49
Proteinlar me‟yordan ko„p organizmga tushsa,
energiya manbai sifatida
foydalaniladi.
Azotsiz moddalar –
o„simlik ozuqalarning asosiy qismini tashkil qiladi.
Azotsiz moddalarning fiziologik vazifasi modda almashinuvi jarayonlarini energiya
bilan, yog„lar shaklida organizmlarni qurilish moddasi bilan ta‟minlashdan iborat.
Ozuqa azotsiz moddalari uglevodlar va yog„larga bo„linadi.
Yog„lar va lipidlar tabiatda trigliserid va yog„ kislotalaridan iborat. Ular
hujayra membranasi va kobig„ining tarkibiy qismi hisoblanadi,
hamda hujayraga
tuyimli moddalarni kirishi va qoldiqni chiqarish vazifasini bajaradi.
Yog„lar asosiy energiya manbai bo„lib uglevodlarga nisbatan 2,25 marta
yuqori turadi.
O‟simlik moylari triolein va gleseridlardan, ular xona haroratida suyuq bo„lib
10-15 ºS qotib qoladi.
Oziqalarda yog„lar turli miqdorda uchraydi: urug„ va donda poyaga nisbatan
ko„proq bo„ladi; ildiz va tuganak mevalarda yog„ qariyib yo„q; boshoqli donlarda
1-2%, makkajo„xori va sulida 5-6%, yog„li ekinlar donida 30-40% tashkil etadi.
Yog„lardan tashqari lipidlar-fosfatidlar(lesitin), fitosterinlar o„simlik va
holesterin hayvon yog„larida uchraydi.
Hayvon tanasida yog„ 3-4% dan 40-50% tashkil etadi.
Oziqa oqsili va uglevodidan har bir hayvonga xos yog„ hosil bo„ladi, o„simlik
moyi va baliq yog„idan esa hayvonning o„ziga xos bo„lmagan, o„simlik moyi
xususiyatlariga ega yog„ hosil bo„ladi. Shu boisdan hayvon mahsulotlarining sifati
oziqalar tarkibidagi o„simlik va hayvon yog„larining nisbatiga bog„liq.
Dostları ilə paylaş: