Manbashunoslik va tarixshunoslik



Yüklə 2,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/242
tarix05.04.2022
ölçüsü2,59 Mb.
#85071
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   242
Manbashunoslik va tarixshunoslik

 
 
     Statistik manbalar va davriy matbuot materiallari.  
 
     Sovet  davrida  davlat  statistika    xizmati  yo‘lga  qo‘yildi.  1918  yilda  Markaziy 
statistika boshqarmasi tuzildi. SHu  vaqtdan Turkiston SSRda xam statistika tizimi 
shaxobchalari  vujudga  kela  boshladi.  Statistik  xisob  iqtisodning  turli  tarmoqlari 
xamda  ijtimoiy  jarayonlarning  boshqa  muxim  soxalarini  qamrab  oldi.  Jumladan, 
axoli,  sanoat,  qishloq  xo‘jaligi,  transport  va  aloqa,  xalq  ta’limi,  savdo,  moliya, 
sog‘liqni  saqlash,  mexnat  va  ish  xaqi  xamda  boshqa  soxalarga  taalluqli  statistik 
ma’lumotlar muntazam ravishda yig‘iladigan bo‘ldi. 
     Statistik manbani taxlil qilish chog‘ida unga tanqidiy yondashish   zarurdir.  
Bundan asosiy  maqsad, keltirilgan  fakt   va raqamning   to‘g‘ri ekanligiga  ishonch 
xosil  qilishdir.  SHuni  xam  esdan  chiqarmaslik  kerakki,  ayrim  davrlarda  masalan 
urushdan  oldingi  yillarda,  70-80  yillarda  ayrim  statistik  ma’lumotlar  ataylab 
soxtalashtirilgan  edi.  Masalan  I  Ba  II  besh  yilliklarning  yakunlari  shaxsan 
Stalinning ko‘psatmasi bilan ancha oshirib ko‘rsatilgan. Bundan maqsad Stalin va 
kompartiya  tutgan  yo‘lning  naqadar  samarali  ekanligini  xalq  va  jaxon  afkor 
ommasiga    ko‘z-ko‘z  qilish  edi.  70-80    yillarda  esa  O‘zbekistonda  etishtirilgan 
paxta  xom-ashyosining    miqdori  oshirilib  yozilar  edi.  SHu  yo‘l  bilan  sovet 
xukumatida ro‘y berayotgan iqtisodiy inqirozni xaspo‘shlashga xarakat qilardi.  
       Statistik    ma’lumotlarni  qiyosiy  tarzda  taxlil  etish  maqsadiga  muvofiqdir.  
Bitta yoki ikkita fakt biron-bir  xodisa xususida atroflicha ma’lumot bera olmaydi. 
SHuning  uchun  bunday  ma’lumotlarni  taxlil  etishda  ko‘pincha    qiyoslash  uslubi 
qo‘llaniladi.  Turli  fakt  va    raqamlarni  bir-biriga  solishtirib,  ijtimoiy  xodisalarni 
rivojlanish tendensiyalari va sur’atlari aniqlanadi. 
          Statistik  ma’lumotlar o‘z vaqtida qisman  nashr etilgan. 1960  yildan to 1983 
yilga  qadar  rus  tilida  «O‘zbekiston  xalq  xo‘jaligi  ___  yilda»    nomli  statistik 
to‘plami  nashr  etildi.  Mazkur  to‘plam  respublikamiz  xalq  xo‘jaligining  barcha 


44 
 
soxalariga  doir  faktik  ma’lumotlar  yig‘ilgandir.  Ammo  statistik  ma’lumotlarni 
asosiy qismi nashr etilmagan va xozirgi kunda arxiv fondlarida saqlanmoqda.  
       E’tiborga  loyiq  statistik  ma’lumotlardan  yana  biri  -  bu  aholini  umumiy 
ro‘yxatga olish  materiallaridir. Bunday ro‘yxatga olish dastlab 1897  yilda amalga 
oshirilgan  edi.  Sovet  davrida  8  marotaba    axoli  ro‘yxatga  olindi.  (1920  
1923,1926,1939,1959,1970,1979  va  1989  yillarda).  Axolini  ro‘yxatga  olish 
materiallari  tarixchi  uchun  juda  muxum  ma’lumotlar  beradi.  Lekin  axolini 
ro‘yxatga  olishlar  o‘rtasida  ancha  uzoq  muddat  o‘tganligi  sababli  tadqiqotchilar 
ko‘p xollarda joriy demografik statistika materiallariga murojat qilishadi.           
       Sovet  davri  manbalari  orasida  davriy  matbuot  muxum    o‘rinda  turadi. 
Kompartiya  va  Sovet  davlati  fuqorolarining  ongiga  sotsialistik  mafkurani 
singdirishda  matbuot  organlariga  muxim  rol  ajratgan  edilar.  SHu  boisdan  Sovet 
davrida O‘zbekistonda  nashr etilgan  gazeta va jurnallar soni  muttasil oshib bordi. 
1918 yilda Turkiston ASSRda 18 ta nomda gazeta va jurnallar nashr etilgan bo‘lsa, 
70  yillarga  kelib  respublikamizda  nashr  etilgan  gazetalar  soni  125  tani,  jurnallar 
soni 50 tani tashkil etdi.  
      Sovet  davrida  nashr  etilgan  gazeta  va  jurnallarni  shakli  va  mazmuniga  qarab 
turli shakllarga bo‘lish mumkin. Davriy matbuot respublika va maxalliy gazeta va 
jurnallar: partiya  va  xukumat va jamoat tashkilotlari nashrlariga ijtimoiy-siyosiy, 
iqtisodiy  ilmiy  adabiy-badiiy  nashrlarga  bo‘linadi.  Bu  davrda  O‘zbekistonda  6  ta 
tilda  gazeta  va  jurnallar  nashr  etilar  edi.  SHuni  qayd  etish  kerakki,  sovet  davrida 
matbuot  partiya  komitetlarining    nazorat    ostida  bo‘lib,  sotsialistik  mafkura 
zaminida shakllandi va rivojlandi.  Senzura partiya va xukumatning siyosatiga mos 
bo‘lmagan  materiallarni  nashr  etishga  yo‘l  qo‘ymasdi.  Lekin  shunga  qaramay, 
matbuot davr nafasini bizga etkazdi, o‘tmishninig jonli lahzalarini o‘z sahifalarida 
aks ettiradi.        
      Tadqiqotchi  o‘zini  qiziqtirgan  mavzudan  kelib  chiqqan  xolda  qaysi  gazeta  va 
jurnallardan  foydalanishni  bilishi  mazkur  matbuot  organlarida  nashr  etilgan 
ma’lumotlarning  to‘g‘riligini  aniqlashi  zarur.  Buning  uchun  matbuotdagi 
materiallarni  boshqa manbalar bilan solishtirish lozim.  

Yüklə 2,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   242




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə