Manbashunoslik va tarixshunoslik



Yüklə 2,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/242
tarix05.04.2022
ölçüsü2,59 Mb.
#85071
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   242
Manbashunoslik va tarixshunoslik

3.
 
FOLKLOR  MANBALAR
.  Xalq  uzoq  asrlar  davomida  o‘zi  ortirgan 
tarixiy  bilimlarni  og‘zaki  ijod  orqali  avloddan-avlodga  etkazib  keldi.  Turli 
rivoyatlar,  asotirlar,  xalq  dostonlari  va  maqollarida  tarixning  u  yoki  bu  tomonlari 
o‘z aksini topdi. Taniqli rus tarixchisi B.D.Grekov yozganidek, rivoyat va asotirlar 
– «Bu xalqning o‘zi so‘zlab bergan tarixidir» (Kievskaya Rus. Moskva. 1953. s. 6). 
O‘rta  Osiyo  eng  qadimgi  xalqlarining  og‘zaki  ijodiyoti  namunalari  bizgacha 
«Avesto»  kitobi  orqali,  shuningdek  antik  tarixchilar  xamda  Tabariy,  Narshaxiy, 
Beruniy  va  boshqalar  asarlari  orqali  etib  keldi.  O‘rta  Osiyoda  istiqomat  qilgan 



 
qadimgi  qabila  va  elatlarning  rivoyatu  asotirlarlari  ularning  turmush  tarzi  va 
ma’naviy  dunyosi  xaqida  ma’lumot  beradi.  Qadimgi  ajdodlarimizning  ajnabiy 
bosqinchilarga  qarshi  olib  borgan  kurashlari  to‘g‘risida  hikoya  qiladi.  Bu  rivoyat 
va ertaklarda malika To‘maris, cho‘pon SHiroq, baxodirlar Rustam va Siyovushlar 
obrazini  yaratdi.  Ularning  Vatan  ozodligi  yo‘lidagi  fidokorona  kurashlarini  
tarannum  etdi.  Xalq  afsonalari  Abulqosim  Firdavsiyning  mashhur  «SHoxnoma» 
asarining syujetini tashkil etdi.  
O‘rta asrlarda o‘zbek xalqi ijod qilgan epik dostonlar, ertaklar va qo‘shiqlar, 
maqol va topishmoqlar xalq tarixini, uning ruhiyati va ma’naviyati tadqiq 
etishda muhim ahamiyatga egadir. Lekin shuni ham ta’kidlab o‘tish lozimki, 
folklor manbalari aniq tarixiy manba sifatida qabul qilinishi mumkin emas. 
Buning asosiy sababi shuki, rivoyatlarda ko‘p xronologik chalkashliklar mavjud 
xamda tarixiy shaxslarning faoliyat ko‘rsatgan davri o‘zgarib turadi. Folklor  
shunday janrki, unda so‘zlovchi voqealar syujetini o‘zi hohlagan tarzda 
o‘zgartirishi mumkin. SHuning uchun folklor materiallaridan faqat qo‘shimcha 
tarixiy manba sifatida foydalanish maqsadga muvofiqdir. 

Yüklə 2,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   242




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə