Manbashunoslik va tarixshunoslik


Fors tojik tilidagi jug‘rofiy va adabiy asarlar, nasabnomalar



Yüklə 2,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/242
tarix05.04.2022
ölçüsü2,59 Mb.
#85071
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   242
Manbashunoslik va tarixshunoslik

Fors tojik tilidagi jug‘rofiy va adabiy asarlar, nasabnomalar
.  


25 
 
XI  asrning  yirik  tilshunos  olimlaridan  biri  Maxmud  Qoshg‘ariydir.  Uning 
«Devoni  lugatit  at-turk  »  asari  turkiy  xalqlarning  tili,  shevalari,  shuningdek 
ularning etnik tarkibini o‘rganishda  muxim  manba  xisoblanadi.  «Lugat»ning tarix 
fani  uchun  axamiyati  shundaki,  unda  turkiy  qabilalar-bijanak,  qipchok,  ukuz, 
boshqird,  yabogu,  tatar,  qirg‘iz,  chigil,  yagmo,  uyg‘ur  va  boshqalarning  turar-
joylari  xamda  ijtimoii-siyosiy  xayotda  tutgan  o‘rni  atroflicha  ko‘rsatib  berilgan. 
Asarda  turklarning  madaniy-maishiy,  iqtisodiy  xayotiga  doir  juda  ko‘p 
ma’lumotlar keltiriladi. Jumladan, ayollar va erkaklarning kiyinishlari, ayollarning 
qanday  bezangani,  xalkning  urf  odatlari,  bolalarning  uyinlari  to‘g‘risidagi 
malumotlarni  olish  mumkin.  Asarda  turklarning  kasbu-kori,  taomlari,  xar-xil 
ichimliklar  tayyorlash  texnologiyasi,  tabobatchilikka    doir  materiallari  xam  bor. 
Xullas.  "Devonu  lugat  at-turk"  boy  etnografik  ma’lumotlari  bilan  tarixchilarning 
e’tiborini o‘ziga jalb qiladi. 
Mashxur tarixchi, biograf va sayyox as-Sam’oniy (XII asr) mashxur Marvlik 
olimlar  sulolasiga  mansubdir.  Sam’oniyning  bizgacha  etib  kelgan  asarlaridan 
"Kitob  al-Ansob"  aloxida  o‘rin  tutadi.  Bu  asarda  O‘rta  Osiyoning  tarixi, 
madaniyati  va  tarixiy  geografiyasiga  oid  muxim  va  qiziqarli  faktlar  keltiriladi. 
Kitobda  islomiyatdan  to  muallifning  zamonigacha  musulmon  mamlakatlarda, 
ko‘proq Eron va Movarounnaxrda o‘tgan mashxur kishilar to‘g‘risida ma’lumotlar 
beriladi. 
O‘rta  Osiyoning  IX-XP  asrlardagi  siyosiy  tarixi  va  madaniy  xayotiga  oid 
manbalardan  biri  Nizomi  Aruzi  Samarqandiyning  "Majma’  an-navodir"  yoki 
"CHaxor  makola"  nomli  asaridir.  "CHaxor  makola"da  muallif  oldingi  davrlarda 
o‘tgan  va  o‘ziga  zamondosh  bo‘lgan  ko‘plab  olimlar,  shoirlar  va  tarixnafislar 
xaqida  baxs  yuritiladi.  Asarda  Firdavsiy,  Beruniy,  Umar  Xayyom,  Ibn  Sino  va 
boshqa mashxur kishilar xaqida ma’lumot beriladi. 
XI-XP asr yirik qomusiy olimlaridan biri Najmuddin Umar ibn Muxammad 
an-Nasafiydir. U Fikx, xadis, tafsir, adabiyot, til, tarix va boshqa soxalarga oid 100 
ga  yaqin  asar  yozgan.  An-Nasafiyning  muxim  asarlaridan  biri  "Kitob  al-kand  fi 
zikri  Ulamoyi  Samarqand"  xisoblanadi.  Asarning  asl  arabcha  matni  yaqin 
kunlargacha  bizgacha  etib  kelingan  deb  xisoblanar  edi.  Asarning  qisqartirilgan 
forscha  tarjimasi  va  taxriri  ("Kandiyai-kurd")  ma’lum  edi.  Bir  necha  yil  oldin  an-
Nasafiy  kitobining  asl  nusxasi  topilganligi  va  Saudiya  Arabistonida  shu  erlik 
vatandoshimiz  Nazar  Muxammad  al-Farobiy  tomonidan  nashr  etilganligi  ma’lum 
bo‘ldi.  "Kitob  al-kand"da  o‘rta  asrlarda  Samarqandda  yashagan  mingdan  ortiq 
diniy va dunyoviy olimlar xaqida ma’lumotlar beriladi. 

Yüklə 2,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   242




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə