H(A)= - p(a1)log2p(a1) - p(a2)log2p(a2)=
- 0,5log20,5 - 0,5log20,5 = 1 bit/xabar.
Bu ifodadan ko‘rinmoqdaki, 1 bit - bu alfavit manbasi ikkita teng extimollikli simvoldan tashkil topgan xolda diskret xabar manbaining bir simvoli orqali uzatilayotgan axborot miqdoridir.
Manba tomonidan birlik vaqt davomida uzatilayotgan axborotning o‘rtacha miqdori manba unumdorligi deb nomlanadi va quyidagicha aniqlanadi:
H’(A) = H(A)/T (bit/s),
bu erda T - bitta simvolni uzatish uchun ketgan o‘rtacha vaqt.
Diskret xabar uzatish kanali uchun – kanal bo‘ylab axborot uzatish tezligi R tavsifi kiritilgan. U bir sekundda uzatiladigan bitlar miqdori bilan aniqlanadi (bit/s).
Kanal bo‘ylab axborot uzatish tezligining eng yuqori imkonini beruvchi qiymatiga kanalning o‘tkazish qobiliyati deyiladi va S xarfi bilan belgilanadi.
1.3 Diskret axborot uzatish (DAU) tizimidagi signallar
Axborot uzatish tizimida signallar ikki ko’rsatgich – signalni o’zgarish moment va qabul qilishi mumkin bo’lgan ko’rsatgichlari bo’yicha to‘rt turdagi signallarga ajratiladi [2,3]:
Uzluksiz vaqtning uzluksiz signali.
Diskret vaqtning uzluksiz signali.
Uzluksiz vaqtning diskret signali.
Diskret vaqtning diskret signali.
Uzluksiz vaqtning uzluksiz signali qisqacha uzluksiz (analog) signal deb xam ataladi. Bunday signal mavjud bo‘lgan ixtiyoriy uzluksiz qiymatlarga ega bo‘lishi va ixtiyoriy momentlarda o‘zgarishi mumkin (1.3-rasm). Bunday signallarga sinusoidal ko‘rinishidagi signallar misol bo‘la oladi.
Diskret vaqtning uzluksiz signallari ixtiyoriy qiymatni qabul qilishi mumkin, lekin bu qiymatlarni qabul qilish oldindan belgilangan (diskret) ma’lum vaqt
Dostları ilə paylaş: |