Mustaqillik davriga oid boshqa manbalar. O‘zbekiston tarixi, xususan mustaqilik davri tarixini o‘rganishda prezident I.A.
Karimovning asarlari nafaqat metodologik asos balki asosiy manbalaridan biri
bo‘lib xizmat qiladi. I.A.Karimovning kitoblari, nutq va ma’ruzalarida
respublikamiz taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlari turli soxalarda erishgan
yutuqlari va yo‘l qo‘ygan kamchiliklari, mavjud muammolar va ularni echish
yo‘llari o‘z aksini topgan. Prezident asarlari respublikamiz xalq xo‘jaligi
taraqqiyoti, siyosiy va ijtimoiy xayotiga doir boy materiallar, ishonchli fakt va
raqamlar mavjud.
Xalq xo‘jaligining ayrim sohalari rivojlanishiga doir ma’lumotlar respublika
vazirliklariga tegishli xujjatlarda, «O‘zistiqbolstat» bosh boshqarmasi to‘plagan
materiallarda o‘z aksini topgan. Mazkur manbalardagi fakt va raqamlarni
sinchkovlik bilan o‘rganish, ularni taqqoslash, boshqa manbalar bilan solishtirish
respublikamizning iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyoti tendensiyalarini aniqlash
imkoniyatini beradi.
O‘zbekiston Respublikasida sodir bo‘layotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni
o‘rganish uchun mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan siyosiy partiyalar va
jamoat tashkilotlarining xujjatlari muxum rol o‘ynaydi. XDP, «Fidokorlar»,
«Vatan taraqiyoti», «Adolat», «O‘zLDP» kabi partiyalarning xarakatlari va
darsturlari, ularning maromnomalari, quriltoy va boshqa anjumanlarda qabul
qilingan rezolyusiya va qarorlari ularning o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va faoliyati
yo‘nalishi xaqida respublikamizning ijtimoiy-siyosiy xayotida tutgan o‘rni
to‘g‘risida xulosalar chiqarish imkoniyatni beradi. Kasaba uyushmalari,
«Kamolot» yoshlar jamg‘armasi, kasbiy va ijodiy uyushmalar xujjat va materiallari
mamlakatdagi ijtimoiy jarayonlar to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar beradi.
Mustaqillik davri matbuot saxifalarida xam o‘z aksini topgan. Informatsiya
zamoni bo‘lgan xozirgi davrda jamiyatda sodir bo‘layotgan barcha o‘zgarishlar
gazeta va jurnallarda o‘z ifodasini topgan. Mustaqillikka erishgandan so‘ng,
O‘zbekistonda matbuot organlarining soni keskin ko‘paydi. Sovet davrida tashkil
etilgan gazeta va jurnallar bilan bir qatorda «Xalq so‘zi», «Narodnoe slovo»,
«Jamiyat va boshqaruv», «Oila va jamiyat». «Fidokor», «Adolat»,
«Andijonnoma», «Iqtisodiyot va hayot» singari o‘nlab yangi nashrlar chiqa
boshladi. Gazeta va jurnalarda ijtimoiy xayotning turli qirralari o‘z aksini
topmoqda. SHunday ekan, mustaqqillik davri tarixini o‘rganishda davriy matbuot
materiallaridan keng foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ammo gazeta va
48
jurnallarda e’lon qilingan materiallar, fakt va raqamlarni boshqa manbalardagi
ma’lumotlar bilan taqqoslash foydadan xoli emas.