Manbashunoslik va tarixshunoslik



Yüklə 2,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/242
tarix05.04.2022
ölçüsü2,59 Mb.
#85071
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   242
Manbashunoslik va tarixshunoslik

  
  
 
    Xonliklar tarixiga doir fors tojik tilidagi manbalar.  
      
      Asrlar  davomida  shakllangan    an’anaga  ko‘ra  XVI-XIX  asr  tarixiga  doir  juda 
ko‘p asar xamon fors-tojik tilida yozilgan edi. Bu tilda yozilgan asarlar nixoyaatda 
ko‘p  bo‘lib,  ular  xonliklar  tarixi  xar  tomonlama  teran  yoritilgan.  Fors-tojik  tilida 
yozilgan  tarixiy  asarlar  katta  guruxi  Muxammad  SHayboniyxon  istilolariga 
bag‘ishlangan.  Bu  asarlar  Mulla  SHodiy  Kamoliddin  Binoiy  Fayzullox  Ibn 
Ro‘zbexon va boshqalar qalamiga mansubdur.  
     Mulla  SHodiyning  1502  yilda  ta’lif  etgan  «Fatxnoma»  asarida  Muxammad 
SHayboniyxon  tavvaludidan  1451  to  uning  Samarqand  shaxrini  istilo  qilishgacha 
bo‘lgan  davrda  Dashti  Qipchoq  Xorazm  va  Movoraunnaxrda  sodir  bo‘lgan 
voqealar  taxlil  etgan.  Asarda  SHayboniyxon  askarlarining  Movorounnaxr 
viloyatida  qilgan  yovuzliklari  xaqida  qimmatli  ma’lumotlar  bor.  Asar  xozirga 
qadar  bironta  tilga  tarjima  qilinmagan  va  nashr  etilmagan.  Asarning  qo‘lyozma 
nusxasi  Dushanbe,  Toshkent  va  boshqa  shaxarlardagi  kutubxonalarda  bor. 


31 
 
Toshkentdagi  SHarqshunostlik  institutida  saqlanayotgan    nusxasi  nodir 
xisoblanadi.  Bu  nusxa  XVI  asrda  ko‘chirilgan  ajoyib  mintaqalar  bilan  bezatilgan 
1501  yilda  umrining  oxirigacha  shayboniyxonlar  saroyida  xizmat  qilgan  istedodli 
shoir  va  tarixchi  Kamoliddin  Binoiy  u  1512  yilda  Qarshi  shaxrini  qizilboshlardan 
mudofaa qilishda qatnashgan va  jangda xalok bo‘lgan «SHayboniynoma»   nomli 
asari  muallifidur.  Bu  asar  1505-1507  yillar    orasida  yozilgan  bo‘lib, 
SHayboniyxonning  tug‘ilishidan  to    ko‘chmanchi  o‘zbeklar  tomonidan 
Movorounnaxr  va  Xorazmni  bo‘ysindirishgacha    qadar  Dashti  Qipchoq  xamda 
O‘rta  Osiyoda  sodir  bo‘lgan  voqealarni  o‘z  ichiga  oladi.  Binoiyning 
«SHayboniynoma»si  xozircha  nashr  etilmagan.  Xorazmlik  tarixchi  Muxammad 
YUsuf Bayoniyning bu asarni o‘zbekchaga qilgan tarjimasi xam mavjud. 
      Asli  Eronlik  bo‘lgan  yirik  olim    Fazlullox  ibn  Ruzbexon  SHayboniyxon  va 
Ubaydullaxon  saroyida  xizmat  qilgan  va  ko‘pgina  asarlar  yozib  qoldirgan. 
Tarixchilar uchun uning «Mexmonnomayi Buxoro» nomli  asari qadrlidir. Bu asar 
SHayboniyxonning  1509  yilda  qozoq  sultonlari  Jonish  sulton,  Axmad  sulton  va 
boshqalarning ulusiga qilgan  bosqinchilik yurishi tarixini  bayon etadi. Ruzbexon 
bu  yurishda  shaxsan  ishtirok  etgan,  ro‘y  bergan  voqealarning    ko‘pini  o‘z  ko‘zi 
Bilan  ko‘rgan,  ba’zilarni  esa  xon  va  uning  yaqin  kishilaridan  eshitgan. 
«Mexmonnomayi Buxoro» asarining ikkita qo‘lyozma nusxasi mavjud bo‘lib, ular 
Turkiyadagi  «Nuri  Usmoniya»  kutubxonasida  va  Toshkentda,  O‘zR  FA  
SHarqshunoslik 
instituti  kutubxonasida  saqlanadi. 
Toshkentdagi 
nusxasi 
avtografdir.  Asarning  forscha  matni    Texronda  (1962)  va  qisqartirilgan  ruscha 
tarjimasi Toshkentda (1976) nashr etilgan. 
           Fors-tojik tilida ijod etgan yirik tarixchi olimlardan YAna biri Xondamirdir. 
(1475-1535).    Uning  otasi  Temuriy  Sulton  Muxammad  mirzoning  vaziri  bo‘lgan. 
Ona tomonidan Xondamir yirik tarixchi  olim Mirxondning nabirasidir. Xondamir 
turli  Temuriy  xukmdorlar  saroyida  xizmat  qilgan.  Xayotining  so‘nggi  davrida 
Bobu  rva  Xumoyun  xuzurida  xizmatda  bo‘ldi  va    va  vofotidan  so‘ng  Dexli 
shaxrida Dafn etildi. Xondamir o‘nga yaqin asar muallifidir. Uning tarixiy asarlar 
orasida  «Xabib us-siyar» («Do‘stning tarjimayi xoli») aloxida o‘rin tutadi. «Xabib 
us-siyar»  asari  umumiy  tarix  tipida  yozilgan  bo‘lib,  muqaddima,  3  jild  va 
xotimadan iborat. Xar bir jild 4 qism (juz)ga bo‘linadi. 3-jildning III  va IV juzlari 
original  bo‘lib,  Xuroson  va  Mavorounnaxrning    XV  asrning  90  yillaridan  1524 
yilgacha  bo‘lgan  siyosiy  va  ijtimoiy  axvolni  chuqur  va  atroflicha  bayon  etadi. 
«Xabib  us-siyar»ning  forscha  matni  Bombey  (1857)  va  Texronda(1954)  nashr 
etilgan. 
       Mashxur  tojik  adibi  Zaynuddin  Vosifiy  (1485-1551)  o‘zining  «Badoe’  ul-
vaqoe’»  nomli  asari  bilan  shuxrat qozongan.  Bu  memuar  asarda  1512-1532  yillar 
orasida  muallifning  Xuroson  va  Movarounnaxrda  ko‘rgan-kechirganlari  zo‘r 
maxorat va yuksak san’at Bilan bayon etiladi. 
        XVI  asr  yirik  tarixchilaridan  biri    Mirzo  Muxammad  Xaydar    (1500, 
Toshkent-1551, Kashmir) «Tarixiy Rashidiy» nomli  asar muallifidir. Bu asar ikki 
qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismida  Mo‘g‘iliston xonlari tarixi Tug‘luq Temur 
xukmronligi  boshlanishidan  to  Abdurashidxonning  taxtga  chiqishigacha,  1348-


32 
 
1533,  ikkinchi  qismida  esa  xotira  tarzida  Qoshg‘ar,  O‘rta  Osiyo,  Afg‘oniston  va 
SHimoliy Xindistonda XVI asrning birinchi yarmida sodir bo‘lgan voqealar bayon 
qilinadi. 
       Eronlik tarixchi Xasanbek Rumlu  (XVIasr) o‘zining 12 jilddan iborat  «Axsan 
at-tavorix»  asarining  original  qismi  bo‘lgan  so‘nggi  jildida  Eron  va  qo‘shni 
mamlakatlar,  jumladan,  O‘rta  Osiyoning  1495-1577  yillardagi  siyosiy  tarixini 
bayon  etadi.  Asarda  Bobu  rva  shox  Ismoilning  SHayboniylarga  qarshi  ittifoqi, 
Eron  va  SHayboniylar  o‘rtasida  Xuroson  uchun  olib  borilgan  kura  shva  boshqa 
masalalar keng yoritilgan. 
        XVI  asr  ko‘zga  ko‘ringan    shoir  va  tarixchisi  Xofiz  Tanish  Buxoriy 
Abdullaxon  II  ning  shaxsiy  voqeanafisi  bo‘lgan.    U  «Abdullanoma»  asari  Bilan 
shuxrat  topgan.  Asar  XVI  asr  tarixi  bo‘yicha    eng  muxim  manbalaridan  biri 
xisoblanadi.  Muallif  o‘z  asarini  yozishda  turli  manbalardan  foydalangan.  30-60  
yillar  voqealari  saroyda  muntazam  ravishda  yuritilgan  daftar,  voqealar  shoxidi 
bo‘lgan  keksa  kishilarning  og‘zaki  axboroti  asosida  yozilgan.  70-80  yillar 
voqealari  esa  muallifning  o‘zi  qatnashib  to‘plagan  materiallari  asosida  yozilgan. 
«Abdullanoma»  murakab  saj’  uslubida  yozilgan.  Asar  ko‘pgina  tillarga,  shu 
jumladan o‘zbek tiliga tarjima qilinib, nashr etilgan. 
          Buxoro  xonligining  Xindiston  (Boburiylar  davlati)  Bilan  munosabatlari 
xaqida Abul Fazl Allomiyning «Akbarnoma» asaridan  e’tiborga loyiq ma’lumotlar 
uchraydi. Bu asarning forscha matni va inglizcha tarjimasi nashr qilingan. Buxoro 
xonligining  Eron  Bilan  munosabatlari  esa  eronlik  tarixchi  Iskandarbek 
Munshiyning  «Tarixi  olamoroyi  Abbosiy»  (1634)  asarida  uchraydi.  Buxoro 
xonligining  XVII  asrning  70-90  yillardagi  axvoli  va  Buxoro  bilan  Xiva  siyosiy 
munosabatlarini  o‘rganishda  Samandarxoja  Termiziyning  «Dastur  ul-mulk»  asari 
muxim axamiyatga egadir. 
        XVII  asrda  yashab  o‘tgan  boshqa  bir  tarixchi  olim  –  Muxammad  YUsuf 
Munshiy «Tarixi Muqimxoniy» nomli asar yozib qoldirgan. Asar muqaddima va 3 
bobdan  iborat.  «Tarixi  Muqimxoniy»ning  original  qismi  II    va  III  boblaridir. 
Ikkinchi bobda Balx va qisman Buxoro xonligining  XVII asrdagi ijtimoiy-siyosiy 
xayoti, shuningdek bu  xonliklarning   xalqaro aloqalari,  uchunchi bobda esa 1702-
1704  yillar  voqealari,  xususan    Buxoro  va  Balx  o‘rtasida    boshlangan  qurolli 
kurash  o‘rin  olgan.  Asarda  xonlar  va  feodallarning  zulmi,  mexnatkash  xalqning 
og‘ir  axvoli  xaqida  qiziqarli  ma’lumotlar  uchraydi.  «Tarixi  Muqumxoniy»  1861 
yilda  eski  o‘zbek  tiliga  tarjima  qilingan.  1956  yilda  A.  Semyonov  tomonidan  rus 
tiliga tarjima qilinib, Toshkentda nashr qilingan. 
           Subxonqulixon  va  Ubaydullaxon  saroylarida  bosh  munshiy  lavozimida 
xizmat  qilgan  Mir  Muxammad  Amin  Buxoriy  «Ubaydullnoma»  nomli  asar 
muallifidir.  Bu  asarda  Buxoro  xonligining  1702-1716  yillar  orasidagi    ijtimoiy-
siyosiy  va  madaniy  xayoti  xaqida  xikoya qilinadi. Ubaydullaxon   va Abulfayzxon 
saroyida  xizmat qilgan boshqa bir  olim-Abduraxmon  Tole’  «Tarixi  Abulfayzxon» 
nomli  asar    yozgan.  Abduraxmon  Tole’  asarida  Abulfayzxon  davrida  o‘zbek 
davlatining inqirozga yuz tutishi o‘z aksini topgan. Jumladan, biz Buxorodan to‘la 
mustaqil  bo‘lgan  Samarqand  xonligining  tashkil  topishi    va  bu  xonlikning  


33 
 
xukmdori  Rajabxon  xaqidagi  ma’lumotlarni  bilib  olamiz.  Biz    Zarafshon  va 
SHaxrisabz  voxalarida  sodir  bo‘lgan  o‘zaro  kurashlar,  isyonlar  va  majorolar 
tafsilotlarini  faqatgina  mazkur  asarda    uchratamiz.  Muallif  bu  majorolarning  xalq 
boshiga keltirgan kulfatlarin o‘z asarida aks ettirgan. 
           Ashtarxoniylar  xonadoniga  mansub  bo‘lgan,  lekin ko‘p kulfatlarni boshdan 
kechirib,  Turkiya  va  Xindistonda  yashab,  ko‘proq  ilmiy  ishlar  bilan  mashg‘ul 
bo‘lgan  Xoji  Mir  Muxammad  Salim  1731  yilda  Boburni  Nosiruddinning 
topshirig‘iga  binoan  «Silsilat  us-salotin»  asarini  yozgan.  4  qismdan  iborat  bu 
asarning  so‘nggi  ikki  bobi  aloxida  axamiyatga  ega  bo‘lib,  O‘rta  Osiyoning  XVI-
XVIII  asrning  birinchi  choragidagi  ijtimoiy-siyosiy  tarixini  o‘z  ichiga  oladi.  Xoji 
Mir  Muxammad  Salim  Buxoro  xonlari  Abdullaxon,  Abdulmo‘minxon, 
Dinmuxammadxon,  Imomqulixon,  Abdulazizxon  va  Subxonqulixonlarning 
Xindiston,  Eron  va  Turkiya  xukmdorlariga  yo‘llagn  20  ta  maktublari  nusxalarini 
xam keltirgan. Bu maktublar tarixiy manba sifatida muxim axamiyatga egadir. 
            Ashtarxoniylar  sulolasining  inqirozi  va  manqitlar  xukmronligining 
dastlabki  davrlari  tarixi  Muxammad  Vafo  (1689-1769)ning  «Tuxfat  ul-xoniy» 
asarida    bayon  qilinadi.  Ubaydullaxon  saroyida  kitobdor,  Muxammad  Raximbiy 
zamonida  qozilik  vazifalarida    xizmat  qilgan  Muxammad  Vafo  1722-1768  yillar 
voqealarini  yozgan,  asarning    qolgan  qismini  Olimbek  ibn  Niyozqulibek  ismli 
nasaflik  kishi  qalamiga  mansubdir.  «Tuxfat  ul-xoniy»  murakkab  saj  shaklida 
yozilgan bo‘lib, voqealarni to‘la va keng yoritadi. Bu asarning qo‘lyozma nusxalari 
ko‘p, lekin xozirga qadar nashr va boshqa tillarga nashr qilinmagan. 
          «Tuxfat  ul-xoniy»  asari  Buxoro  amirligi  tarixiga  bag‘ishlangan  dastlabki 
tarixiy  asar  edi.  Muxammad  Vafodan  so‘ng  qator  tarixchilar  o‘z  asarlarida 
Mang‘itlar sulolasi  xukmronligi davrini yoritganlar. XVIII asrning ikkinchi yarmi 
va  XIX asrning birinchi yarmida yashagan buxorolik tarixchilar Mullo Ibodullo va 
Mullo Muxammad SHariflar «Tarixi Amir Xaydar» nomli asar yozib qoldirganlar. 
Bizgacha  bu  asarning  noma’lum  muxarrir  tomonidan  qisqartirilgan  nusxasi  etib 
kelgan. «Tarixi amir Xaydar» muxim va ishonchli manbalar asosida yozilgan. Asar 
xozircha nashr va boshqa tillarga tarjima qilinmagan. 
     Buxorolik boshqa bir tarixchi Mir Olim Buxoriy «Fatxnomayi Sultoniy» nomli 
tarixiy  asar  yozib,  unda  amirlardan  SHoxmurod,  Xaydar  va  Nasrullo  xukmronlik 
qilgan  davrda  sodir  bo‘lgan  voqealar  bayon  qilinadi.  Bu  asar  xam  xozircha  nashr 
etilmadi. 
      XIX  asrning  ko‘zga  ko‘ringan  mutafakkir  shoiri  va  adibi  Axmad  Donish  tarix 
soxasida barakali ijod qilgan alloma olimlar qatoriga kiradi. U 1827 yilda tug‘ilib, 
1897  yilda  vafot  etgan.  50  yillarda  Axmad  Donish  amir  Nasrullo  xizmatiga  qabul 
qilingan.  1870-yilda      istefoga  chiqib,  ijodiy  va  ilmiy  ish  bilan  mashg‘ul  bo‘ldi.   
Axmad  Donish amir  Nasrullo va amir Muzaffarning elchilari tarkibida uch marta 
1857, 1869 va 1974   yillarda Peterburgga safar qildi  va Rossiyaning  xayoti bilan 
yaqindan    tanishdi.    Bu  safarlar    olimning  dunyoqarashiga  katta  ta’sir  ko‘rsatdi. 
Axmad    Donish  Buxoroning  Rossiyaga    nisbatan  nixoyatda  qoloq  ekanligini 
anglab etdi.  U jamiyatni mavjud qonun  va davlat tartibini takomillashtirish  yo‘li 
bilan qaytadan  ko‘rish  mumkin, deb xisoblardi. Olimning bu qarashlari bu uning 


34 
 
«Navodir ul-vaqoe’» asarida (1875-1882) o‘z aksini topdi. Donish amirga davlatni 
boshqarish  ishlarini  qaytadan  qurishni  maslaxat  berdi.  Amir  bundan  darg‘azab 
bo‘ldi  va  70-yillarning  oxirida  Axmad  Donish  poytaxtdan  uzoqlashib,    /uzorga 
qozi qilib yuborildi.  1885 yilda Amir Muzaffarning  vafotidan so‘ng, u Buxoroga 
qaytib keldi va qolgan  umrini ilmiy izlanish bilan o‘tkazdi. 
      Tarixchilar  uchun    Axmad  Donishning  «Tarjimaiy  xoli  amironi    Buxoroyi 
sharif»    nomli  asari  muxumdir.  Mazkur    asarda    Doniyol,  SHoxmurod,    Xaydar, 
Nasrullo  va  Muzaffar  singari  amirlar  xukmronligi  davrida  sodir  bo‘lgan  voqealar 
bayon    qilinadi.    Asarning    fors-tojik  tilidagi  matni  va  qisqartirilgan  ruscha 
tarjimasi  Dushanbeda  nashr  etilgan.    Buxoro  amirligi    tarixga  oid  manbalarga 
qatoriga  tarixchi    olim  va  shoir  Mirzo  Abdulazim  Somiyning  «Tuxfayi  shoxiy»   
va  «Tarixiy  salotini  Mangitiya»  nomli  asarni    xam  kiritish  mumkin.    Amir 
Muzaffarning bosh munshisi  lavozimida xizmat qilgan. Mirzo Abdulazim  Somiy  
bu  asarida  mazkur  amirning    xukmronligi  davrida  ro‘y  bergan  voqealar    imkon 
qadar  batafsil  yoritishga  xarakat  qilgan.  YAna  bir  buxorolik  tarixchi  Mirza 
Salimbek  saroyga  yaqin  kishi  bo‘lib,  uzoq    muddat  davomida  Buxoro  amirligida 
turli  lavozimlarda  xizmat  qilgan.  Uning  «Tarixi    Salimiy» asarining  asosiy  qismi 
(CHingizxondan  amir  Muzaffar  davrigacha)  kompilyasiya    bo‘lib,    1890-1920  
yillar voqealarini o‘z ichiga olgan   qismi original axamiyatga ega, chunki muallif 
bu voqealar  ko‘pining shoxidi bo‘lgan.   
      Qo‘qon  xonligi  tarixini  o‘zida  aks    ettirgan  tarixiy  manbalar    talaygina. 
Ularning  qatoriga    Muxammad  Solix  Toshkandiy,  Niyoz  Muxammad  Xo‘qandiy, 
Muxammad  Xakimxon  singari  mualliflar  asarlarini  kiritish  mumkin.  Muxammad 
Solix    Toshkandiy    «Tarixi  jadidayi  Toshkand»  nomli  asar  muallifidir.  Asar  ikki  
qismdan  iborat bo‘lib,  birinchi    qismida  qadimgi  zamonlardan  to      XV    asrning 
oxirigacha   ikkinchi  qismida esa Boburdan to 1880-yillargacha bo‘lgan  voqealar 
qalamga olinadi.  Asarda Toshkent shaxri  tarixi, butun  O‘rta  Osiyo  miqyosidagi  
voqealar  bilan  uzviy  ravishda  bog‘langan  xolda  bayon    etilgan.  Asar    fors-tojik 
tilida yozilgan bo‘lib, xozircha boshqa  tillarga tarjima va nashr qilinmagan.   
      Niyoz  Muxammad  Xo‘qandiyning  "Tarixi  SHoxruxiy»  asari    Qo‘qon 
xonligining  mukammal  tarixi      xisoblanadi.    Bu  asarning  fors-tojikcha  nashri 
Qozonda   (1885)  va  Olmaotada (1987) nashr etilgan.   Qo‘qon xonligi   tarixiga 
bag‘ishlangan yana bir asar – bu Muxammad Xakimxon To‘raning «Muntaxab at–
tavorix»    asarlaridir.  U    Qo‘qon  xoni    Muxammad  Alixonning  yaqin  qarindoshi 
bo‘lib,  bir  vaqtlar  viloyat  xokimi    xam  bo‘lgan    edi.        Muxammad  Xakimxon  
zamonasining ilg‘or kishisi, keng ma’lumotli va bilimdon shaxsi edi. U xonlarning  
agressiv  siyosatini    qoralaydi,  xalq  ommasiga  xayrixoxlik  kayfiyatlarini  oshkor 
etadi.  Xakimxon  to‘ra  saroy  tarixchisi  bo‘lgan  emas.  SHuning  uchun  u  xonlarga 
nisbatan    xushomadgo‘ylik  qilmaydi,  aksincha  ularning  xususan  Muxammad 
Alixonning olib borgan siyosati keskin ko‘riladi. Uni xulq-atvori buzuq kishi, deb 
baxoladi. Natijada «Muntaxab   at-tavorix»ning muallifi xonning  g‘azabiga uchrab 
uzoq  yillar  davomida  Rossiya  va  SHarq    mamlakatlarida  sargardon  bo‘lib  yuradi 
va  musofirlikda    vafot    etadi.    Quqon      xonligi  tarixga  bag‘ishlangan  boshqa  
asarlar  xam  bor.  Professor    I.  Voxidovning  bergan  ma’lumotiga    ko‘ra,  nazmu 


35 
 
nasrda  o‘zbek,  tojik  va  arab  tillarida    bitilgan  bunday  asarlarning  soni    40  ga 
yaqindir.      Bu    manbalarni chuqur  o‘rganish  Qo‘qon  xonligining  ijtimoiy-siyosiy  
va madaniy xayoti  manzarasini tiklash imkoniyatini beradi. 
   

Yüklə 2,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   242




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə