Marksheyderlik ishi fani haqida



Yüklə 61,3 Kb.
səhifə1/10
tarix27.01.2023
ölçüsü61,3 Kb.
#99514
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
shargarka


MARKSHEYDERLIK ISHI FANI HAQIDA
UMUMIY MA'LUMOTLAR
Marksheyderlik xizmati konlarni qidirish, qurilish, qazish olish va ularni ekspluatatsiya qilish jarayonlarida asosiy zanjir bo’lib hisoblanadi. Shuningdek marksheyderlik xizmatisiz neft va gaz konlarini qidirish va qazish, metro va tonnel qurilishlarini bajarishning iloji yo’q.
“Marksheyderiya” so`zi nemischa “Mark-sheiden-kunst” so’zidan olingan bo’lib, “mark”-chegara, oraliq, belgi, “scheiden” – aniqlash, belgilash, farqlash, va “kunst”- san’at degan ma’nolarni bildiradi.

Marksheyderlik ta’minoti zarur bo’lgan asosiy injinyerlik masalalariga quyidagilar kiradi:

  • Injenyerlik loyihalarini barpo qilish va ulardan ishlab chiqarishda foydalanish;

  • Loyiha va kon – geologik shartlariga asosan kon lahimlarini o’tkazish va kon ishlarini havfsizligini ta’minlash;

  • Kon ishlarini kundalik va kelajakka rejalashtirish;

  • Yer qaridan foydali qazilma zahiralarini to’liq qazib olishni ta’minlash va kerakli sifat ko’rsatkichlarga ega bo’lgan ma’danni qazishni ta’minlash uchun Foydali qazilma konlari zahiralarini opyerativ hisobga olish ishlari;

  • Foydali qazilma konlari qatlamlari qazib olinayotgan kon lahimlarini va yer usti obektlarini himoyalash;

Foydali qazilma konlarini qazishda quyidagi bosqichlarni ajratish mumkin:

  • Foydali qazilma konlarini qidiruvi va uning alohida uchastkalarini baholash;

  • Konchilik korxonasini loyihalash va qurish;

  • Foydali qazilma konlarini qazish;

  • Kon korxonalarini konsyervatsiyalash va yerlarni rekultivatsiya qilish;

Konlarni loyihalashda marksheyderlar quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

  • Shaxta (karyer) hududida loyihalash ishlari yordamida belgilangan tartibda konga ajratilgan yer hududini (chegaralarini) aniqlash;

  • Foydali qazilma konlari konlarini qazish uslubini aniqlash va asoslab berish, qazish variantini aniqlash, yer ustida qurilishi kerak bo’lgan bino va ob’ektlarni shaxta chegarasiga joylashtirish;

  • Foydali qazilma konlarini qazish natijasida loyihalanayotgan bino va obe’ktlarga yetishi mumkin bo’lgan zarardan himoyalash tadbirlarini tuzish va xisoblash;

  • Belgilangan shaxta mayonida foydali qazilma konlarini sanoat zahiralarini hisoblash va kon ishlari hajmini aniqlash.

Konlarni qurishda marksheyderlar quyidagi ishlarni bajaradi:

  • Asosiy inshoat va kon lahimlarini loyiha chizmalarini tekshirish va ularni geometrik elelmentlari bilan to’g’riligini aniqlash;

  • Sanoat maydonini (promplashadka) marksheyderlik geometrik asos va syomka tarmoqlari bilan ta’minlash;

  • Inshoat va kon lahimlarining geometrik elementlarini loyihalash va joyiga ko’chirish;

  • Inshoatlarni qurishda va kon lahimlarini o’tish jarayonlarida syomkalarni bajarish va planlarini tuzish;

  • Loyihaga amal qilinishini nazorat qilish;

Konlarni ekspluatatsiya qilishda marksheyderlar quyidagi ishlarni bajaradi:

  • Kon ishlari olib borilayotgan uchastkani asos va syomka tarmoqlari bilan ta’minlash;

  • Loyihaviy nuqtalarni, lahimlarni o’rnini joyga ko’chirish;

  • Konlarni yer osti uslubida qazishda gorizontal va Vertikal bog’lovchi syomkalarni bajarish;

  • Yer osti konlarini, lahimlarini to’liq syomkalarni bajarish;

  • Kon lahimlarida yer osti tayanch va syomka tarmoqlarini barpo qilish asosida marksheyderlik chizmalarda kon lahimlarini to’g’ri tasvirlash uchun yer osti kon lahimlarini o’z vaqtida to’liq marksheyderlik syomkasini bajarish;

  • Konlarni ochiq qazishda kon lahimlarini marksheyderlik syomkasi va hamma texnologik jarayonlarni (parmalash, portlatish, konni ochish va foydali qazilma konlarini qazish) marksheyderlik ta’minlash;

Konlarni tugatishda marksheyderlik ishlari quyidagilardan iborat:
− kon lahimlari tugash qismiga syomkani bajaradi;
− marksheyderlik chizmalarini va koordinata hisoblash jurnallarini to’ldiradi;
− kon maydonida yerni rekultuatsiya qilish bilan bog’liq marksheyderlik ishlarini tugatish;
− karyer (shaxta)ni asosiy marksheyderlik matyeriallarini arxivga noaniq muddatga saqlash uchun topshiriladi.

Yüklə 61,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə