Manbashunoslik va tarixshunoslik


MAVZU-5:  O’RTA OSIYONING XVI-XIX ASRLAR TARIXIGA OID



Yüklə 2,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/242
tarix05.04.2022
ölçüsü2,59 Mb.
#85071
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   242
Manbashunoslik va tarixshunoslik

MAVZU-5: 
O’RTA OSIYONING XVI-XIX ASRLAR TARIXIGA OID
 
YOZMA MANBALAR.  
 
Reja  
1.
 
XVI-XIX asrlar tarixiga oid fors-tojik tilidagi yozma manbalar. 
2.
 
XVI-XIX asrlar tarixiga oid eski o’zbek tilidagi yozma manbalar. 
3. Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asari tarixiy manba sifatida 
.  
 
 XVI-XIX asrning birinchi yarmiga oid o‘zbek tilidagi manbalar

 
 
      Temuriylar  davridan  boshlab  Movaraunnaxrning  ijtimoiy-siyosiy  va  madaniy 
xayotida turkiy (eski o‘zbek) tilining  nufuzi va axamiyati ortib bordi. XVI asrdan 
boshlab  eski  o‘zbek  tilida  xam  ilmiy  asarlar  yaratila  boshlandi.  Bu  tilda  tarixiy 
asarlar  vujudga  kela  boshladi.  Ayniqsa  SHayboniylar  xukmronligi  davridan 
boshlab tarix ilmi bobida o‘zbek tilida yozilgan asarlarniig soni tobora ortib bordi. 
O‘zbek  tilida  bitilgan  tarixiy  asarlar  SHayboniylar  davlati,  Xiva  va  Qo‘qon 
xonliklari tarixiga bag‘ishlangan edi 
       XVI    asrning  boshida  eski  o‘zbek    tilida  yozilgan        muxim        tarixiy 
manbalardan biri "Tavorixi guzude»,   «Nusratnoma"  "Tanlangan  tarix» «Falsafa 
kitobi"    xisoblanadi.          Muallifi    nomalum.        SHu    narsa      aniqki,  asar  
SHayboniyxonning  topshirig‘i  bilan saroyga  yaqin  bo‘lgan  tarixnavislardan biri 
tomonidan  yozilgan.    Asar    ikki        mustaqil    qismdan-"Tavorixi  guzide"  va   
"Nusratnoma»dan  iborat.    Birinchi        qismda  O‘g‘izxon  va  qadimgi    turklar,   
CHingizxon  va  uning  avlodlari  tarixi,  ikkinchi  qismida  esa    SHayboniyxon 
tavalludidan    to    uning    Movarounnaxrni istilo qilishigacha Dashti Qipchoq  va  
O‘rta  Osiyoda  sodir  bo‘lgan  ijtimoiy-siyosiy    voqealar        bayon      qilinadi.     
Asarning          "Nusratnoma"    qismi  muxim  qimmatga  ega.  Unda        SHayboniyxon    
qo‘shinining      tuzilishi,  uning  etnik  tarkibi,    shuningdek    ko‘chmanchilarning    
Movarounnaxr          viloyatlariga    qilgan  yovuzliklari  to‘g‘risida  qimmatli 
malumotlar bor. SHuni xam ta’kidlab  o‘tish   kerakki,     ko‘chmanchi o‘zbeklar 
tomonidan Farg‘ona viloyatining bosib olinishi faqat "Nusratnoma"da    to‘la    va  
to‘g‘ri yoritilgan. 
       Tarixchi olim Abdullox Nasrulloxni 1525 yilda «Zubdat al-asar» («Solnomalar 
sarasi») nomli kitob yozgan. Umumiy tarix tipida yozilgan bu asarning so‘nggi XI 
qismi  original  xisoblanadi.  Unga  XVI  asrning  birinchi  choragida  Xuroson  va 
Movounnaxrda sodir bo‘lgan voqealar bir muncha keng yoritilgan. 


29 
 
     XV  asrning  ikkinchi  yarmi  va  XVI  asrning  birinchi  yarmida  yashab  o‘tgan 
atoqli  shoirlardan  biri  Muxammad  Solix  xisoblanadi.  Muxammad  Solix  Temurga 
yaqin  bo‘lgan  amirlardan  biri  SHoxmalikning  nabirasi  bo‘lgan.  Uning  otasi  xam 
Temuriylarga xizmat qilgan, lekin qaysidir gunoxlari uchun u Abu Said tomonidan 
qatl  etilgan.  SHu  boisdan  Muxammad  Solix  yoshligidan  ko‘p  qiyinchiliklarga 
duchor  bo‘ldi.  Keyinchalik  Xusayn  Boyqaro  saroyida  bir  necha  yil  xizmat  qildi, 
lekin iltifot ko‘rmadi. SHuning uchun xam taxminan 1499 yilda  Muxammad Solix 
SHayboniyxon  xizmatiga kiradi. SHayboniyxon  uni  iltifot bilan kutib olib, "malik 
ush-shuaro"  unvonini  beradi.  Muxammad  Solix  SHayboniyxonning  bir  necha 
yurishlarida unga xamkorlik qildi. Muxammad Solix o‘zining asosiy asari bo‘lgan 
"SHayboniynoma"  dostonida  SHayboniyxonning  5-6  yillik  daxshatli  yurishlarini 
tasvirlaydi.  Asarda  tendensioz  rux  kuchli.  Muallif  SHayboniyxon  va  uning 
atrofidagi kishilarni ko‘klarga ko‘tarib maqtaydi, Temuriylarni esa kamsitib, ularni 
xaqorat  qilish  darajasiga  etib  boradi.  Biroq,  bazi  nuqsonlarga  qaramay,  bu  asar 
SHayboniyxonning  yurishlarini  xaqqoniy  aks  ettiruvchi  jangnoma  tipidagi  yirik 
dostondir. 
XV asrning oxiri va XVI asrning boshlariga doir muxim tarixiy manbalardan 
biri  "Boburnoma"  xisoblanadi.  Boburning  bu  asari  o‘zining  obektivligi  bilan 
ajralib  turadi.  Bobur  shox  xamda  fozil  va  olim  kishi  bo‘lganligi  buning  asosiy 
sababidir. 
        XVII  asrning    yirik    tarixchi    olimi    va    davlat    arbobi          Abulg‘oziy 
Baxodirxondir.    Murakkab     taqdir     soxibi    bo‘lgan     Abulg‘oziy    keng 
ma’lumotli  kishi bo‘lgan.     O‘zining  yozishicha,   u  uch soxada-xarbiy, she’riyat 
va  tarix soxasida  chuqur bilim egasi bo‘lgan.   Abulg‘oziydan 2 ta  tarixiy  asar  
qolgan.  Bular    "SHajarayi          tarokima"  va    "SHajarayi  turk"    nomli  asarlardir.    
"SHajarayi    tarokima"    turkman  xalqining    kelib    chiqishi  xaqida  baxs    yuritadi.   
"SHajarayi  turk"    ("SHajaraiy  turk  va  mug‘ul"    deb    xam  ataladi»)    kitobi  esa 
muqaddima va 9    bobdan iborat.     Abulg‘oziy  asarning   7, 8  va 9-bobning  bir   
qismini  yozib     ulgurgan,   xolos.   1-6-boblar  va 9-bobning  davomi     (1644-
1664  yillar  voqealari)    Anushaxonning  topshirig‘i  bilan  Maxmud    ibn  Mulla 
Muxammad  Urganjiy  ismli        ulamo        tarafidan        yozilgan.          Muallif        o‘z    
kitobini tarif etishda CHingizxon va uning  avlodlari    tarixiga    bag‘ishlangan 18 
ta asardan foydalanganligini    aytib,     ulardan    SHarafuddin    Ali YAzdiyning   
"Muqaddimayi  Zafarnoma"    va  Rashiduddinning    "Jome  ut-tavorix"  nomli  
asarlarini eslatib   o‘tadi.   Asarning  original qismi  xisoblangan 8 va 9 boblarini 
yozishda        muallif        o‘zi        bilgan        va        so‘rab-surishtirib  to‘plagan  
ma’lumotlardan        keng          foydalangan.            Asarning  original  qismida  XVII  
asrning    birinchi    yarmida  Xiva  xonligidagi  siyosiy  voqealar  batafsil  bayon  
qilingan. 
Abulg‘oziy  Xorazmda  o‘ziga  xos  tarixnavis  maktabiga  asos  soldi,  desak 
bo‘ladi. XVIII va XIX asrlarda bu tarixnavislik an’anasini shoir va tarixchi olimlar 
Munis va Ogaxiylar davom ettirdilar. 
SHermuxammad  ibn  Avazbiy  Munis  (1778-1829)  Xivadagi  madrasalarda 
taxsil  olib.  1800  yildan  boshlab  xon  saroyida  kotib  bo‘lib  xizmat qilgan.  U  1806 


30 
 
yilda Eltuzarxonning topshirig‘i bilan "Firdas ul-iqbol" "Jannat bog‘i"  asarini yoza 
boshladi. Lekin bu asar ayrim sabablarga  ko‘ra tugallanmay qolgan. 
Muxammad Rizo Erniyozbek Ogaxiy xam asli xorazmlik bo‘lib, Munisning 
jiyani edi va tog‘asining tarbiyasini olgan edi. Munis vafotidan so‘ng u saroyni tark 
etib, ota kasbi miroblik bilan kun kechirgan. Ogaxiy iste’dodli shoir, tarixnavis va 
tarjimon  sifatida  mashxurdir.  U  tog‘asi  boshlagan  "Firdas  ul-iqbol"ni  nixoyasiga 
etkazdi.  Undan  tashqari  Ogaxiy  "Riyoz  ud-davla"  ("Davlat  bog‘i"),  '"Zubdat  ut-
tavorix"  ("Tarixlar  sarasi"),  "Jome  ul-voqeoti  sultoniy",  "Gulshan  ul-davla"  kabi 
asarlar  yozgan.    Ogaxiy  19  ta  asarni  fors  tilidan  o‘zbek  tiliga  tarjima  qilgan. 
"Ravzat us-safo", SHarofuddinning "Zafarnomasi», Vosifiyning «Badoe ul-voqoe» 
asarlari shular jumlasidandir. 
«Firdavs»  ul-iqbol"  Xorazmning  qadim  zamonlardan  to  1825  yilgacha 
bo‘lgan tarixini o‘z ichiga oladi. Asar muqaddima va besh bobdan iborat. Munis va 
Ogaxiylarning mazkur asarining axamiyati shundaki, unda Xorazmning  qariib 300 
yillik  tarixi  (1511-1825)  yaxlit,  xronologik  tarzda  bayon  etilgan  Asar  turli 
mazmundagi faktik materiallarga  nixoyatda boy. 
XIX asrda tarixnavislik maktabi Qo‘qonda xam vujudga keldi. O‘zbek tilida 
yozilib, Qo‘qon xonligining XIX asrning o‘rtalaridagi siyosiy axvolini  o‘zida aks 
ettirgan asarlardan biri "Ansob us-salotin va tazorix ul-xavokin" kitobidir. Mazkur 
asarning muallifi Mirza Mushrif Toshkandiyning  biografiyasiga doir ma’lumotlar 
ko‘p emas. Lekin uning nisbasidan xon saroyida xizmat qilganligini taxmin qilish 
mumkin. Asarda Farg‘onaning XV- XIX asrlar tarixi yoritilsada, ammo 1842-1875 
yillar  voqealari bayoni original axamiyatga ega. 
     SHunday qilib,  XVI-XIX asrlar tarixi    o‘zbek    tilida    bitilgan qator tarixiy 
asarlarda  o‘zining  aksini  topgan.  YUqorida  ko‘rsatib  o‘tilgan  tarixiy  asarlarning 
ko‘pchiligi ilmiy jixatdan  o‘rganib chiqilib, nashr etilgan. 

Yüklə 2,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   242




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə