Marjinalizm iqtisodiy ta’limoti



Yüklə 7,94 Kb.
səhifə1/2
tarix11.12.2023
ölçüsü7,94 Kb.
#146121
  1   2
Marjinalizm iqtisodiy ta’limoti-fayllar.org


Marjinalizm iqtisodiy ta’limoti

Marjinalizm iqtisodiy ta’limoti


  • Marjinalizm-bu (frans. marginal -chegaraviy, eng soʻnggi) — iqtisodiy qonunlar va kategoriyalarni tadqiq qilish uchun chegaraviy kattaliklar tahlilidan foydalanishga asoslangan metodologik tamoyillardan biri. Dastlab 19-asrning oʻrtalarida A. Kurno (Fransiya), N. Tyunen va G. Gossen (Germaniya) birinchi boʻlib, marjinal tahlilni iqtisodiy nazariyaga kiritishga harakat qildilar. 19-asrning oxirgi choragida ingliz U. Jevans, avstriyalik K. Menger, shveysariyalikL. Valras M.ning nazariy asoslarini yaratdilar. 19-asr ning 90-yillaridan M. subyektiv-psixologik yoʻnalishdan iqtisodiy hayotning doimiy borishini mavjud shart-sharoitlar asosida tushuntirib berishga oʻtdi. Natijada yangicha iqtisodiy gʻoyalar namoyandalari klassik iqtisodiy maktabning davomchilari sifatida baholanib, ularga neoklassiklar deb nom berildi.

  • M. meʼyoriy unumdorlik, meʼyoriy naflilik, meʼyoriy harajatlar kabi koʻrsatkichlardan foydalanadilar, meʼyoriy naflilik, meʼyoriy unumdorlik, meʼyoriy daromadlarning kamayib borishi krnunlariga, talab va taklif qonuniga asoslanadilar, iqtisodiymatematik usullarni keng qoʻllaydilar.

  • M. iqtisodiyotni individual xoʻjaliklarning oʻzaro taʼsiri sifatida qaraydi, xoʻjalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish jarayonidagi va bozordagi iqtisodiy holatini taxlil qilishga asoslanadi. Bu holat M.ga miqdoriy usullardan keng foydalanishga, xususan, tadqiq etilayotgan omillarning funksional bogʻlanishlarini taxlil etishga imkon beradi.

  • SSSR davrida M. markscha siyosiy iqtisod vakillari tomonidan tanqid ostiga olindi. Faqat maʼmuriybuyruqbozlik (rejali) iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga oʻtilishi tufayli M.ning asosiy gʻoyalari tan olina boshlandi.

  • X1X asrning ikkinchi yarmi XX asrning boshlarida iqtisodiy ta'limotlarning rivojlanishi (evolutsiyasi) kapitalizm iqtisodiyotida uning siyosiy ustqurmasida yuz berayotgan tub siljishlarni aks ettirar edi. X1X asrning so`nggi chorasida erkin raqobatning monopoliyaga aylanishi iqtisodiyotdagi eng muhim xodisa bo`ldi. Bu jarayon kapitalizm ziddiyatlarning, ayniqsa mehnat bilan kapital o`rtasidagi ziddiyatlarning chuqurlashuvi va keskinlashuvi bilan ayni bir vaqtda ro`y berdi. X1X asrning 70-yillaridan boshlab qiymat nazariyasi va uni ilmiy tahlil qilishda ham chinakam inqilobiy o`zgarish yuz berib aynan shu davrda Yevropaning bir nechta mamlakatlarida turlicha nazariy maktablar shakllandi. Ushbu maktablar yaratgan iqtisodiy ta'limot fanda "marjinalizm" ta'limoti, deb nomlanib XX asrning 30-yillarigacha o`z mavqeini saqlab turdi.

  • Marjinalizm fransuzcha “marginal” so`zidan olingan bo`lib "eng yuqori", (chegaraviy)degan ma'noni bildiradi. Bu boradagi o`zining ilk fikrlarining U.Stenli Jevons 1862yilda Britaniya fanlarini rivojlantirish Assotsiatsiyasida qilgan "Siyosiy iqtisodning umumiy nazariyasi haqida qisqacha bildirish"nomli ma'ruzasida bayon etgan edi. 1871yilda esa U.Jevons yangi nazariyasini ilmiy asoslashga bag`ishlangan fundamental asar bo`lgan "Siyosiy iqtisod nazariyasi"nomli kitobini Angliyada nashr qildirdi. Aynan mana shu yili 1871yilda Avstriyada Karl Mengerning "Siyosiy iqtisod asoslari"nomli kitobi ham e'lon qilindi.Bu kitobda ham xuddi mana shu "eng yuqori foydalilik "nazariyasi tahlil qilinib matematik formula va teoremalarsiz ilmiy jihatdan asoslab berildi. 1874 yilda Shveytsariyada Leon Valrasning "Sof iqtisodiyot fani elementlari"nomli kitobi nashrdan chiqdi. Bu kitobdagi iqtisodiy nazariya to`liq ravishda matematik jihatdan rivojlantirildi. Shunday qilib yangi yo`nalish bir vaqtda uchta olim tomonidan turli mamlakatlarda ingliz, nemis va fransuz tillarida ilmiy jihatdan asoslab berildi.

  • Marjinalizm va uning rivojlanish davrini ikki bosqichga bo`lib o`rganish maqsadga muofiqdir. Birinchi bosqich XIX asrning 70-80-yillarini o`z ichiga olib iqtisodiy tahlilning dastlabki marjinalistik g`oyalarini mujassam qilgan dastlabki ilmiy asarlar yaratildi.(K.Menger, U.Jevons va L.Valras asarlari). Bu davrda asosiy kechib uni bu ko`rinishi inson psixalogik xususiyati, ya'ni uning hissiyoti va qabul qilishi asosida o`rganiladi. Shuning uchun marjinalizmning bu bosqichini iqtisodiy ta'limotlardagi "subyektiv yo`nalish" deb ataldi. Ikkinchi bosqich XIX asrning 90-yillariga to`g`ri kelib, bu davrdan boshlab marjinalizm ko`pgina mamlakatlardamahur va aso-siy ta'limotga aylandi. Marjinalistlarning bu davrda erishgan asosiy yutug`lari subektiv-psixologik yo`nalishdan vos kechib iqtisodiyotning asosiy maqsadi bu iqtisodiy hayotning doimiy borishini mavjud shart-sharoitlar asosida tushuntira bilish demakdir, dedilar. Natijada yangicha iqtisodiy g`oyalar namoyondalari klassik iqtisodiy maktabning davomchilari sifatida baholanib, ularga neoklassiklar deb nom berildi. Marjinal rivojlanishning ikkinchi bosqichini ya'ni neoklassik iqtisodiy ta'limotni rivojlanishiga yirik iqtisodchi olimlar A.Marshall, Dj. B.Klark va V.Pareto katta hissa qo`shdilar. Marjinal iqtisodiy g`oyalarni yuqorida qayd etilgan ikkala bosqichini o`ziga xos xususiyatlarini quyidagicha ta'riflanimiz mumkin.

  • Birinchi. Dastlabki marjinalistlar o`zlarining subyektiv oqimlarida asosiy e'tiborni iqtisodiy tahlil jarayonida istemol (talab)ning tutgan o`rnini o`rganishga qaratib klassiklardan farqli ravishda ishlab chiqarish (taklif)ni ikkinchi darajali qilib qo`ydilar. Keyinchalik neoklassiklar har ikkala jarayonni birgalikda o`rganib ancha mukammal ta'limot yaratdilar. Ikkinchi. Birinchi bosqich marjinalistlari subyektiv yo`nalish vakillari klassiklar singari sabab oqibatga asoslangan ilmiy tahlilni qo`llab ularning g`oyalarini ma'lum darajada takrorladilar. Lekin birgina katta farq subyektiv maktab qo`llagan iste'mol va tovarlarning foydaliligi usuli ularni klassik maktab usulidan farqladi. O`z navbatida marjinalistlarning neoklassik yo`nalishi funksional ilmiy tadqiqotni maydonga tashlash bilan birga ishlab chiqarish va iste'molni yaxlit holda o`rganib meyoriy iqtisodiy o`lchamlarni taqsimot va ayirboshlash jarayonlariga ham tadbiq etdilar.

  • Uchinchi. Marjinal inqilobning birinchi bosqichidan farq qilib, ikkinchi bosqichda funksional ilmiy uslub bilan birga iqtisodiy tahlilga iqtisodiy jarayonlarni matematik modellashtirish usuli ham olib kirildi. Shu jumladan, har ikkala bosqich nazariyotchilari "erkin" raqobat yordamidagi iqtisodiy o`sishni haligacha avtomatik avishda qo`llab kelinmoqda degan fikrga keldilar. To`rtinchi. Neoklassiklar iqtisodiy ta'limotlar tarixida alohida o`rin egallagan klassiklardan iqtisodiy liberalizm tamoyillariga sodiq qolishni meros qilish bilan birga tadqiqot mavzuini yanada kengaytirib, unda funksional tadqiqot usulidan va iqtisodiy ko`rsatkichlarni taqqoslash usuli va nihoyat sistemali matematik usuldan keng foydalanishni amalga oshirdilar.
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə