Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatida islom dinining o‘rni



Yüklə 20,55 Kb.
tarix06.05.2018
ölçüsü20,55 Kb.

Aim.uz

Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatida islom dinining o‘rni
Bugungi kunda dunyoda dinga nisbatan munosabatning ijobiy tomonga o‘zgarib borishi insonlar tafakkurida yangi diniy Uyg‘onish (Renessans) davrining yuzaga kelganligidan darak berayotganligini ko‘rishimiz mumkin. Madaniyat keng qamrovli fenomen sifatida kishilik jamiyatining ko‘plab sohalarini qamragan holda namoyon bo‘ladi.

Ko‘rinib turibdiki, dinga ham madaniyatning bir hodisasi sifatida qarash mumkin. Prezidentimiz I.A Karimov «O‘zbekiston XX1 asr bo‘sag‘asida xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida «Din – madaniy, ma’naviy, insoniy qadriyatlarni saqlab qolish hamda avlodan-avlodga yetkazishda beqiyos xizmat qilgan ota-bobolarimizning dini bo‘lmish islom dini misolida shunday xulosa chiqarish uchun hamma asoslarga egamiz»1 , degan fikrni bayon etgan.


Diniy madaniyat inson tafakkuri taraqqiyotida muhim omillardan biri sifatida kishining e’tiqodi, ma’naviyati, axloqiy va estetik dunyoqarashiga, umuman olganda, uning turmush tarziga kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi hodisadir.
Islom dinining hozirgi davrdagi jahon miqyosidagi mavqei tobora mustahkamlanib bormoqda. Hozirda islom diniga deyarli 1.5 mlrd. kishi e’tiqod qilmoqda. Agar islom dini paydo bo‘lgan davrlarda, u asosan Sharq mamlakatlarida keng tarqalgan bo‘lsa, XX asr oxiriga kelib, islom dini va madaniyati Osiyo, Afrika, Yevropa va Shimoliy Amerikaning

1 Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ. Ⱥ. ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ ɏɏI ɚɫɪ ɛʆɫɚԑɚɫɢɞɚ: ɯɚɜɮɫɢɡɥɢɤɤɚ ɬɚԟɞɢɞ, ɛɚɪԕɚɪɨɪɥɢɤ ɲɚɪɬɥɚɪɢ ɜɚ ɬɚɪɚԕԕɢɺɬ ɤɚɮɨɥɚɬɥɚɪɢ. í Ɍ., 1998. í 315-ɛ.

119



qator mamlakatlarida keng tarqalib bormoqda. Buning obyektiv va subyektiv sabablari mavjud. Obyektiv sababi shundaki, islom dini va madaniyati yahudiylik, xristianlik dinlari va madaniyatlarining ijobiy jihatlarini o‘zida mujassamlashtiradi. Diniy e’tiqod va sig‘inishni inson hayotining turli holat va vaziyatlariga moslashtira oladi, diniy e’tiqod qulayligini ta’minlaydi. Shu bois Yevropa va Shimoliy Amerikaning muqaddam xristian yoki yahudiylik e’tiqodida bo‘lgan yoki diniy e’tiqodi umuman bo‘lmagan fuqarolarini o‘ziga jalb eta oladi. Islom diniga kirish Yevropa va Shimoliy Amerikada muayyan udumga aylanib bormoqda. Bu narsa, tabiiyki, boshqa diniy konfessiyalar rahbariyatini tashvishlantiradi. Islom e’tiqodini qabul qiluvchilar nufuzining oshib borishi jahon ijtimoiy-siyosiy jarayonlarida islom qadriyatlarining ustuvorligiga olib kelishi boshqa diniy konfessiyalar mavqeini zaiflashtiradi deb xavotir olishadi. Aslida esa bunday tashvishlanishlar o‘rinsizdir. Haqiqiy islom mehr-oqibat, poklik, halollik, shafqat, rahmdillik, xayr-saxovot, adolat va insof kabi qadriyatlarni e’zozlaydi, insonni ezgulikka undaydi.
Bundan islom dini niqobi ostida ish ko‘ruvchi, g‘arazli siyosiy maqsadlar, manfur niyatlarini islom diniga bog‘lovchi siyosiy kuchlar, turli ekstremistik elementlar mustasnodir. Din niqobida ish ko‘ruvchi manfur ekstremistik, terrorchi kuchlar islom e’tiqodining millionlab kishilar qalbiga kirib borish jarayonini aslo to‘xtata olmaydi, aksincha, ular iymonli, diyonatli dindorlar tomonidan uloqtirib tashlanadi, islom olamining ifloslanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Islom dini va madaniyati XXI asrga kelib, jahon ijtimoiiy-siyosiy sahnasida yirik siyosiy-g‘oyaviy omil mavqeiga ega bo‘la boshladi. Agar Sobiq sho‘rolar tuzumi davrida jamiyatda sekulyarizm va dahriylik (ateizm) siyosati hukmron bo‘lgan bo‘lsa, mustaqillikka erishgan Markaziy Osiyo yosh davlatlari siyosatida sekulyarizm birmuncha chekindi, diniy e’tiqodga erkinlik berildi. Natijada islom dini va madaniyati siyosiy hayotga aralashish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Mustaqillikka erishgan yosh davlatlar o‘z siyosiy yo‘llarini tanlashda G‘arb demokratiyasi an’analariga murojaat qilishdi.
Hokimiyatlar taqsimlanishi, demokratiya prinsiplarining siyosiy islohotlar uchun asos qilib olinishi jamiyatda islom harakatlari ulg‘ayishi, kuchayishi va hokimiyatga da’vogar kuch sifatida maydonga chiqishiga olib keldi. Mamlakatda diniy e’tiqodga erkinlik berilishidan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanmoqchi bo‘lgan ekstremistik kuchlar 1991í1992 yillarda Farg‘ona vodiysida rasmiy hokimiyat o‘rniga islom

120



tartiblarini o‘rnatish uchun ochiqdan-ochiq harakat qilishga kirishdi. Xususan, «Adolat», «Tovba», «O‘zbekiston islom uyg‘onish partiyasi» va boshqa diniy tashkilotlar islom dinining siyosiylashuvi ifodasi hisoblanadi.
Bu harakatlar O‘zbekistonda mustaqillikka erishilgach yuzaga kelgan obyektiv qiyinchiliklar (ishsizlar sonining oshishi, turmush darajasining pasayishi, o‘zgaruvchan sharoitlarda eskicha boshqaruv uslublarining davlat hokimiyati organlarida inersiya shaklida saqlanib qolganligi va boshq.)dan ustamonlik bilan foydalanib, mamlakat hayotini islom qonunlariga asoslangan o‘zanga burib yuborishga urinib ko‘rdilar. Buni ayrim chet el diniy ekstremistik tashkilotlarining mahalliy gumashtalari (Juma Namangoniy, Tohir Yo‘ldoshev va boshq. shaxslar) amalga oshirmoqchi bo‘ldilar. Biroq rasmiy siyosiy hokimiyat, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining hushyorligi va qat’iligi natijasida siyosiy islomning payi qirqildi.
O‘zbekiston misoli dinning siyosiylashuvi masalasining faqat bir shingilidir. XX asr oxiriga kelib, islom dini jahon miqyosida yetakchi ijtimoiy-siyosiy mavqega da’vo etmoqda.
Islom ruhoniy rahbarlaridan Oyatillo Humayni bundan deyarli 20 yil muqaddam taniqli italyan jurnalisti Oriana Fallagiga bergan intervyusida «Islom í bu adolatdir. Islom e’tiqodiga muvofiq har qanday diktatura í katta gunohdir. Islom deyarli hamma narsa: erkinlik, madaniyat, demokratiya va boshqalar. dir. Islom siyosiy-diniy ta’limotdir, unda bir tomondan ruhoniylik siyosatni to‘ldirsa, ikkinchi tomondan esa siyosat ruhoniylikni to‘ldiradi. Islomda diniy fatvolardan ko‘ra ko‘proq siyosiy da’vat ustuvordir. Olloh nomi bilan qasamyod qilaman: Islom í siyosatdir», deb ta’kidlagan edi.
Eron islom inqilobining yetakchi rahbarlaridan Oyatilla Humayniyning bu so‘zlari diqqatga sazovordir. Darhaqiqat, XX asr oxiriga kelib, islom nafaqat diniy-axlokiy ta’limot, balki ijtimoiy-siyosiy ta’limot ekanligini isbotladi, jahon iqtisodiy, siyosiy va madaniy munosabatlariga ta’sir etib turuvchi vositaga aylandi.
Bugungi kunda islom dinining shunchaki bir ta’limot emas, balki g‘oyat katta qudratga va salohiyatga ega bo‘lgan mafkura ekanligini Yaqin va O‘rta Sharqda, Bolqon yarim orolida, Rossiyaning Kavkaz hududida, Afg‘oniston, Pokiston va Hindistonning Kashmir o‘lkalarida kechayotgan diniy mazmundagi ijtimoiy jarayonlar yanada yaqqol tasdiqlanmoqda. Islom jahon miqyosida jiddiy siyosiy kuchga aylanmoqda. Biroq uning haqiqiy mohiyatini buzish, undan g‘arazli

121



siyosiy maqsadlarda foydalanish uning xalqaro obro‘yiga putur yetkazmoqda, ayrim kaltabin siyosatchilarning islom diniga qolgan barcha dinlarni qarama-qarshi qo‘yishiga olib kelmoqda. Bu bilan haqiqiy islomning insonparvarlik, ezgulik va adolatlilik kabi mohiyati xavf ostida qolmoqda, bir guruh ekstremistlar, terrorchilar g‘arazli maqsadlari bilan islom mohiyatini qorishtirib yubormoqda. Bu sharoitda islom dini va madaniyatining azaliy insonparvarlik, poklik, halollik, rahm-shafqatlilik, iymonlilik prinsiplari ustuvorligiga erishish, jahon ahlini bu qadriyatlarga ishontirish, uning umuminsoniy tabiatini ilmiy izohlab berish davr talabidir.
Hozirgi davrda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy-madaniy hayotda vujudga kelgan o‘zgarishlar, ilg‘or fikrlar natijasida jamiyat taraqqiyotidan ortda qolayotgan g‘oyalarga qarshi kurash tobora kuchayib boradi. Bunday jarayon islomga nisbatan ham tobora yaqqol ko‘zga tashlanadi va bu jarayonlar quyidagi tushunchalarda ifodalanadi.
Islom modernizmi – islomning diniy ta’limotdagi iqtisodiy, siyosiy, huquqiy va ijtimoiy muammolarga talluqli aqidalarini zamon sharoitlariga moslashtirish orqali taraqqiyotning yangi yo‘nalishlarini ishlab chiqish.
Ilom traditsionalizmi – islom aqidalariga qattiq amal qilib, ularning o‘zgarmasligini da’vo qilib, modernizmga qarshi chiquvchilar.
Islom fundamentalizmi – sof islomni qayta tiklashni targ‘ib qiluvchilar oqimi. Jamiyat hayotida yirik o‘zgarishlar boshlangan vaqtda vujudga keladi.


Dostları ilə paylaş:


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2017
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə