|
Manbashunoslik va tarixshunoslikArab yozuvidagi (arab, fors turkiy tillardagi manbalar)Manbashunoslik va tarixshunoslikArab yozuvidagi (arab, fors turkiy tillardagi manbalar)
Arab yozuvidagi dastlabki manbalar tarixidan. Arab tilidagi yozma
manbalar: Qur’oni Karim va uning tafsirlari; hadislar va ularning sharhlari;
Muhammad payg‘ambar va xalifalar hayotiga oid asarlar. Fiqhga oid manbalar.
Arab tilida yozilgan turli fan sohalariga oid manbalar (filologiya, lug‘atlar,
filosofiya, meditsina, geografiya). Arab tilidagi tarixiy asarlar (al-Madoiniy,
Tabariy, al-Balazuriy, al-YA’qubiy, Beruniy asarlari). Fanlar tasnifiga oid asarlar
(Ibn an-Nadim, Abu Abdulloh al-Xorazmiy). IX-XIII asrlar davomida arab tilidagi
manbalarning ko‘payishi. Forsiy tilda arab yozuvida yozilgan dastlabki manbalar.
Arab yozuviga o‘tish bosqichlari. Forsiy matnlardagi xat turlari. Xattotlik kasb
sifatida. Forsiy yozma merosning ko‘payib borishi. Eng qadimgi forsiy
qo‘lyozmalar (islomga oid manbalar; turli fan sohalariga oid asarlar). Bizgacha etib
kelgan forsiy yozma meros haqida (Tarjimayi “Tarixi Tabariy”, Hudud-ul-olam,
Jahonnoma, “Zayn-ul-axbor” Gardiziy asari; Firdavsiy “SHohnoma”).
Arab
yozuvidagi turkiy yozma meros. Turkiy yozma merosning ko‘lami. Turkiy
tillardagi yozma merosning shakl jihatdan tarkibi; nazmda yozilgan asarlar,
islomga oid asarlar, tarjima asarlar (arab va forsiy tillardan), sharhlar. Arab
yozuvidagi turkiy qo‘lyozma asarlarning miqdoriy ko‘rsatkichlari (jahon
qo‘lyozma xazinalaridagi salmog‘i). Turkiy qo‘lyozmalarning mazmuniy tarkibi:
tarix, xronologiya, yozishmalar, biografiya, shajara, geografiya, bibliografiya,
astronomiya, ensiklopediya, meditsina, falsafa, etika, matematika. Arab yozuvidagi
turkiy qo‘lyozmalarning tashqi belgilariga qarab bo‘linishi. Turkiy qo‘lyozmalar ─
“Qutadg‘u bilik”, “Tarixi muluki ajam”, Qur’on tafsirlari, “Qisasi Rabg‘uziy”,
“SHayboniynoma”, “Tavorixi guzida” asarlari.
Dostları ilə paylaş: |
|
|