Markaziy Osiyo davlatlarining O'zbekiston bilan ta’lim sohasidagi hamkorliklari



Yüklə 216,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix23.05.2023
ölçüsü216,19 Kb.
#112238
  1   2
markaziy-osiyo-davlatlarining-ozbekiston-bilan-ta-lim-sohasidagi-hamkorliklari



Markaziy Osiyo davlatlarining O'zbekiston bilan ta’lim 
sohasidagi hamkorliklari
 
Jalol Ilash o‘g‘li Abduxamidov 
Begzod To'raqulovich To‘raqulov 
Samarqand davlat universiteti 
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Markaziy Osiyo davlatlarining O‘zbekiston bilan 
ta’lim sohasidagi hamkorliklari va ushbu hamkorlikning O‘zbekiston ta’lim sohasidagi 
samaradorligi haqida so’z yuritiladi.
Kalit so’zlar: 
Ta’lim, hamkorlik, samaradorlik, ilm, imkoniyat. 
Educational cooperation between Central Asian countries 
 
Jalal Ilash o’g’li Abdukhamidov 
Begzod Turakulovich Torakulov 
Samarkand State University 
 
Abstract: 
This article discusses the cooperation of Central Asian countries with 
Uzbekistan in the field of education and the effectiveness of this cooperation in the 
field of education in Uzbekistan. 
Keywords: 
Education, collaboration, efficiency, science, opportunity. 
Asosiy qism. 
Markaziy Osiyo davlatlari o’rtasida qadimdan fan va ta’lim sohasida hamkorlik 
aloqalari juda yaxshi yo’lga qo’yilgan. Uzoq yillar davomida bu mintaqada yashagan 
xalqlar bir-birining yurtiga borib ta’lim olishi, fan sohasidagi yutuqlar bilan 
o’rtoqlashish imkoniyatlaridan foydalanishgan kelishgan. Mintaqa bag'rida joylashgan 
Samarqand, Buxoro, Xiva, Qo’qon, Turkiston, Toshkent va boshqa shahrlar uzoq yillar 
davomida fan va ta’limning markazlari bo’lib kelgan. Bu shaharlardagi madrassalarda 
mintaqada yashagan barcha xalqlar vakillarini uchratishimiz mumkin bo’lgan. Bu kabi 
jihatlar XX asr boshlarigacha davom etgan. Keyinchalik suniy omillar sabab bu jihat 
anchagina to'xtab qoldi. 
Markaziy Osiyo Respublikalari Sobiq Ittifoq parchalanib mustaqil bo’lgach, 
boshqa sohalarda bo’lgani kabi, fan va ta’limda ham hamkorlik aloqalarini yo’lga 
qo’yishga harakat qildi. Davlatlar o’rtasida imzolangan diplomatik shartnomalar 
bandlarida ta’lim va fanga doir bo'limlari borligini ko’rish mumkin.
"Science and Education" Scientific Journal
May 2021 / Volume 2 Issue 5
www.openscience.uz
521


Markaziy Osiyoning o’rtasida joylashgan O’zbekiston mustaqillikning ilk 
kunlaridan fan va ta’lim sohasini rivojlantirishga aloxida etibor qaratdi. Bu sohani 
yakka holda rivojlantirib bo’lmasligini to’g’ri tushungan davlat rahbari qo’shni 
respublikalar bilan keng hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yishga harakat qildi 
Qozog'iston mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab ta’lim sohasida O'zbekiston 
bilan hamkorlik aloqalari urnatilishiga kirishdi mustaqilligmizning ilk kunlariga borib 
taqaladi. 1992-yilda ular o’rtasida imzolangan do’stlik va hamkorlik shartnomasining 
17-bandida bevosita ta’lim sohasida hamkorlikni yo’lga qo’yish ko’zda tutilgan edi. 
Bu shartnomaning amaliy ifodasi sifatida o’sha yilning kuzida bir guruh o’zbek 
olimlari Qozog’istonda bo’lib o’zaro tajriba almashinib qaytishdi. Bu safar davomida 
ikki davlat olimlari o’rtasida kelajakda ilmiy izlanishlar sohasida birgalikda amalga 
oshiradigan ishlar belgilab olindi.
1
1993-yilda bir guruh qozog’istonlik ilm-fan vakillari O’zbekistonda bo’lishdi. 
Qozoq olimlari O’zbekistonning qishloq xo’jaligi sohasida erishgan yutuqlarini 
o’rganib, o’z yurtida ham sinab ko’rishini aytishdi. Bu hamkorlik aloqalari ayniqsa 
1994-yilda ikki davlat o’rtasida madaniyat kunlarining o’tkazilishi bo’yicha 11 
moddadan iborat chiqarilgan qaror bilan yanada mustahkamlandi
2
. Bu qarorning 8 
moddadasida ikki davlat o’rtasida hamkorlik qilishning asosiy yo’nalishlari bo'yicha 
o'zaro faoliyatining aniq turlari va shakllari madaniyat, ta’lim va ilm-fan sohasidagi 
hamkorlik aloqalarni yanada rivojlantirish belgilab qo’yilgan edi. Qozog'iston bilan 
O'zbekiston o’rtasida fan sohasidagi hamkorlik aloqalari XXI asrg kelganda ham 
rivojlanib bordi. Ta’lim sohasidagi hamkorlik aloqalarning rivojlanishida 2018-yilda 
O’zbekistonda Qozog’iston oliy ta’lim muassasalarining taqdimotli ko’rgazmasi bo’lib 
o’tdi. Xususan, bu tadbirlar Samarqand davlat universitetida ham bo’lib, unda 
Qozog’istonning o’ndan ortiq universitetlari hodimlari ishtirok etishgan.
3
Shu bilan bir 
qatorda Qozoq talabalari O'zbekistonning bir qator oliy talim muassasalarida tahsil 
olishayotganligini ham kurishimiz mumkin. Bular Toshkent Arxitektura qurilish 
instutitda Akromov Abdug'ani Zhamalitdinov, Shohrux Zhamalitdinov, Shahzod 
bakalavriat bosqichida kunduzgi ta’limda tahsil olmoqda Qozoq yoshlarini yana 
Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax Davlat pedagogika institutida kunduzgi va sirtqi 
ta’limda ko’plab yoshlarni ko'rishimiz mumkin. Kunduzgi ta’limda Koldasheva Zarina 
(tarixni o’qitish metodikasi), Otagganava Manzura (boshlang'ich ta’lim), Balieva 
Gulnara (boshlang'ich ta’lim), Xudayarova Nazokat Abdurazoqovna (boshlang'ich 
ta’lim), Axmetov Usmon (boslang'ich ta’lim), Babayev Rustam (maktabgacha ta’lim) 
Zarnigor Baxodir qizi (jismoniy madaniyat), Dadayeva Nargiza Abduraxmanovna 
(texnologiya ta’limida). Sirtqi ta’limda esa Boliyeva Zamira (maktabgacha ta’lim), 
1
https://uzbekistan.lv/uz/ozbekiston-qozogiston-yaqin-qoshnichilik-va-ozaro-ishonchga-asoslangan-hamkorlik/ 
2
https://lex.uz/ru/docs/-2565040 
3
https://daryo.uz.ozbekistonda-qozogiston-talim-kunlari-otkaziladi/ 
"Science and Education" Scientific Journal
May 2021 / Volume 2 Issue 5
www.openscience.uz
522


Sulaymonova Mamlakat Komolavna (boshlang’ich ta’lim), Ermakhonavo Gulmira 
Ilmerovna (Maktabgacha ta’lim) Tojiyeva Gulchehra Mirzakulovna (rus-tili-
adabiyoti), Togayeva Ra’no Bureyivna, (boshlang'ich ta’lim) Azimova Lola 
(maktabgacha ta’lim ) yo’nalishlarida ta’lim olmoqda. Guliston Davlat unversitetitda 
4-kurs talabasi Anarmetova Xilola (Texnologiya ta’limi) yo’nalishida o'qiydi. Bizning 
ham yoshlar Qozog'istonda Turkiston xalqlar do'stligi Universitetida, Silkway, Abay, 
Muxtor Avezov nomli nufuzli Universitetlarida tahsil olishadi. 
O’zbekiston Qirg’iziston bilan ta’lim va fan sohasidagi hamkorlik aloqalarining 
o’rnatilishi ham mustaqilikning ilk kunlariga to'g'ri keladi. Ikki davlat o’rtasida 
diplomatik aloqalarning yo’lga qo’yilishi o’z navabatida ta’lim va fan sohasidagi aloqa 
munosabatlar yanada jonlanishiga turtki bo’lgan. O’tgan o’ttiz yil davomida ikki davlat 
o’rtasida fan va ta’lim sohasida o’nga yaqin kelishuvlarga erishilgan. Birgina 1998-
yilda bir guruh qirg’iz olimlari ilmiy safar bilan Toshkent, Navoiy va Samarqand 
viloyatlarida bo’ldilar. Safar davomida qirg’iz olimlari Navoiy kon metallurgiya 
kombinatida ham bo’lib, bu yerda o’z malakalarini ham oshirdi. Qirg'iziston va 
O'zbekiston olimlari o’rtasida uchrashuvlar XXI asrda ham bo’lib turdi. Xususan 2002-
yilda O’zbekistonning bir qancha arxeologlari Qirg’izistonning O’sh va Jalolobod 
viloyatlarida ilmiy safarda bo’lib qaytishgan. Bu safardan ko’zlangan maqsad mazkur 
hududlarda qadimgi odam qoldiqlarini topish bo’lgan. O’zbek olimlarining bu ilmiy 
izlanishlariga qirg’izistonlik tadqiqotchilar ham o’z xissalarini qo’shishgan.
Bundat tashqari o’zbek yoshlarining Qirg’iziston universitetlarida, o’z navbatida 
ko’plab qirg’iz yoshlarining O’zbekiston Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olishi ikki 
o’rtadagi aloqalarning rivojlanishiga katta turtki bo’lmoqda. Birgina 1994-yilda ikki 
davlat hukumatlari o'rtasida tashkil etilgan Qirgizistoning O'sh shahridagi Qirg'iz-
O'zbek Universiteti to'g'risidagi shartnoma bunga misol bo'la oladi. Shu yillardan 
boshlab yoshlarimiz qo'shni davlatdagi oliy o'quv yurtlariga kira boshladi. Bugungi 
kunda esa bu ko’rsatkich kundan-kunga kengayib bormoqda. 2021-yilning o'zida 
O'shdagi O'sh-O'zbek Universititida 4225 nafar o'zbek yoshlari ta’lim olishmoqda. 
Shulardan 1836 nafari kunduzgi ta’limda, 2389 nafari esa sirtqi ta’limda tahsil olib 
kelmoqda. Bu ko'rsatkich 2017-yilda 58 nafarni tashkil etar edi. O'z navbatida 
Qirg'iziston yoshlari ham O'zbekistonda o'qishmoqda. Toshkent davlat arxitektura 
instutida Sobirov Abdulvosit Islamov, Abdumalik Arxitektura yo’nalishida tahsil 
olmoqda. Jizzax davlat pedagogika instutida Nurtajiyeva Osiyoxon Xabibullayevna 
(boshlang'ich ta’limida) o'qimoqda. 
Tojikiston bilan O'zbekistoning fan sohasidagi hamkorlik aloqalari uzoq yillarga 
borib taqaladi. Lekin, bu aloqalarning davlat miqyosida rivojlanishi mustaqillikdan 
keyingi yillariga to’g’ri keladi. Ikki davlat olimlarining o’zaro tajriba almashinishi 
ayniqsa, 1998-yildan keyin samarali bo’lgan. Shu yilning o’zida 50 ga yaqin tojik 
olimlarining O’zbekistonga kelishi va bu yerdagi qishloq xojaligi, konchilik, 
"Science and Education" Scientific Journal
May 2021 / Volume 2 Issue 5
www.openscience.uz
523


qorako’lchilk va boshqa sohadagi yutuqlar bilan tanishib ketishi fan sohasidagi 
hamkorlikni yangi pog’onaga ko’tardi. O’zbekistonga kelgan tojik olimlariga javob 
tariqasida bir guruh o’zbekistonlik fan ijodkorlari 1998-yilning 18-20-dekabr kunlari 
Tojikistonda bo’lib qaytishgan. Bu ilmiy safar davomida o’zbek va tojik olimlari 
o’zaro tajriba almashishgan
4
.
Ikki davlat o’rtasidagi ilm-fan va ta’lim sohasidagi hamkorlik 2017-yildan keyin 
yanada rivojlangan. Bunga ikki davlat rahbarlarining o’zaro tashriflari turtki bergan. 
Ikki davlat o’rtasida o’tkazilgan madaniyat kunlari fan va ta’lim sohasidagi aloqalarni 
rivojlanishiga yo’l ochib bergan. Bugungi kunda ikki davlat ta’lim sohasida katta 
yangliklar bo'lib o'tmoqda. Misol sifatida 2017-2018-yili 44 nafar O'zbek talabalari 
tashkil etgan bo'lsa 2019-yilgi ma’lumotlarga ko’ra yuzdan ortiq o’zbekistonlik 
talabalar Tojikiston oliy ta’lim muassasalarida tahsil olmoqda.
5
Shu bilan bir qatorda 
qo'shni xalq yoshlari ham O'zbekistonda tahsil olib kelishmoqda. Toshkent davlat 
arxitektura institutida Mirzayeva Shoira Saidovna arxetiktura yo’nalishda bilim oladi , 
Samarqand davlat universitetida Vofoev Shokirjon filologiya fakultetining (rus-tili va 
Adabiyoti) yo’nalishida o'qib kelmoqda, Guluston davlat universitetida Islomqulova 
Shaxlo (jismoniy madaniyat) yo’nalishda 3-kurs talabasi hisoblanadi. Karimova 
Xurshida (maktabgacha ta’lim), 2-kurs talabasi Mamazakirova Sobira (maktabgacha 
ta’lim) 1-kurs talabasi hisoblanishadi. 
Turkmaniston va O'zbekiston o’rtasidagi ta’lim va fan sohasidagi hamkorlik 
aloqalari ham mustaqillikning ilk yillariga borib taqaladi. 1996-yil 16-yanvarda 
Chorjoyda Turkmaniston va O'zbekiston o’rtasida “Ta’lim sohasida hamkorlik 
to’g’risida” bitim imzolandi. Bu bitimning ikkinchi moddasida ahdlashuvchi 
tomonlarning har biri ikkinchi tomonning fuqarolariga ta’lim olishda o‘z fuqarolari 
bilan teng huquqni va uning erkinligini kafolatlaydi, ona tilida ta’lim olish uchun shart-
sharoitlar yaratishga ko‘maklashadi degan jumlalar keltirilgan.
6
1996-yildan keyingi davrda ikki davlat o’rtasida fan sohasida ham hamkorlik 
jadal suratlar bilan taraqqiy qildi. Xususan, 2000-yilda bir guruh o’zbekistonlik 
tarixchi olimlar Turkmanistonga borib ma’lum muddat o’sha yerda o’z tadqiqotlarini 
olib bordi. 2001-yilda esa M.Turkamov boshchiligidagi bir guruh Turkman 
tadqiqotchilar O’zbekistonga tashrif buyuradilar.
Fan bilan birgalikda ta’lim sohasida ham aloqalar ancha rivojlandi. Fikrimiz isboti 
sifatida hozirgi kunda Respubilkamizga o'qish uchun tashrif buyurayotgan xorijlik 
talabalarning katta qismi Turkmanistonlik yoshlari hisoblanadi. Ular asosan 
O'zbekistonning Qoraqalpoq hududiga Xorazm, Buxoro, Samarqand viloyatlarida 
o'qishadi. Buxora davlat universitetida ham 32 nafar, Buxora tibbiyot instutida 18 nafar 
4
https://base.spinform.ru/show_doc.fwx?rgn=16442 
5
https://base.spinform.ru/show_doc.fwx?rgn=16442 
6
https://base.spinform.ru/show_doc.fwx?rgn=25370 
"Science and Education" Scientific Journal
May 2021 / Volume 2 Issue 5
www.openscience.uz
524


Turkman yoshlari o'qishmoqda. Shulardan biri Gulyalek Annasayidova hisoblanadi, u 
bilan suhbat davomida u tibbiyot sohasini mukkamal egallab o'zi tug’ilib o'sgan Lebap 
viloyatiga borib shifokor bo’lishini va ikki qardosh davlat o'rtasidagi ta’lim sohasidagi 
islohotlardan mamnun ekanligni aytgan edi. Bundan tashqari Nukus davlat 
Universitetida ham ko'plab Turkman yoshlarini ko'rishimiz mumkin. Ahmedova Guli 
Sultanbayevna, Holmedov Atham Seripbayevich, Yokubova Selbi Rahmon qizi, 
Seripov Atahan Rimboyevich, Meridov Merit Yogsijgldiyevich, Jumamuradov Serdar, 
Allajonava Nurshat Garevina, Boltabayeva Gulmira Rajapbayeva, Allamova Nasiba 
Ikramovna, Dusheiva Jennetguli, Saporava Jemile, Turkman tili va Adabiyoti 
fakultetida. Garriev Nurgeldi Garrievich, Abdirimova shohida Mexsetovna, 
Allambergenova Malika Ismoilovna, Jumaniyozavo Tursinoy Norimbetovna, 
boshlang'ich ta’lim yo’nalishda, Reymboyeva Muqaddas Abdullayevna, Askarova 
Dilnoza Yuldosh qizi, (kimyo fakultetlarida) tahsil olmoqda. Samarqand davlat 
universitetida ham Sharipova Aydana (Tarix mamlakatlar va mintaqalar bo'yicha) 3- 
kurs talabasi, Qadyrov Deryoguly (Jismoniy madaniyati) fakultetida 2-kurs talabalari 
va Guliston davlat unversitetida ham Atajanovna Shaxlo (jismoniy madaniyat) 
fakultetida 3-kurs talabalari ta’lim bilan shug'ullanib kelishmoqda. Hozirgi kunda 
O'zbekiston mintaqa davlatlari bilan fan va ta’lim sohasidagi ishlari kundan-kunga 
yaxshi rivojlanib bormiqda. Xullas, o'tgan 30 yil davomida Markaziy Osiyo 
davlatlarining fan va ta’lim sohasidagi aloqalari anchagina ijobiy ahamiyat kasb etgan. 

Yüklə 216,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə