  qalamiga  mansub  asarlardan  iborat.    Birinchi  guruhga 
kiradigan  manbalar  ayniqsa  muhim  ahamiyatga  egadir,  chunki  sayyoh  va  elchilar 
o‘zlari  ko‘rgan  hodisa  va  voqealarni  bayon  qiladilar.  Xitoy  tarixchilari  asarlarida 


16 
 
keltirilgan  ma’lumotlar  ham  asosan  sayyohlar  va  elchilarning  axborotlariga 
tayanadi.  
O‘rta  Osiyoga  kelgan  birinchi  Xitoylik  sayyox  CHjan  Szyan  edi.  U  Xitoy 
xukumati  topshirig‘iga  muvofiq,  O‘rta  Osiyolik  hukmdorlarni    xunnlarga  qarshi 
urushga da’vat etish  maqsadida  m.a. II asrda bu erga tashrif buyurgan edi. CHjan 
Szyan  o‘z  hukumati  nomiga  yozgan  xabarlarida  Kaspiy  dengizigacha  cho‘zilgan 
hududlarda  yashagan  halqlar  to‘g‘risida  dastlabki  ma’lumotlarni  etkazadi. 
Jumladan m.a. 127 yilda yuborgan axborotnomasida u Farg‘ona vodiysidagi Davan 
davlati,  uning  axolisi,  ho‘jalik  hayoti  haqida  qiziqarli  ma’lumotlar  bergan. 
Elchining  yozishicha,  bu  erdagi  katta  va  kichik  shaharlarning  soni  79  tani  tashkil 
etadi.  Davanliklar  o‘troq  xayot kechirib,  sholi  va  bug‘doy  ekkanlar,  chorvachilik, 
jumladan  yilqichilik  bilan  shug‘ullanganlar.  Xuddi  shu  davrda  yashagan  tarixchi 
Szyan  Xanshu  uning  bu  ma’lumotlarini  to‘ldirib,  Farg‘onada  60  ming  xonadon 
borligini  qayd  etadi.  Sima  Syan  o‘zining  «SHitszi»  -  «Tarixiy  esdaliklar»  nomli 
asarida Farg‘onadan Parfiyagacha bo‘lgan hududda yashagan aholi turli shevalarda 
gapirsada,  lekin  bir-birini  bemalol  tushunadi,  deb  yozadi.  Demak,  m.a.  II  asrda 
O‘rta  Osiyoda  til  jihatdan  bir-biriga  yaqin  bo‘lgan  eroniyzabon  qabila  va  elatlar 
yashaganlar.  Lekin  huddi  shu  davrda,  ayniqsa,  yuechjilar  istilosidan  keyin  axoli 
tarkibida turkiy qatlam ko‘paya boshladi.  
O‘rta Osiyo xalqlari haqidagi ma’lumotlar Xitoyda hukmronlik qilgan sulolalar 
tarixiga  bog‘ishlangan  asarlarda  ko‘p  uchraydi.  Ularning  mualliflari  O‘rta  Osiyo 
tarixini  maxsus  tadqiq  etmagan  bo‘lsalarda,  lekin  o‘lkamiz  hususida  qiziqarli 
ma’lumotlar  yozib    qoldirganlar.  YUqorida  nomi  tilga  olingan  Sima  Szyan  (uni 
«Xitoy  tarixchilarining  otasi»  deb  atashadi)  o‘zining  «Tarixiy  esdaliklar»  nomli 
asarining  130-bobida  Davan  davlati  va  uning  xalqi  haqida  e’tiborga  loyiq 
ma’lumotlar  keltiradi.  Xitoy  manbalarida  xitoylik  hukmdorlarning  Davanga 
nisbatan  bosqinchilik  siyosati,  davanliklarning  o‘z  ozodligi  uchun  qaxramonona 
kurashi  tasvirlanadi.  Miloddan  avvalgi  II  asrda  yuechji  qabilalarining  O‘rta 
Osiyoga bostirib kirishi ham xitoy manbalarida o‘z aksini topgan. Jumladan, elchi 
CHjan Szyan axborotlarida bu borada batafsil ma’lumotlar keltiriladi. M.a. I asrda 
yashagan  tarixchi  Ban  Gu  «Avvalgi  Xan  sulolasi  tarixi»  nomli  asarida,  hususan 
uning  95-bobida  Kangyuy  davlati,  yuechji  va  usunlar  to‘g‘risida,  SHarqiy 
Turkiston  o‘lkasining  o‘tmishi,  bu  erdagi  axoli  turmushi  xaqida  ma’lumotlar 
beradi.  
SHunday  qilib,  qadimgi  Eron  epigrafik  manbalari,  antik  mualliflar  va  xitoylik 
elchi  va  sayyoxlarning  asarlari  arxeologik  ma’lumotlar  bilan  mushtarak  tarzda 
o‘rganish,  ulardan  tanqidiy  ruhda  foydalanish  eng  qadimgi  tariximiz  manzarasini 
yaratish imkoniyatini beradi.  
 
 
 
 
 
 


17 
 
 

Yüklə 2,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   242




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə