Manbashunoslik va tarixshunoslik


"  ("Iqlimlarni  o‘rganish  uchun   eng yaxshi qo‘llanma") nomli asar yozgan



Yüklə 2,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/242
tarix05.04.2022
ölçüsü2,59 Mb.
#85071
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   242
Manbashunoslik va tarixshunoslik


("Iqlimlarni  o‘rganish  uchun
 
eng yaxshi qo‘llanma") nomli asar yozgan.
 
Mazkur asarning  ikkinchi  kismida 
Ajam  mamlakatlari,  shu
 
jumladan  Xuroson,  Movarounnaxr  va  Seyistonning 
jug‘rofik
 
xolati  mashxur  shaxarlari,  osoru-atiqalari,  axolisi  va  uning 
mashg‘ulotlari,  diniy  e’tiqodi  xamda  urf-odatlari,  viloyatlarning    va  mashxur 
kishilari to‘g‘risida ma’lumotlar beradi. 
O‘lkamizning        XII      asrdagi  tarixiy-geografiyaga  doir  ma’lumotlar  Al-
Idrisiyning  «Nusxat al-mushtok» (asarning to‘liq nomi «Nuzimat al-malok faxtiran ul-
ofok»  ,  ya’ni  «Jaxon  bo‘ylab  kezib  xoldan  toygan  kishining  ovunchog‘i»,  ayrim 
xollarda  mazkur  asar  Sitsiliya  qiroli  Rojerga  bag‘ishlanganligi  sababli  «Kitob  al-
rujoriy»  deb  ataladi)      va  YOqut  Xamaviy    «Mu’jai  ul  buldon»  («Mamlakatlar 
ro‘yxati») nomli asarlarida xam uchraydi.  


20 
 
Bu  davr  tarixini  o‘rganishda  arab  tilida    bitilgan  tarixiy  asarlarning  axamiyati 
g‘oyat  muximdir.  Ayniqsa,  Utbiy,  Abu  Rayxon  Beruniy,  Ibn  al-Asir,  SHaxobuddin 
Nasaviylarning qalamiga mansub asarlar diqqatga sazovardir. 
Abu Nasr Muxammad ibn Abdujabbor Utbiy asli Ray shaxridan bo‘lib, badavlat 
va  zodogon  oilaga  mansubdir.  Utbiy  o‘z  xayoti  davomida  Somoniylar,  Ziyoriylar  va 
/aznaviylar saroyida xizmat qilgan. Bizgacha Utbiyning «Tarixiy YAminiy» asari etib 
kelgan.  Bu  asarda  muallif    Sabuqtagin  va  Sulton  Maxmudlar  zamonida  /aznaviylar 
davlatida  ro‘y  bergan  siyosiy  voqealarni  bayon  etadi.  Asar  xukmron  feodal  sinf 
manfaatlarini  ximoya  qiladi.  Lekin  ayrim  xollarda  muallif  mexnatkash  xalq 
ommasining    og‘ir  axvoliga  nazar  tashlaydi.  Asarning  arabcha  matni  va  forsiy 
tarjimalari bir necha marotaba nashr qilingan.  
Buyuk  qomusiy  olim  Abu  Rayxon  Beruniy  tarix  faniga  oid  bir  necha  asarlar 
yozib  qoldirgan.  Bulardan  biri  «Osor  ul-bokiya  al-kurun  jaxoliya»,  («Kadimgi 
xalqlardan  qolgan  yodgorliklar»)  asari  bo‘lib,  bu  asarni  u  1000  yilda  Gurgonda,  shu 
shaxar  xukmdori  Kobus  ibn  Vishmagin,  Ziyoriy  saroyida  xizmatda  bo‘lgan  chog‘ida 
yozadi.  «Osor  ul-bokiya»  asari  shu  bilan  xam  qimmatliki,  unda  oldingi  davrlarda 
yaratilgan  va  keyinchalik  yo‘qolib  ketgan  ko‘pgina  manbalardan  foydalanilgan. 
Beruniy  o‘z  asarida  folklor  va  etnografiyaga  doir  qiziqarli  ma’lumotlar  keltiradi.  Biz 
uchun kitobda keltirilgan Iskandar Zulqarnayn, Moniy, Zardusht, Muqanna kabi tarixiy 
shaxslar  xayotiga      doir  ma’lumotlar  qimmatlidir.  Bu  asar  eng  qadimgi  davrdan  to 
islomiyatgacha  bo‘lgan  davrni  o‘z  ichiga  oladi.  Beruniyning  bizgacha  etib  kelmagan 
«Tarixi  Xorazm»  nomli  asarida  Xorazmning  Gaznaviylar  davlati  tarkibidagi  tarixi 
(1017-1043)  bayon  etiladi  bu  asarning  ayrim  parchalari  Bayxakiy  va  Xamaviy 
asarlarida saqlanib qolgan.  
Yirik  arab  tarixchisi  Ibn  al-Asir  (1160-1234)  bir  necha  tarixiy  asarlar  yozib 
qoldirgan. Biz uchun uning «Al komil fi-t-tarix» nomli 12 jildlik asari muximdir. Asarning 
I-VI  jildlari  komnilyasiya  bo‘lib,  muallif  Tabariy,  ibn  Miskavayx,  As-Sulamiy  va 
boshqalarning asarlaridan   keng foydalangan. Asarning VII-XII jildlari muxim axamityaga 
ega  bo‘lib,  924-1031  yillar  orasida  SHarq  mamlakatlari,  jumladan    O‘rta  Osiyoda  bo‘lib  
o‘tgan  voqelarni  o‘z  ichiga  oladi.  Bu  qism  asosan  qo‘lyozma  manbalar, 
shuningdek  tarixni  yaxshi  bilgan  kishilar  bergan  axborot  xamda  muallifning 
shaxsiy  kuzatishlari  bilan  to‘plangan  faktik  materiallar  asosida  yozilgan. 
Asarning  mug‘ullar  istilosiga  bag‘ishlangan  XII    jildi  aloxida  qimmatga 
egadir.  Ibn  al-Asirning  "Al  komil  fi-t-tarix"  asari  Xivada
   
Muxammad 
Raximxon II xukmronligi
 
davrida o‘zbek tiliga tarjima qilingan.  
XIII  asrning  ko‘zga  ko‘ringan  tarixchilaridan  biri  SHaxobuddin 
Muxammad Nasaviy  shaxsan  mug‘ullarga  qarshi janglarda  ishtirok  etgan  edi. 
1224-1231 yillarda Nasaviy sulton Jaloliddin Manguberdining  xizmatida bo‘ldi 
va  1241  yilda  o‘zining  "Sirot  us-sulton  Jaloluddin  Menkburni"  nomli  asarini 
yozib  qoldirdi.  Asar  muqaddima  va  108  bobdan  iborat.  Asarning  I-IV 
boblarida  Mug‘ullar  davlatining  tarixi  bayon  etiladi.  V-XXII  boblar 
xorazmshox  Alouddin
 
Muxammadning  xayoti  va  faoliyatiga  bag‘ishlangan. 
XXIII  bobdan  boshlab  kitobning  to  oxirigacha  mug‘ul
 
istilosi  va  xorazmshox 
Alouddin  Muxammadning  o‘z  yurtini  sharmandalarcha  tashlab  qochishi, 


21 
 
sulton  Jaloliddinnnng  xayoti  va  uning  mug‘ul  istilochilari  bilan  olib  borgan 
kurashi,  uning  Ozarboyjon  xamda  Iroqdagi  faoliyati  va  nixoyat  fojiali  xalokati 
xikoya  qilinadi.  "Sirot  us-sulton"ning,
 
ayniqsa,  1224-1231  yillar  voqealarini 
o‘z  ichiga  olgan  boblari  original  axamiyatga  ega.  CHunki  bayon  qilingan 
voqealarning ko‘pchiligida muallif shaxsan ishtirok etgan.  

Yüklə 2,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   242




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə