Manbashunoslik va tarixshunoslik


Esdaliklar, Kundaliklar  va Maktublar



Yüklə 2,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/242
tarix05.04.2022
ölçüsü2,59 Mb.
#85071
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   242
Manbashunoslik va tarixshunoslik

 
  Esdaliklar, Kundaliklar  va Maktublar    
      
    Tarixiy  shaxslarning  xayoti  va  faoliyatini,  ularning  ma’naviy  qiyofasini 
gavdalantirishga  xalq  turmushining  maishiy  tomonlarini  yoritishda  esdaliklar, 
kundaliklar  va  maktublar  muxum  rol  o‘ynaydi.  Komil  YAshinning  «YOdnoma», 
Komil  YOrmatovning  «Qaytish»,  T.N.  Qoriniyoziyning  «Xayot  maktabi»,  
Xabibullo  Qodiriyning  «Otam  xaqida»,  Asil  Rashidovning  «Akam  xaqida», 
N.A.Muxiddinovning  «Kremlda  o‘tgan  yillarim»,  Said  Olimxonning  «Buxoro 
xalqining  xasrati  tarix»,  S.Ayniyning  «Buxoro  inqilobi  tarixi»  nomli  esdaliklarida 
sovet  davri  tarixi  turli  nuqtai-nazardan  va  pozitsiyalardan  turib  jonli  tarzda 
yoritiladi.  Maskur  esdaliklardan    ilmiy-tadqiqot  ishlarida  foydalanish  o‘tmishni 
yanada  teranroq  tushinib  etish  imkoniyatini  beradi.  Memuar  manbalarga  xos 
bo‘lgan  muxum  xususiyat-bu  ularning  sub’ektivligidir.  Faktlarni  bayon  qilish  va 


45 
 
taxlil  etishda  muallifning  shaxsiy  xislatlari  va    dunyoqarashi    va  siyosiy  qiyofasi 
o‘z aksini topadi. Esdaliklarning yana bir xususiyati bu ularning ko‘p xollarda bir 
yoqlamaligidir.  Bu  hol ko‘pincha  muallifning egallab turgan  vazifasi,  mansabi  va 
tasvirlanayotgan  voqealar  aloqadorligiga  bog‘liqdir.  Esdaliklar    mualliflari 
ko‘pincha  voqealarni  to‘g‘ri  bayon  etmaydi.  Esdaliklarda  ba’zi  voqea 
xodisalarning  qasddan  «unitib  qolishi»  yoki  mavjud  bo‘lmagan  faktlar  «esga 
tushishi»  extimoldan  xoli  emas.  Ayrim  mualliflar  o‘tmish  voqealarga    yangicha 
yondashishni  istamaydilar.  (Komil  YAshinning  «YOdnoma»),  boshqalari  esa 
o‘tmishni modernizatsiya (yangilash) qilishga urinadilar. SHu boisdan tadqiqotchi 
esdaliklarda bayon etgan mateiallarni sinchkovlik bilan taxlil etishlari kerak.               
         Memuar  manbalarning  yana  bir  turi  kundaliklardir.  Kundalik  deganda  biz 
voqealar  jarayonida  muallifning  o‘z  fikr  muloxazalarini  yozib  borishini 
tushunamiz. Taasurotlar doirasi ko‘pincha muallifning  ko‘rgan-kechirganlari bilan 
cheklanadi.      Kundalik  yozuvlarda  ko‘pincha  zamondosh  shaxslarning  jonli    va 
yorqinli  qiyofalar  gavdalanadi.  Mazkur  manba  muallifning  ichki  dunyosini  bilib 
olish  imkoniyatini  beradi,  voqealar  bayoniga  jonli  tus  beradi.  Lekin  shuni  ham 
ta’kidlab  o‘tish  kerakki,  bu  davrda  O‘zbekistonda  kundaliklar  yozish  keng 
tarqalmagan edi.  
        Xatlar (maktublar)  ham  memuar  manbalar qatoriga kiradi. Ularning kundalik 
bilan o‘xshash tomoni ko‘p. Maktublar, asosan voqealar jarayonida yoziladi. Ular 
odamlarning  o‘zaro  muloqot  qilish  vositasidir.  Xatlar  odatda  kundaliklagar  
nisbatan      kengroq  funksiyalarni  bajaradi.  SHaxsiy  muqotaba  orqali  odamlar  
ma’lum  masalalar  bo‘yicha  fikr  almashib  oladilar.  Xatlarni  o‘qiganimizda  ko‘p 
voqealardan  xabardor  bo‘lamiz.  Muallifning  qiyofasi  va  dunyoqarashi  ko‘z 
o‘ngimizda  qiyofalanadi.  Masalan,  II-jaxon  urushi  frontlaridan  janchilarimiz 
yo‘llagan  maktublarda  urushning  dahshatli  manzaralari,  soldat  va  ofitserlarning 
og‘ir turmushi o‘z aksini topgan. 
      Xulosa qilib shuni aytish  mumkinki, sovet davri tarixi bo‘yicha nixoyatda boy 
va xilma-xil  manbalar mavjuddir. Bu manbalarning ko‘pi sotsialistik mafkura ruxi 
bilan yo‘g‘rilgan bo‘lsada, ularni tanqidiy ruxda tahlil etish bu davr tarixining real 
manzarasini yaratish imkoniyatini beradi.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


46 
 
 

Yüklə 2,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   242




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə