Manbashunoslik va tarixshunoslik


Statistik manbalar va davriy matbuot materiallari



Yüklə 2,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/242
tarix05.04.2022
ölçüsü2,59 Mb.
#85071
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   242
Manbashunoslik va tarixshunoslik

Statistik manbalar va davriy matbuot materiallari. 
  
      Turkiston  o‘lkasi  chor  Rossiyasining    mustamlakasiga  aylantirilgandan  so‘ng, 
bu erda  statistika  xizmati yo‘lga   qo‘yildi. Muntazam ravishda  butun   Turkiston  
general-gubernatorligi,    viloyatlar  va  uezdlar  miqyosida  iqtisodiy  va  ijtimoiy 
xayotga  doir  ma’lumotlar  yig‘ish  yo‘lga  qo‘yildi.  Ayrim  burjua    tashkilotlari 
(birjalar,  banklar,  shirkatlar  sarmoyadorlar  uyushmalari)  o‘z  faoliyatlariga  doir 
ma’lumotlar  yig‘ishga  va  e’lon  qilishga  kirishdilar.  Bu  ma’lumotlarni  bir  qismi 
o‘sha davrda aloxida statistik to‘plamlar shaklida nashr etildi. Boshqa qismlari esa 
arxivlarda saqlanmoqda. Statistik   manbalar aloxida  axamiyati shundaki, ular juda 
ko‘p  asosan  miqdoriy  ma’lumotlarni  o‘z  ichiga  oladi.  Bu  davrga  oid  statistik 
ma’lumotlardan  ilmiy  maqsadda  foydalanish  qator  qiyinchilik  bilan  bog‘liqdir. 
Birinchidan,  ayrim  statistik  xisobotlarda  «sanoat»,  «ishlab  chiqarish»,  «korxona» 
singari  atamalarda  yagona  yondashuv  yo‘q.  Ikkinchidan,  statistik    ma’lumotlar 
ba’zan  bir  yoki  ikki  viloyat  miqyosida  yig‘ilgan.  Lekin  butun  o‘lkani  qamrab 
oluvchi  ma’lumotlar  uchraydi.  Uchinchidan,  juda  ko‘p  statistik  xisobotlarda  bir 
xillilik  xos    emas.    To‘rtinchidan,  ayrim  statistik    ma’lumotlar  ishonchli  emas. 
Bunday  ma’lumotlardan  foydalanish  tanqidiy  yondashuvni  talab  qiladi.  Masalan, 
Rossiya «1897 yilgi  Rossiya imperiyasi axolisini umumiy ro‘yxatga olish» nomli 
statistik  to‘plamida  Turkiston  o‘lkasi  axoli  savodxonligi  2  foiz  deb    berilgan. 
Bunda  maxalliy    axolini  arab  yozuvini  bilishi  e’tibora  olinmagan.  YUqorida 
ko‘rsatib  o‘tilgan  kamchiliklardan  qa’tiy  nazar,  statistik  manbalar  Turkiston 
o‘lkasining bu davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy xayoti xususida   eng ishonarli va keng 
ko‘lamli ma’lumotlar beruvchi muxim manbadir.  
        Rossiya  xukmronligi  davrida  Turkistonda  gazeta  va  jurnallar  nashr  etish, 
matbaalar  qurilib,  kitob  chop  etish  yo‘lga  qo‘yildi.    1870    yilda  «Turkestanskie  
vedomosti»    gazetasi  bilan  bir  vaqtda  o‘zbek  tilida  birinchi  ro‘znoma  «Turkiston 


40 
 
viloyatining  gazeti»  nashr  qilina  boshlandi.    XX  asrning  boshlarida  jadidlarning 
sa’y-xarakatlari  bilan  «Xurshid»,  «Taraqqiy»,  «Tujjor»,  «Sadoiy  Turkiston»,  
«Sadoiy  Farg‘ona»,  «Buxoroiy  SHarif»  singari  gazeta  va  jurnallar  nashr  etildi. 
1905  yilda  bolshevik  Morozov  «Samarqand»  nomli  gazetani  nashr  eta  boshladi.  
Fevral inqilobidan so‘ng «Xurriyat», «Turk eli»  va boshqa ro‘znomalar chiqarildi. 
Matbuot  saxifalarida  e’lon  qilingan    maqola    va    xabarlar  Turkiston  o‘lkasi 
xayotining  turli  masalalariga  oid  juda  ko‘p  ma’lumotlar  beradi.  Lekin  davriy  
ma’lumot materiallari xam ayrim nuqsonlaridan xoli emas. Birinchidan, juda ko‘p 
gazeta va jurnallar nashrlarining moliyaviy imkoniyatlari cheklanganligi sababli 1-
2    yil,  ayrimlari  esa  undan  xam  ozroq  muddat  davomida  nashr  qilingan  xolos. 
(Mustamlakachi  ma’murlar  organi  bo‘lmish  «Turkestanskie    vedomosti»  va 
«Turkiston  viloyatining  gazetasi  bundan  mustasno).  Ikkinchidan,  matbuot 
organlarida  ba’zi  voqealar  to‘g‘ri  va  ob’ektiv  tarzda  yoritilmagan.  Masalan  1898 
yilgi  Andijon  qo‘zg‘olonidan  so‘ng,  Turkiston  viloyatining  gazeti  Duchki  eshon 
shaxsiga  salbiy  baxo  bergan,  bir  necha  maqola  bir  she’rlar  e’lon  qildi.  Bu  xolni 
mazkur  gazeta  mustamlakachi  ma’murlarning  pozitsiyasida  turgani  bilan  izoxlash 
mumkin.  Demak,  gazeta  va  jurnallar  materialaridan  foydalanilganda  bu  matbuot 
organlarining siyosiy pozitsiyasi  va  mafkuraviy yo‘nalishini e’tiborga olish zarur. 
SHunday bo‘lsada, davriy matbuot saxifalarida e’lon  qilingan  materiallar muxim 
tarixiy manbalar qatoriga kiradi.  
       Mustamlakachilik  davri  tarixiga  oid  muxim  manbalardan  yana  biri  bu  ko‘p 
jildlik  «Turkestanskiy  sbornik»  nomli  to‘plamdir.  (594    jilddan  iborat.)    Ushbu 
davrda  matbuot saxifalarida e’lon qilingan  minglab  materiallarni o‘z  ichiga olgan 
mazkur  to‘plam  o‘lkamizning  tabiiy  sharoiti,  tarixi,  iqlimi,  iqtisodiyoti,  axolisi, 
xorijiy  mamlakatlar  bilan  savdo  aloqalari  xususida  nixoyatda  boy  ma’lumotlar 
beradi. 
 

Yüklə 2,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   242




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə