Mardlar qo‘riqlaydi vatanni 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tadbir ssenariysi



Yüklə 71,5 Kb.
tarix15.01.2022
ölçüsü71,5 Kb.
#82892
Baxtiyor.uz-14-yanvar-vatan-himoyachilari-kuni-tadbir-ishlanmasi


MARDLAR QO‘RIQLAYDI VATANNI
14-yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tadbir ssenariysi

Sahna mavzu yozilgan baner, kitoblar vistavkasi hamda gullar bilan bayramona bezatilgan.

Slaydlar namoyishi boshlanadi.

Zal va sahna bayramona bezatilgan. Zalning bir tomonida bukletlar, “VATAN HIMOYASI MUQADDAS BURCH!”, “O‘zbekiston o‘g‘lonlari”, “Harbiylar hayotidan” kabi sarlavhalar ostida fotoko‘rgazma tashkil etilgan. Bayram tantanasiga hokimiyat, xalq ta‘limi xodimlari, harbiy faxriylar va xizmatchilar, askarlar va ularning yaqinlari, mahalla fuqarolar yig‘ini faollari, faxriy ustozlar va ota-onalar taklif etiladi.

Davlatimiz madyiyasi yangraydi.

Sahnaga boshlovchilar chiqib keladilar.


1-boshlovchi: Assalom, ey olam, feruza osmon,

Aziz ustozlar-u, aziz mehmonlar.

Kamtarin davrada bugun mehmonsiz,

Sizga ehtirom-la egikdir boshlar.

2-boshlovchi: Assalom azizlar, dost-u yoronlar

Ma`rifat ziyosin nurga taratgan,

Oltin boshingizda Humo qush kordik

Ulug` anjumanda Sizni xush kordik.



1-boshlovchi: -O‘tkir ko‘zli lochinlari,

Ko‘zday asrar sarhadlarin.

Uyda kutar Barchinlari,

Alpomishu Farhodlarin.

Qaddi baland osmonlari,

Ona Vatan posbonlari.
2-boshlovchi: O‘zbegimning nomus, ori

Oriyatli askarlari.

Momolarim iftixori

Burgumisol shunqorlari.

Toza vijdon, iymonlari,

Ona Vatan posbonlari.

1-boshlovchi: Assalomu-alaykum hurmatli ustozlar! Qadrli mehmonlar!
14-yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan
MARDLAR QO‘RIQLAYDI VATANNI” mavzusidagi adabiy-badiiy kechamizga xush kelibsizlar!
2-boshlovchi: 1992-yilning 14-yanvarida O‘zbekiston Respublikasi Oliy kengashining “O‘zbekiston Respublikasi hududidagi joylashgan harbiy qismlar va harbiy o‘quv muassasalari to‘grisda”gi qarori asosida O‘zbekistonning o‘z Qurolli Kuchlari tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 29- dekabrdagi “Vatan himoyachilari kunini belgilash to‘g‘risi”dagi qonuniga binoan, 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni”,- deb e’lon qilindi.

1-boshlovchi:Mustaqillik yillari Yurtboshimiz tashabbusi bilan amalga oshirlayotgan harbiy islohotlar jarayonida qisqa muddat ichida O‘zbekistonda mamlakatimiz xafsizligi va tinchligimiz barqarorligini, sarhadlarimiz daxlsizligini ishonchli himoya qilishga har jihatdan qodir bo‘lgan, zamonaviy, eng yangi qurol-yarog‘lar va harbiy texnika bilan ta’minlangan, mutlaqo yangi milliy armiyamiz vujudga keldi.

2-boshlovchi:Uning zamirida xalqimizning ming yillar davomida shaklangan qadimiy an’ana va qadriyatlari, buyuk ajdodlarimiz Jaloliddin Manguberdi, Amir Temurning Vatanga bo‘lgan muhabbati va yurtga sadoqati mujassamdir.

Biz milliy armiyamiz bilan har qancha faxrlansak arziydi.

1-boshlovchi: Bugungi qutlug‘ ayyom bilan tabriklash uchun ilk tabrik so‘zini rektorimiz, dotsent Faxriddin Rasulovichga beramiz. Marhamat Uztoz.
(Qo‘shiq va raqs.)
2-boshlovchi:

1-boshlovchi: Ular bilan umri



1-boshlovchi:


  • O‘zbekiston chaman diyor,

Yashnar bog‘u bo‘stonlari.

Oq oltin” mo‘l-ko‘l, bisyor,



Qo‘riqlaydi o‘g‘lonlari,

Ona Vatan posbonlari.

1 -boshlovchi: Biz uchun eng aziz dunyo o‘zingsan,

Oy-u quyoshimiz, Zuhro o‘zingsan,

Muqaddas Ka’ba-yu Rumo o‘zingsan,

Muhrimda porlagan humo o‘zingsan.

Qalbimiz qa’rida shu o‘tli nido;

Vatanga jonni biz eturmiz fido!


2-boshlovchi: Vatan sajdagohsan, bizga muqaddas,

Vatan martabasi baland, zabardast,

Ko‘zday asragaymiz seni har nafas,

Insoniy ilmdan oldik senda dars.

Jon gavhari bildik seni jon ichra,

Abadiiy ravnaq top, shu iahon iсhra!







Yüklə 71,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə