Manbashunoslik va tarixshunoslik



Yüklə 2,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/242
tarix05.04.2022
ölçüsü2,59 Mb.
#85071
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   242
Manbashunoslik va tarixshunoslik

7.
 
YOZMA  MANBALAR
.    YOzma  manbalar  tarixiy  manbalarning  muhim 
va  asosiy  qismi  hisoblanadi.  O‘rta  Osiyoda  miloddan  avvalgi  1  ming  yillikda 
dastlab oromiy yozuvlari, so‘ngra asoslangan so‘g‘d, xorazm va baqtriya yozuvlari 
tarqaldi. Keyinchalik bu mintaqada yunon, kushon, turk va arab yozuvlari yoyildi. 
Qadimgi  Fors,  So‘g‘d,  Xorazm,  Qadimgi  turk,  fors-tojik,  eski  o‘zbek,  rus  va 
boshqa tillarda bitilgan yozma manbalar ko‘p asrlik tariximizni o‘rganishda muxim 
rol  o‘ynaydi.  YOzma  manbalar  qoyalarga,  taxta  va  matolarga,  pergament  va 
qog‘ozlarga  yozilgan  bitiklardan  iborat.  YOzma  manbalar  davrlar  bo‘yicha 
nixoyatda  notekis  bo‘lingandir.  Eng  qadimgi  davrlar  bo‘yicha  yozma  manbalar 
nixoyatda  oz  bo‘lib,  keyingi  asrlarga  oid  manblar  esa  tobora  ko‘payib  boradi. 
YOzma  manbalarning  katta  qismi  son-sanoqsiz  jangu  jadallar  va  tabiiy  ofatlar 
natijasida nobud bo‘ldi.   
  Bizgacha  etib  kelgan    tarixiy  manbalarning  asosiy  qismi  milodiy  X-XX 
asrlarga  mansubdir.  XIX  asrning  oxiri  –  XX  asrning  boshlaridan  yozma 
manbalarning miqdori keskin oshib bordi. Xozirgi kunga kelib yozma xujjatlar shu 
darajada  ko‘payib  ketdiki,  ularni  unifikatsiya  qilish,  axborotni  kodlashtirish, 
xujjatlarni saralash va saqlash yo‘llarini takomillashtirish extiyoji tug‘ildi.  
   Tarixiy  manbalarni  7  ta  guruhga  bo‘lish  shartli  xarakterga  egadir.  Masalan, 
etnografik,  folklor  va  lingvistik  manbalar  yozma  shaklda  yoki  fotoxujjat  shaklida 
bo‘lishi  mumkin.  Bundan  tashqari,  yuqorida  ko‘rsatib  o‘tilgan  tarixiy  manbalar 
guruhi o‘z navbatida yana kichikroq guruhlarga bo‘linishi mumkin. 
 

Yüklə 2,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   242




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə