Manbashunoslik va tarixshunoslik


Siyosiy    partiyalar va jamoat tashkilotlari  xujjatlari



Yüklə 2,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/242
tarix05.04.2022
ölçüsü2,59 Mb.
#85071
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   242
Manbashunoslik va tarixshunoslik

   Siyosiy    partiyalar va jamoat tashkilotlari  xujjatlari. 
  
     Sovet davrida O‘zbekistonda yagona partiya O‘zbekiston kommunistik partiyasi 
faoliyat    ko‘rsatgan,  xolos.    Boshqa  siyosiy  partiyalar  Oktyabr  to‘ntarishidan 
keyingi  dastlabki  yillardayoq  ta’qiqlab  qo‘ygan  edi.  O‘zbekiston  kompartiyasi 
respublika  xalqi  manfaatlari  savot  bilan  ximoya  qilgan  mustaqil  siyosiy  partiya 
bo‘lmasdan  KPSS  ning  bir  bo‘lagi  xisoblanardi.  SHu  sababdan  O‘zbekiston 
kommunistlari  KPSS  Markaziy  organlari  qabul  qilgan  qaror  va  ko‘rsatmalarni 
so‘zsiz  bajarishga  majbur  edilar.  SHuni  eslatib  qo‘yish  kerakki,  KPSS  amalda 
xokimiyatni  o‘z  qo‘lida  to‘plab  olgan  davlatning  oliy  organlaridan  xam  yuqorida 
turgan  tashkilot  bo‘lgan.  Demak,  sovet  jamiyatida,  shu  jumladan    O‘zbekistonda 
amalga  oshirilgan    siyosat  bevosita  kommunistik  partiyaning    ko‘rsatmalaridan 
kelib  chiqar  edi.  SHunday  ekan,  sovet  davri  tarixini  to‘g‘ri  yoritish  uchun    KPSS 
va uning  O‘zbekistondagi filiali-O‘zbekiston Kompartiyasi xujjatlarini e’tibordan 
chetda  chetda  qoldirmaslik  kerak.  KPSS  va  O‘zkompartiyaning  xujjatlarini 
e’tibordan  chetda  qoldirmaslik  kerak.  KPSS  va  O‘zkompartiyaning  s’ezdlarida, 
konferensiyalarida,  markaziy  va  maxalliy  komitetlarning    plenumlarida  qabul 
qilingan  xujjatlar  partiya  dasturi,  qarorlar,  murojaatnomalar  va  boshqalar  bu  davr 
tarixini teranroq o‘rganish imkonini beradi. 
       Sovet  davri  O‘zbekistonda  kasaba  uyushmalari  yoshlar  ittifoqi,  xotin-qizlar 
qo‘mitalari,  turli  ijodiy  va  kasbiy  uyushmalar  (teatr  xodimlari  uyushmasi, 
yozuvchilar ittifoqi, sport jamiyatlari, rassomlar uyushmalari va xakozo)lar faoliyat 
ko‘rsatar  edi.  Bundan  qa’tiy  nazar,  jamoat  tashkilotlarining  s’ezdlari, 
konferensiyalari  va  yig‘ilishlarida  qabul  qilgan  qarorlar,  ularning  dastur  va 
murojatnomalari ijtimoiy xayotning turli qirralarini yoritishda  muxim o‘rin tutadi. 
Ammo  bu  uyushmalar  xujjatlaridan  tanqidiy  ruxda  foydalanish  maqsadga 


43 
 
muvofiqdir, chunki ularning ko‘pida mazkur tashkilot va uyushmaning faoliyatiga 
ba’zan ortiqcha baxo beriladi. 
     Siyosiy  partiyalar  jamoat  tashkilotlarining  ayrim  xujjatlari  nashr  qilingan.  Rus 
tilida  nashr  qilingan  «Turkiston  kompartiyasining  s’ezdlari  va  Markaziy  komitet 
plenumlari  revolyusiyalari»,  «O‘zbekiston  kompartiyasi  s’ezdlarining  qarorlari», 
«O‘zbekiston  Kompartiyasi  fakt  va  raqamlarda»,  «O‘zbekiston  komsomoli 
s’ezdlari  qarorlari»  nomli  to‘plamlar  shular  jumlasidandir.  Bulardan  tashqari 
partiyalar  va    jamoat  tashkilotlarining  turli  yig‘inlarida    qabul  qilingan  ayrim 
xujjatlar  o‘z  vaqtida  matbuot saxifalarida  e’lon  qilingan  edi.  Partiyalar  va  jamoat 
tashkilotlari  xujjatlarining  asosiy  qismi  O‘zbekiston  Respublikasi    Prezidenti 
devoni  xuzuridagi  arxiv  va  uning  viloyatlardagi  bo‘limlarida,  O‘zbekiston 
Kompartiyasi,    O‘zbekiston  yoshlar  ittifoqi  xamda  O‘zbekiston  Respublikasi  
Markaziy Davlat arxivida saqlanmoqda. 
 

Yüklə 2,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   242




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə