Manbashunoslik va tarixshunoslik



Yüklə 2,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/242
tarix05.04.2022
ölçüsü2,59 Mb.
#85071
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   242
Manbashunoslik va tarixshunoslik

III.GLOSSARIY
 
 
Avorizot – favqo‘loddagi xarajatlar uchun to‘planadigan yig‘im. 
Avqof – masjid va madrasalarning vaqf xo‘jaligi bilan shug‘ullanuvchi. 
Ajam – arab halqlari va mamlakatlaridan o‘zga yurt va xalqlar. 
Azarxurra – otashparastlar sig‘inadigan muqaddas olov, o‘t. 
Ayl – Amir Temur asqariy qismlarining o‘n nafarli bo‘linmasi. 
Aylboshi - o‘n nafarli askariy bo‘linmaning kichik zobiti askarboshi. 
Akkor – koranda, qishloqning ziroatkor aholisi. 
Amid ul-mulk – davlat hujjatlari va elchilik aloqalari vaziri. 
Amir ul-umaro – amirlar amiri, bosh sarkarda. 
Animizm – ruh va jonga ishonish; ota – bobolar ruhiga sig‘inish. 
Ariz – Qo‘shin ta’minoti bilan shug‘ullanuvchi vazir. 
Ark – ichki qal’a, hukmdorning shahar ichidagi qo‘rg‘on – saroyi, qarorgoxi. 
Arkbegi – podsho qarorgohining boshqaruvchisi. 
Atrabon – otashparastlik ibodatxonasining ruhoniysi, otashgoh xizmatchisi. 
Axriman  –  zardushtiylik  dinining  zulmat,  ochlik,  urush,  o‘lim,  gunoh  va  barcha 
yovo‘zliklar. 
Axuramazda  -  zardushtiylik  dinining  bosh  tangrisi,  yorug‘lik,  farovonlik,  sihat  – 
salomatlik, tinchlik va barcha ezguliklar xudosi. 
Band – Toshlardan bino qilingan suv omborining to‘g‘oni; suv ombori; to‘g‘on. 
Banno – g‘isht teruvchi binokor. 
Bantak – qo‘l. 
Barzikor – qo‘shchi, ziroatkor, qishloqning mexnatkash aholisi. 
Barid – kirim. 
Barot - ijaraga olish. 
Bek – el-yurt, viloyat hokimi. 
Begor – jamoat ishlariga safarbar etish; hashar. 
Biy – urug‘ qabila oqsoqoli. 
Boj – savdogarlardan olinadigan soliq. 
Borgoh – podshoh saroyidagi qasr, qabulxona. 
Bosqoq – mug‘ullar hokimlik qilgan XIII-XIV asrlardagi mahalliy hokim. 
Burong‘or – qo‘shinning o‘ng qanoti. 
Burj – shahar va  qal’a devorlari va minoralari. 
Burg‘u – karnay. 
Bo‘dun – chorvador aholi; qora bo‘dun – qora, oddiy xalq. 
Vazir – devonxona boshlig‘i. 
Vazkirom – soliq yig‘uvchi, moliya xodimi. 
Vag‘n – ibodatxona. 
Vag‘npat – ibodatxona ruxoniysi. 
Vag‘nze – ibodatxona er va mulklari. 
Visoqboshi – to‘rt nafarli askariy guruh boshlig‘i; chodir boshlig‘i. 
Dapirpat – kotib, elchi, sarkotib. 
Debo – tovlanuvchi nafis ipak mato. 


61 
 
Devon – vazirlar mahkamasi. 
Devonbegi – vazirlar mahkamasining bosh ma’muri. 
Dehnishin – o‘troq, qishloq aholisi. 
Dehqon – ilk o‘rta asrlarda “qishloq hokimi”, er egasi. 
Digir  –  charxparrak  va  chiqirlarga  ariqdan  yoki  chiqir  xandakdan  suv  botirgich 
ko‘za. 
Dinor – bir misqol (4,8gr) og‘irlikda zarb jtilgan oltin yoki kumush tanga. 
Dovul – katta nog‘ora. 
Dorug‘a – harbiy ma’mur. 
Dorug‘ona – dorug‘alar foydasiga olinadigan to‘lov(soliq). 
Dudang – hosilning oltidan ikki hisobida olinadigan dehqonchilik solig‘i. 
Do‘lob – charxparrak; quduqdan suv chiqaradigan charx. 
YOm – jom, savdo yo‘llaridagi qo‘noq. 
Jiz’ya- islom diniga o‘tmaganlardan olinadigan jonboshi solig‘i. 
Jome’ – masjid – juma kunlari jamoat nomozi o‘qiladigan katta masjid. 
Joriya – cho‘ri. 
Juvong‘or – qo‘shinining so‘l qanoti. 
Juybon – suv taqsimlovchi mirob. 
Zobitona – kirimni hisoblovchi moliya xodimi uchun olinadigan to‘lov (soliq). 
Zakot – chorvadan olinadigan soliq; to‘plangan boylikdan daromad solig‘i. 
Zarbxona – chaqa va tangalar zarb etiladigan ustaxona. 
Izofa – zahira qism. 
Ilmi aro‘z – poetika. 
Ilm hay’at – astronomiya. 
Ixshid – ilk o‘rta asr viloyat hokimi, xon yoki amir avlodlari. 
Iqto’,iqta’ – yirik mansabdorga hadya etilgan er va mulk. 
Kadivar  –  ilk  o‘rta  asrlarda  yirik  er  egalariga  qaram  bo‘lgan  ziroatkor  qishloq 
aholisi; chorikor. 
Kay yoki kava – pahlavon, botir yo‘lboshchi (hukmdor). 
Kalavachi – ip yigiruvchi. 
Kalon – XIII asrdagi er solig‘i. 
Kanbul – qo‘riqchi askariy bo‘lima. 
Karbos – bo‘z; paxta ipidan to‘qilgan mato. 
Kashovarz – ilk o‘rta asrlardagi ozod qo‘shchi, ziroatkor. 
Kahhol – ko‘z tabibi. 
Keshik -   XIII asrda mug‘ullar qo‘shinidagi zahira qism; gvardiya, guruh. 
Kibor – aslzoda ulug‘ kishilar. 
Koriz – er osti suv inshooti. 
Korikor – xizmatkor. 
Kofiya – arab tili morfologiyasi. 
Koshin – sirli, rangdor, qurilishdagi sopol bezak. 
Koh – saroy, ichki qal’a, ark, o‘rda. 
Kohin – ibodatxona xizmatchisi. 
Koroplastika – ma’budalarning sopol haykalchalari. 


62 
 
Kuhandiz – hukumdor qarorgohi, akropol, poytaxt. 
Ko‘ragon – xon kuyovi. 
Ko‘shk – istehkomli baland qo‘rg‘on. 
Labirint – tanbur, dalon, darvoza oldi istehkomi (adashtiruvchi yo‘lak). 
Lavh – yozuv taxtasi, yozuv kursichasi, yoki kursi. 
Lak – yuz ming. 
Lahm – er osti yo‘li. 
Loyqoq – sel loyqalari qoplangan maydon. 
Madrasa – oliy diniy imgoh. 
Majus – otashparast. 
Majusiy – otashparastlik dindori. 
Manglay – ilg‘or guruh. 
Mesh – suv yoki qimiz olib yuradigan teri xalta yoki to‘rva, sanoch. 
Mirixazora – minglik harbiy bo‘linmaning amiri (sardori). 
Mirob – suv xo‘jaligi boshqaruvchisi. 
Mirobona – suv solig‘i. 
Mirrix – Zardo‘shtiylardagi urush, jang va g‘alaba tangrisi. 
Moi sardaraxt – bog‘ va daraxtzorlardan olinadigan soliq. 
Mo‘zoriy – qo‘shchi, ziroatkor, ekin ekuvchi. 
Mulk - hususiy er. 
Mulki  vaqf  –  madrasa  va  masjidlar  tasarrufidagi  er-mulk,  xayrli  ishlar  uchun 
ajratilgan mol – mulk. 
Mulki devoniy – davlat erlari. 
Mamlakai xos – davlat mulklari. 
Musallas – o‘zum yoki mayizdan tayyorlangan shirin sharob, may, xaoma. 
Mustafiy – markaziy hokimyat devonxonasi daftardor hisobchisi; moliya vaziri. 
Muxassilona – soliq yig‘uvchilar uchun to‘lov. 
Muhrkash – chit va matolarga gul bosuvchi. 
Muxtasib – tosh – tarozu, narx – navo va mafkura nazoratchisi. 
Mushrif – saroy ish boshqaruvchisi. 
Muqto’ yoki iqtidor – iqto’ er va mulklariga ega bo‘lgan er egasi. 
Muhoraba (mahoraba) – jang, urush, harbiy to‘qnashuv. 
Muhrdor – devonxonaning muhr saqlovchisi; muhr bosuvchi, muhr sohibi. 
Naus – otashparastlar xilxonasi, ostadonlar saqlanadigan mozor-qo‘rg‘on. 
Naf – shahar va qishloq aholisi. 
Naftandoz – neftli va pilikli ko‘zachalarni irg‘itadigan palaxmon, harbiy moslama. 
Namozgoh – iyd ibodatlari o‘qiladigan masjid; iydgoh. 
Nova (nov) – suv tashlag‘ich tarnov; suv tashlag‘ich. 
Nohid – Zardo‘shtiylardagi hosildorlik va farovonlik ma’budasi. 
Ostadon (ossuariy) – sopol tobutcha. 
Otashgoh – muqaddas o‘choq; o‘txona, olovxona. 
Ohangar – temirchi. 
Payza – Mug‘ullar davrida imtiyozli shaxslarga beriladigan yorliq. 
Paykon – kamon o‘qi yoki nayzaning tosh, suyak yoki metalli uchi. 


63 
 
Palahmon – toshotar; harbiy qurol. 
Pandus – ko‘tarma yo‘l. 
Parchin – sirlangan rang–barang g‘isht parchalari. 
Poykor – kichik mirob; qishloq mirobi. 
Rabod – tashqi shahar, karvonsaroy. 
Rais – shahar hokimi. 
Ra’dandoz – o‘t otg‘ich; harbiy qurol. 
Riyoziyot – matematika. 
Savqo‘ljaysh – strategiya. 
Sadoq – o‘qdon. 
Sadoqxona – kamon va o‘qdonlar ombori. 
Sardoba (obdon) – pishiq g‘ishtdan qurilgan gumbazli hovo‘z; suvxona. 
Sarishumor – jonbosh solig‘i. 
Sarrojlik – egar va jabduq yasovchi ustaxona. 
Satrap – viloyat noibi (ahamoniylar va antik davr). 
Satrapiya – ma’muriy bo‘lim, viloyat (ahamoniylar va antik davr). 
Strateg – mudofaa va qo‘shin vaziri (antik davr). 
Saxronishin – sahroyi, tuyakash. 
Sohibqiron – kunchiqish va kunbotish egasi, jahon egasi, jahongir, adolat sohibi. 
Sohibi jamoa – xosil miqdorini belgilovchi ma’mur uchun yig‘iladigan to‘lov. 
Sohibi muayyid – maktubot va ahborot vaziri. 
Sohibi shurot – harbiy vazir. 
Suvoriy – otliq askar. 
Suyurg‘ol – oliy tabaqa zodagonlariga in’om qilingan er-mulk. 
Tavajjuhoti xorijiy – favqo‘loddagi xarajatlar solig‘i. 
Tamg‘a – savdo boji; savdogarlardan olinadigan soliq. 
Tanob – 200-250 kv m hajmdagi er maydoni. 
Tarbiyat ul-jaysh – harbiy taktika. 
Tirkash – kamondan o‘q o‘zadigan nishon tuynugi. 
Totem – urug‘ yoki qabila jamoalari sig‘inadigan hayvon, o‘simlik yoki jism. 
Totemizm – totemlarga sig‘inish. 
Toq yoki Tim – usti yopiq bozor va hunarmandchilik rastasi. 
Tudun – turk hoqonligining viloyat hokimliklaridagi vakili, viloyat hokimi. 
Tuman – o‘n minglik harbiy qism. 
Tuman og‘asi – o‘n minglik askariy qism amiri, qo‘mondon. 
Tug‘ro – davlat nishonasi, ramzi, gerb. 
Usturlob – astranomiya asbobi. 
Ushr – hosildan 10% hisobida olinadigan dehqonchilik solig‘i. 
Farmondor – boshqaruvchi. 
Farna – Zardo‘shtiylardagi baxt va tole xudosi. 
Fulus – mayda mis chaqa. 
Xabargir – xabarchi, ayg‘oqchi, kuzatuvchi. 
Xazora – minglik askariy bo‘linma. 
Xandaq – mudofaa inshooti, zovur. 


64 
 
Xaraju maraj – boshboshdoqlik, o‘zboshimchalik, beboshlik. 
Xatib – din peshvosi. 
Xattot – kitob va risolalar ko‘chiruvchi kotib. 
Xvabu – viloyat hokimi, yirik er egasi. 
Xvatov – hokim. 
Xiroj – hosilning 25-33% hisobida olinadigan qishloq xo‘jalik solig‘i; XV asrda bu 
soliq “mol”  deb yuritilgan. 
Xonashumor – har xonadondan olinadigan jonboshi solig‘i. 
Xonaqoh – g‘aribxona, musofirxona. 
Xonbandi (konbandi) – suv ombori, katta hovo‘z. 
Xoqon  yoki qog‘on – hukumdor, podsho. 
Xubbi – Zardo‘shtiylardagi suv xudosi, suv ma’budasi. 
Xushun – yuz nafarlik harbiy bo‘linma. 
Xushunboshi – yuzlik bo‘linma zobiti; 
CHilangar – temirchi. 
CHilangarlik – temirchilik.  
CHiqir – tuya yoki ho‘kiz qo‘shib aylantiriladigan suv ko‘targich inshoot. 
CHokar – harbiy drujina, ko‘ngillilar to‘dasi. 
CHokardiza – chokarlar qal’asi, turar joyi. 
CHorikor – hosildan 25% olish hisobiga ishlovchi yollanma qo‘shchi ziroatkor. 
CHohpar – o‘ra. 
SHayxulisom – din va ilm peshvosi. 
SHahriston – ichki shahar. 
SHod – O‘n minglik lashkar boshlig‘i. 
SHulen – XIII asrda olingan oziq-ovqat solig‘i. 
Eloq – kichik yurt, kichik mulk. 
Etnogenez – xalq va elatlarning kelib chiqishi. 
YAbg‘u yoki jabg‘u – el-yurt hokimi, mahalliy hokim. 
YAsovul – soqchi. 
YAsoqlar – CHingizxon joriy etgan qonun-qoidalar to‘plami. 
O‘lpon – er solig‘i. 
O‘rdugoh – qo‘shin lageri to‘xtaydigan qo‘noq; podsho qarorgohi. 
O‘tloq va suvloq – yaylovlardan olinadigan soliq. 
Qabo – ustki kiyim, yopinchiq. 
Qayr – daryo, anhor yoki shohariq bo‘ylaridagi tabiiy namli erlar. 
Qam – shaman, ko‘k tangriga sig‘inuvchilar e’tiqodi. 
Qasr – saroy, oliy va hashamatli bino. 
Qopchur – mug‘ullar davrida chorvadan olinadigan soliq. 
Qoraxon – buyuk xoqon. 
Qutvol – davlat qurilishi boshlig‘i, sarkori, qal’a va qo‘rg‘on soqchisi, 
qarorgoh nazoratchisi. 
Qo‘rg‘on,  qo‘rg‘oncha  –  airofi  baland  paxsa  devor  bilan  o‘ralgan  darvozali 
istehkom. 
Qo‘sh – bir juft xo‘kiz bilan haydaladigan er maydoni. 


65 
 
G‘ozi – din homiysi, din yo‘lida kurashuvchi. 
G‘oziy – g‘olib. 
G‘uvokor – savdogar (ilk o‘rta asrlar) 
G‘ul – muntazam qo‘shin. 
Haylboshi – suvoriylar amiri, o‘nlik amiri. 
Hojib – harbiy boshliq. 
Hojib ul-bo‘zruk – qo‘mondon 
Hojib ul-hujob – bosh qo‘mondon. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


66 
 
 
 
 
 
 

Yüklə 2,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   242




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə