Manbashunoslik va tarixshunoslik


Xonliklar davri tarixiga oid, rus  va evropa  tillaridagi manbalar



Yüklə 2,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/242
tarix05.04.2022
ölçüsü2,59 Mb.
#85071
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   242
Manbashunoslik va tarixshunoslik

Xonliklar davri tarixiga oid, rus  va evropa  tillaridagi manbalar. 
      Buyuk  jug‘rofik  kashfiyotlardan    so‘ng  Ipak  yo‘li  o‘z    axamiyatini 
yo‘qotganligi sababli, O‘rta Osiyo jaxon  xo‘jaligi savdosidan chetga tushib qoldi.  
Lekin  bundan    qat’i  nazar  Vatanimizni  Ovrupo  mamlakatlari  bilan    savdo 
diplamatik aloqalari batamom to‘xtab qolmadi.  XVI  asrdan boshlab O‘rta Osiyo  
va Rossiya  o‘rtasidagi  xar  tomonlama  aloqalar tobora kuchayib bordi. Ayniqsa, 
Qozon  va  Astraxan  xonliklari Rossiya  tomonidan bosib olingandan so‘ng bunday 
aloqalar  yanada  jonlanib  ketdi.  O‘rta  Osiyoga  muntazam  ravishda  rus  elchilari, 
savdogarlari    va  sayyoxlari    tashrif  buyurar  edilar.  Rus  elchilari  o‘z 
xukumatlarining    talabiga  muvofiq,    O‘rta  Osiyo    xonliklarining  ichki  axvoli    va 
xalqaro  aloqalari,  axolisi,  xo‘jaligi,  xarbiy  saloxiyati  xususida  imkon  qadar  
batafsilroq    ma’lumotlar  berishga    xarakat  qilar  edilar.    Bora-bora  yurtimizga  
Rossiyadan  kelayotgan  odamlar  doirasi  kengayib  bordi.    Ularning  qatoriga 
injenerlar,  vrachlar,  olimlar  va  boshqalar  qo‘shilib  bordilar.  Natijada  rus 
mualliflarining    O‘rta  Osiyo  xususida  to‘plangan  materiallarining  ko‘lami 
kengaydi.  O‘rta  Osiyo  xonliklari  axolisiga  doir  ma’lumotlarni  bu  erga  tashrif 
buyurgan  ovropalik mualliflar xam yiqqanlar.   Ular orasida ayniqsa vengar olimi 
va sayyoxi German Vamberi va ingliz zobiti  va Aleksandr Byorns yozib qoldirgan 
ma’lumotlar e’tiborga sazovordir. O‘rta Osiyoga kelib ketgan elchilar va sayyoxlar 
xotiralari va xisobotlari o‘lkamiz tarixini o‘rganishda muxim manba bo‘lib xizmat 
qiladi.  Ularga  Buxoro,  Xiva  va    Qo‘qon    xonliklarining  davlat tuzimi,  shaxarlari,  
xo‘jaligi,      axolining  mashg‘ulotlari  va  turmush  tarzi  xususida  boy  ma’lumotlar 
bor.  SHu  bilan  birga  mazkur    xotira  va  xisobotlar  mualliflari  ba’zi  xollarda  bir 
yoqlamalik va sub’ektivizm  singari  nuqsonlarga yo‘l qo‘yishlarini xam ta’kidlab 
o‘tish zarur.  
       XVI  asrning  o‘rtalarida  O‘rta  Osiyoga  tashrif  buyurgan  birinchi  Evropalik 
ingliz  sayyoxi  Antonii  Jenkinson  edi.  Jenkinson  «Moskva  savdo  kompaniyasi»da  
xizmat qilgan   va O‘rta Osiyodan Xitoy va Xindistonga olib boradigan  yo‘llarni 
aniqlash    maqsadida  kelgan.  Jenkinsonning  Buxoroga  qilgan  safari  xaqidagi 
xotiralari 1987-yilda to‘la xajmda nashr qilingan. XVII asrda O‘rta Osiyoga  kelib 
ketgan  rus  elchilari    I.    D.  Xoxlov  (1620-1622)  va    S.  I.    Pazuxinlar,    V.  A. 
Dovudovlar    va  M    Qosimovlarning  rus  podshosi  nomiga  yozgan  xisobotlari 
diqqatga sazovor.  Bu xisobotlarda Buxoro va Xiva  xonliklarining ichki va tashqi 
axvoli  xususida  qiziqarli  ma’lumotlar  beriladi.  XVIII  asrda  Pyotr  I  xukumronligi 
davridan  boshlab  chor  Rossiyasi    O‘rta  Osiyo  xonliklarini  bosib  olish    va  ularni 
Rossiyaga qo‘shib olish rejalarini tuza boshladi. SHu boisdan, bu erga yuborilgan 
elchilarga  siyosiy  va  iqtisodiy  mazmundagi  ma’lumotlar  bilan  bir  qatorda  xarbiy 
xarakterdagi  ma’lumotlar  yig‘ish    vazifasi  topshirilar  edi.  Jumladan,  1721-1725 
yillarda  Buxoroda  bo‘lgan  elchi  F.Beneviniga  Buxoro  xonligining  Turkiya    bilan 
munosabatlarini  aniqlash,  xonlikning  qurolli  kuchlari,  ularning  qurollanishi  va 


36 
 
maxoratini aniqlash vazifasni yuklangan edi.  1740-1741   yillarda Omsk shaxridan  
Xivaga  safar  qilgan  poruchuk  Gladishev    va  geodezist  Muravinlar  xonlikka  olib 
boradigan  yo‘llar,  mamlakatning  jug‘rofiy      axvoli  xususidagi  ma’lumotlar 
yig‘ishga asosiy e’tibor berdilar. 
      XVIII    asrda  Qo‘qon  xonligi  tashkil  topgandan  so‘ng  rus  va  ingliz  elchi  va 
savdogarlari    bu  xonlik    xaqida  xam  ma’lumotlar  yig‘ishga  katta  e’tibor  bera 
boshladilar.  Jumladan, savdogar SHubay Arslonovning Toshkent shaxri  xaqidagi 
axboroti  (1741) 1800  yilda  Toshkent xokimi YUnusxo‘janing  iltimosiga ko‘ra bu 
erga  kelgan  injenerlar  Burnashev  va  Pospelovlarning  xotiralari,    F.  Nazarovning 
1813-1814    yillarda  Qo‘qonga  qilgan  safari  xaqidagi  xisobotlari  shular 
jumlasidandir.  
       Buxoro  amirligi  xaqidagi  eslatmalar  ichida  Filipp    Efremovning  “To‘qqiz 
yillik  sayoxat”  nomli  kitobi  aloxida  ajralib  turadi.    Filipp  Efremov  to‘qqiz  yil 
davomida Buxoro amiri qo‘lida  tutqun edi, lekin xarbiy xizmat qilib ancha yuqori 
lavozimlarga  erishdi.  Asirlikdan  qochib  o‘z  vataniga  qaytib  kelgandan  keyin      u  
yuqorida  nomi  tilga  olingan  kitobni  yozdi    va  katta  shuxrat  qozondi.  Asarda 
Buxoro  amirligi  xaqida qimmatli ma’lumotlar bor.    
    XIX asrning boshlarida Buxoro amirligiga tashrif buyurib, o‘z xotiralarini yozib 
qoldirgan    mualliflardan  tabiatshunos  va  vrach  E.  N  Eversian,  ruxoniy  Budrin 
esdaliklarini,  Aleksandr  Byornsning  “Buxoroga  sayoxat”  nomli  asarini,  elchi  I. 
Vitkevichning  «Qaydlar»  nomli  xotira  kitobini  xamda  Butakov  ismli  injener, 
sharqsunos  olim    N.  V.  Xanikovlarning  esdaliklarni  aloxida  qayd  etish  lozim. 
Qo‘qon  xonligi  tarixiga  oid  muxim  manbalardan  biri  kazaq  ofitseri  Nikolay   
Potininning  esdaliklaridir.  German  Vamberining  «O‘rta  Osiyo  ocherklari»  kitobi 
Xiva  xonligi  va  Buxoro  amirligining    XIX    asr  o‘rtalaridagi  axvoli  xususida 
nixoyatda boy ma’lumotlar beradi. 
     SHunday qilib, o‘zbek xonliklari tarixiga doir rus va ovro‘pa manbalari original 
xarakterga  ega  bo‘lib,  ishonarli  tarixiy    manbalar  qatoriga  kiradi.  E’tiborga  loyiq 
tomoni  shundan  iboratki,  bu  manbalarda  maxalliy  xalq  xayoti  va  turmushining 
maishiy  tomonlari    yaxshi  yoritilgan.  Biz    maxalliy  tarixnavis  asarlarda 
uchramaydigan  nodir  ma’lumotlarni  rus  mualliflari  esdaliklaridan  topishimiz 
mumkin.  
       Xulosa  qilib  shuni  aytib  o‘tish  kerakki,  xonliklar  davri  tarixiga  oid  juda  ko‘p 
tarixiy  va  xilma-xil  tarixiy  manbalar  mavjud.  Ulardan  kompleks  ravishda  va 
tanqidiy ruxda foydalanish bu davr tarixini teran o‘rganish imkoniyatini beradi.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 


37 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Yüklə 2,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   242




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə