Maqsad: a ta'limiymaqsadi


d) Shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari



Yüklə 2,94 Mb.
səhifə18/46
tarix23.09.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#123536
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   46
5 - sinf uchun konspekt www.sadikov.uz

d) Shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari: Tikuv mashinada ishlash qoidalari. Mashinada ipsiz tikish.Mashinaga ip o’tkazish.Biriktiruvchi,ziy choklarini tika oladi.
Dars turi: nazariy,amaliy
Dars metodi: guruhlarga bo’lib
Dars jihozi: 1) metodik qo’llanmalar, tikiv mashinasi
2) gazlamalardan namunalar , qaychi, igna, ip.
Darsni borishi:1) Tashkiliy qism. a) salomlashish , davomat, tozalik, darsga tayyor ligini tekshirish.b) uy vazifa va amaliy ish uchun jihozlrni tekshirish.
2)O’tilgan mavzularni yodga solish:
1) mashinani ishga qanday tayyorlaymiz?
2)mashinada nima uchun ipsiz tikiladi?
3)Yangi mavzu bayoni:
Tikuv mashinasida ishlash qoidalari.
1. Mashinani ishga tayyorlash. Mashinaning moylarini artib, tepkisini
ko'tarib, ustki va ostki iplarini o'tkazib, baxya uzunligi to'g'rilab qo'yiladi.

  1. Ishni boshlash. Gazlamani tepki tagiga qo'yib, igna tushiriladi. Ipning oxirini ushlab, tepki tushiriladi va ish boshlanadi.

  2. Ishni bajarish. Belgilangan joydan baxyaqator tikish (gazlamani tortish yoki surish mumkin emas).

  3. Ishni tugatish. Ignani, tepkini ko'tarib, gazlamani chap qo'l bilan tortib, ipni 10-15 sm qoldirib uziladi. Tepkining tagiga bir bo'lak gazlama qo'yib, tepki­ni tushirib qo'yiladi. Mashina ignasini ham pastki holatga tushirib qo'yiladi.

Mashinada ipsiz tikish. Asbob va materiallar: tikuv mashinasi, ipsiz tikish uchun gazlama bo'lagi yoki qog'oz, chizg'ich, qalam.

  1. Gazlama bo'lagi yoki qog'ozga chizg'ich yordamida orasi 2 sm ga teng bo'lgan parallel chiziqlar o'tkaziladi.

  2. Mashinaning moylarini artib, tepkisi ko'tarib qo'yiladi.

  3. Gazlamani yoki qog'ozni tepki tagiga qo'yib, igna so'ngra tepki tushiriladi va tikish boshlanadi.

  4. Parallel chiziqlar bo'ylab baxyaqator tikiladi. Bunda choklarning to'g'ri bo'lishiga e'tibor beriladi.

  5. Ignani, tepkini ko'tarib, gazlamani yoki qog'ozni chap qo'l bilan tortib, tepki va igna tu­shirib qo'yiladi.


Ustki ipni o'tkazish

  1. Mashinani ish holatga keltirib, ignasi yuqoriga ko'tariladi (ignaning ariqchasi ichkari o'ng tomonda turishi kerak).

  2. Ipli g'altak maxsus ustunchaga o'rnatiladi va ip yo'naltirgich -1 orqali o'tkaziladi.

  3. Ustki ipni rostlovchi ikki tarelkacha - 2 orasidan va moslovchi prujina - 3 orqali o'tkaziladi.

  4. Ip tortgich teshikchasi - 4 orqali o'tkazilib, yon qopqoqdagi ip yo'li - 5 bilan, igna ustunidagi ip yo'liga - 6 (ilgakdan) o'tkaziladi.

  5. Ip igna teshigiga ip yo'li orqali - 7 ignaning ariqchasi tomonidan o'tkaziladi, ipning ortiqcha uchi 10-15 sm bo'ladi.


Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə