Manbashunoslik va tarixshunoslik



Yüklə 2,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/242
tarix05.04.2022
ölçüsü2,59 Mb.
#85071
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   242
Manbashunoslik va tarixshunoslik

2.
 
Manbashunoslik fanining maqsad va vazifalari

Manbashunoslik  tarix  fanining  sho‘‘basi  bo‘lib,  asosan  yozma  manbalarni 
o‘rganish  va  ulardan  foydalanishning  nazariyasi  va  uslubiyotini  ishlab  chiqadi. 
Manbashunoslik  tarixiy  manbalarni  aniqlash,  ularni  turkumlash,  manbalar  qachon 
va  qaerda  vujudga  kelganligini,  kim  tomonidan  va  nima  maqsadda  yozilganligini, 
manbalardagi 
ma’lumotlarning  to‘g‘riligi  va  to‘laligini  aniqlash  bilan 
shug‘ullanadi.  Manbashunoslik    tarix  fanining  bir  qator  yordamchi  soxalari, 
jumladan  polegrafik,  diplomatika,  geraldika,  sfragistika,  epigrafika,  arxeografiya, 
numizmatika,  metrologiya  va  xronologiya  singari  fanlarning  qo‘lga  kiritgan 
yutuqlariga tayanadi. 
Xozirgi  kunga  qadar  xilma-xil  yozma  tarixiy  manbalarni  klassifikatsiya  qilish, 
ya’ni  turkumlashning  yagona  tizimi  ishlab  chiqilganicha  yo‘q.  Tadqiqotchilar 
orasida  manbalarni  ularning  kelib  chiqishi,  mazmuni  turi  va  xiliga  qarab 
turkumlash  odat  tusiga  kirgan.  YOzma  tarixiy  manbalarni  ko‘p  xollarda  ularning 
turi  va xiliga qarab turkumlashadi.  YOzma  manbalarning  xar bir turi  ma’lum bir 
mazmun va yo‘nalishdagi xujjatlarni birlashtiradi. Masalan, qonunlar to‘plami, ish 
yuritish  xujjatlari,  solnomalar,  statistik  ma’lumotlar,  tarixiy  asarlar,  esdaliklar, 



 
matbuot  materiallari,  kundaliklar,  maktublar  va  xokazo.  Manbalarning  xar  bir  turi 
o‘z  navbatida  aloxida  xillarga  bo‘linishi  mumkin.  Masalan,  qonunlar  to‘plami 
odatda  quyidagi  xujjatlar  xillarini  o‘z  ichiga  oladi:  konstitutsiyalar,  qonunlar 
majmuasi,  davlat,  oliy  organi  qarorlari,  harbiy  ustavlar,  xalqaro  shartnomalar  va 
xakazo.  
YOzma  manbalarni  ilmiy  asosda  taxlil  etish  ularning  kelib  chiqishini,  shakli, 
mazmuni,  to‘liqligi  darajasini,  ularda  keltirilgan  ma’lumotlarning  to‘g‘riligini  va 
ishonarligini aniqlash taqazo etadi. Manbalarning ilmiy tahlili eng avvalo ularning 
tashqi belgilariga qarab tahlil qilishni talab qiladi. Bunday tahlildan asosiy maqsad 
manbaning  kelib  chiqishini  aniqlashdan  iboratdir.  Tarixiy  manbani  ichki 
belgilariga  qarab  tahlil  etish  esa  uning  mazmunini,  bu  manbadagi  faktlarning 
tarixiy  xaqiqatga  mos  kelishi  yoki  kelmasligini  aniqlashni,  shu  asosda  mazkur 
manbadan  ilmiy  maqsadlarda  foydalanish  mumkinligini  yoki  mumkin  emasligini  
aniqlashni  taqozo  etadi.  Biron-bir  tarixiy  manbaning  ilmiy  taxlili  uning 
xaqiqiyligini  aniqlashdan  boshlanadi.  Buning  uchun  tarixiy  manbaning  tashqi 
xususiyatlari  (yozuvning  materiali,  siyox,  bezaklar)  xamda  unda  keltirilgan 
xronologik va metrologik ma’lumotlarni, til xususiyatlarini, manbada tilga olingan 
tarixiy  voqealar,  shaxslar  va  jo‘g‘rofiy  atamalarni  taxlil  etish  kerak.  Qo‘yilgan 
maqsadga  erishish  uchun  boshqa  ko‘makchi  tarix  fanlari  –  paleografiya, 
metrologiya,  toponimika  va  xokazo  ma’lumotlaridan  foydalanish  zarur  bo‘ladi.  
Demak,  manbaning  xaqiqiyligini  aniqlash  uchun  uning  barcha  xususiyatlarini 
xisobga  olish  kerak.    Manbaning  xaqiqiyligi  aniqlangandan  so‘ng  mazkur 
qo‘lyozma  yoki  asar  tarixiy  xujjatning  asl  nusxasi  yoki  ko‘chirma  nusxasi 
ekanligini  bilish  zarur.  Agar  qo‘limizdagi  asar  ko‘chirma  bo‘lsa,  biz  uni  qachon 
qaerda  va  kim  tomonidan  ko‘chirilganligini,  bu  ko‘chirma  nusxa  manbaning  asl 
nusxasiga  to‘g‘ri  kelishi  yoki  kelmasligini  bilishimiz  lozim.    SHundan  so‘ng 
manbaning matnini o‘qish kerak bo‘ladi.  
 Buning uchun tadqiqotchi maxsus paleografik bitimlarga ega bo‘lishi zarur.  
 Tarixiy  manbalar  bilan  ishlashning  muhim  shartlaridan  bir  –  bu  ularning 
yaratilishi sanasini aniqlashdir. Tarixiy manbalarning aksariyati ularning yaratilishi 
sanasi  ko‘rsatiladi.  Lekin  ularning  ayrimlarida  (ayniqsa  to‘liq  bo‘lmagan 
qo‘lyozmalarda)  manbaning  yaratilish  sanasi  zikr  etilgan  voqealar  va  shaxslar, 
xronologik  ma’lumotlar  asosida  mazkur  asar  yoki  xujjatning  yozilgan  sanasi 
aniqlanadi.  Xuddi  shunday  yo‘l  bilan  manbaning  yozilgan  sanasini  aniqlash 
mumkin bo‘ladi.  
 Tadqiqotchining  keyingi  vazifasi  –  tarixiy  manba  muallifining  ismi-sharifini 
aniqlashdir.  Odatda  tarixiy  manbalarda  muallifning  nomi  eslatib  o‘tiladi.    Ba’zi 
xollarda  esa  uning  ismi-sharifi  zikr  etilmasligi  ham  mumkin.    Bunday  xollarda 
manbani  diqqat  bilan  o‘qish,  uning  mafkuraviy  mazmunini,  matn  xususiyatlarini 
yaxshi  bilish  muallif  xususida  ma’lum  tasavvurlar  berishi  mumkin.  Muallifning 
shaxsini  aniqlash  manbaning  yaratilishi  tarixini,  uning  yozilishiga  sabab  bo‘lgan 
ijtimoiy-siyosiy muxitni aniqlash uchun ham zarurdir. 
 Xar  qanday  tarixiy  manbaning  qiymati  unda  bayon  etilgan  voqealarning 
to‘g‘riligi va faktlarning ob’ektivligi bilan belgilanadi. Ayrim manbalar mualliflari 



 
o‘zlarining  ijtimoiy  axvoli  yoki  boshqa  sabablarga  ko‘ra  o‘zlari  keltirgan  tarixiy 
faktlardan  to‘g‘ri  xulosa  chiqarmaydilar.  Bunday  manbashunos-tadqiqotchi 
muallifning  xulosalarini  tanqidiy  taxlil  etishi  va  o‘zining  ilmiy  asoslangan 
fikrlarini  ilgari  surishi  kerak.  Masalan,  Temuriylar  davrida  yashagan  va  ularning 
saxovatidan baxramand bo‘lgan Mirxond o‘zining «Razvat us-safo» nomli asarida 
Samarqanddagi  1365  yilgi  sarbadorlar  qo‘zg‘oloniga  salbiy  baxo  berib,  ularni 
sarkashlik va yovuzlikda ayblaydi. Bunday xulosani ob’ektiv baxo deb bo‘lmaydi, 
albatta.  YOki  Buxoroning  so‘nggi  amiri  Sayyid  Olimxonning  «Buxoro  xalqining 
xasrati  tarixi»  nomli  esdaliklarini  olaylik.  Muallif  mazkur  esdaliklarda  o‘zini 
xukmdor sifatida qilgan ishlarini maqtaydi. Vaxolanki bu amir maqtovga arzigulik 
ishlarni  amalga  oshirgani  yo‘q.  Demak,  tadqiqotchilar  tarixiy  manba 
mualliflarining ijtimoiy kelib chiqishlarining xisobga olgan xolda, ularning fikr va 
xulosalariga tanqidiy ruhda yondashishlari kerak bo‘ladi. 
  Tarixiy  manbalarning  to‘liqligi,  aniqligi,  ishonchliligi  ko‘p  xollarda 
muallifning  voqealardan  qay  darajada  xabardorligiga,  uning  konkret  tarixiy 
ma’lumotlarni  yig‘ishi  va  qayta  ishlashi  uslublariga  bog‘liqdir.  SHu  boisdan 
muallifning  axborot  manbalarini  aniqlash,  uning  xizmati,  joyi  va  ijtimoiy 
xolatini xisobga olish, fikr yuritish qobilyatiga baho berish zarur. Muallif tarixiy 
voqelarning  guvohi  yoki  ishtirokchisi  bo‘lsa  yoki  ma’lumotlarni  ishonchli 
manbalardan  olgan  bo‘lsa,  uning  asarining  ilmiy  ahamiyati  yuqori  bo‘ladi. 
Ba’zan  muallif  o‘z  fikrini  ochiq  bayon  qilmaydi.  Ma’lum  sabablarga  ko‘ra  o‘z 
fikrini  pardali  va  istiorali  iboralar  orasiga  yashiradi.  Bu  mumkin  bo‘lgan 
tarkiblardan  omon  qolish  yoki  senzuraning  mavjudligi  bilan  bog‘liq  bo‘lish 
mumkin.  Bunday  xollarda  tadqiqotchi  manbadagi  pinxona  mazmunni  oshkor 
qilishga intilmog‘i zarur.  
   SHuni  ham  yodda  tutish  lozimki,  biron-bir  ilmiy  muammoni    tadqiq  etishda 
bir  emas,  bir  necha  turli  xarakterdagi  tarixiy  manbalarga  tayanmoq  maqsadga 
muvofiqdir.  Qancha  ko‘p  tarixiy  manbalardan  foydalanilsa,  ilmiy  asarning 
qiymati  shuncha  yuqori  bo‘ladi.  Ilmiy  faktlar  sistemasi  esa  o‘rganilayotgan 
xodisa  va jarayonlarning  ichki  mohiyatini  anglab etishga, tarixiy taraqqiyotning 
asosiy tendensiyalarini aniqlashga yordam beradi.  
    Manbashunoslik  fani  turli  manbalardagi  faktlarni  bir  tizimga  solish,  ularni 
qayta  ishlash  va  taxlil  etishning  xilma-xil  usullarini  ishlab  chiqadi.  Bu  usullar 
(metodlar) bilan biz keyingi ma’ruzalar jarayonida tanishib boramiz. Faqat shuni  
ta’kidlab o‘tmoqchimizki, so‘nggi yillarda manbalarni tadqiq etishning bir necha 
xozirgi  zamon  usullari  vujudga  keldi.  Bu  matematik  usullar,  kompyuterlardan 
foydalanish  va  boshqa  usullardir.  Xilma-xil  metodlardan  oqilona  foydalanish 
manbalarni  chuqur  o‘rganishga  va  shu  asosda  teran  ilmiy  konsepsiyalar 
yaratishga yordam beradi.  
 
 

Yüklə 2,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   242




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə