Ma’ruza №14 Mavzu


Ko‘pik hosil qiluvchi reagentlar



Yüklə 119,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/16
tarix20.04.2022
ölçüsü119,85 Kb.
#85683
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
14-maruza

Ko‘pik hosil qiluvchi reagentlar

Ko‘pik  hosil  qiluvchi  reagentlarning  asosiy  vazifasi  flotatsiyalanuvchi 

mineral zarrachalar yopishib olgan havo pufakchalarini mustaxkamligini oshirish, 

pufakchalarni bir-biriga qo‘shilib ketishidan asrash, bo‘tanada havo pufakchalarini 

bir  o‘lchamda  ushlab  turish  va  pufakchalarni  harakat  tezligini  kamaytirishdan 

iboratdir.

Ko‘pik  hosil  qiluvchi  reagentlar  sirt  faol moddalar (SFM) bo‘lib,  suv-havo 

chegara  sirtlariga  o‘z-o‘zidan  shimilish  (adsorbsiyalanib),  sirt  energiyasini 

kamaytirish qobiliyatiga ega. Shimilishda polyar (qutblangan) guruh suv tomonda, 

suyuqmas, uglevodorod radikali esa uning sirtida bo‘ladi.

Ko‘pik  hosil  qiluvchi  reagentlarning  molekulalari  geteropolyar  qurilishga 

ega bo‘lib, ularning polyar guruhi, gidroksil (-

ОН

), karboksil (



СООН

), 


карбонил

 

(-



СО

),  aminoguruh  (N

Н

2

),  sulfoguruhlarga  (-



ОСО

2

ОН



 

ёки


 

СО

2



ОН

)  bo‘linishi 

mumkin.

Amalda,  gidroksil  polyar  guruhiga  ega  bo‘lgan  reagentlar  ko‘proq. 

ishlatiladi,  Sababi,  ular  minerallarga  kuchsiz  bog‘lanadi  va  flotatsiyani 

tanlovchanligini oshiradi. Karboksil, amino- va sulfoguruhli reagentlar esa qisman 

yig‘uvchi reagent xossasiga ega.

Ko‘pik hosil qiluvchi reagentlarning xossalari ko‘proq gidrofob radikalining 

qurilishiga  va  uzunligiga  bog‘liq,.  Eng  oddiysi  alifatik  radikal  (- 

СН



СН



-… 

СН



СН

3



).  Radikal  uzunligi  oshib  borgan  sari  ko‘pik  hosil  qilish  yaxshilanib 

boradi,  ammo  bu  ma’lum  uzunlikkacha  boradi.  Radikal  haddan  tashqari  uzun 

bo‘lsa, ularning ko‘pik hosil qilish qobiliyati yo‘qolib boradi, chunki uzun radikalli 

reagent  molekulalari  o‘zaro  tortishib,  assosiatlar  (agregatlar)  -  yirik  molekulalar 

hosil qiladi, bu esa ko‘pik hosil qilish qobiliyatini yo‘qotadi.

Ko‘pik  hosil  qiluvchilar  ma’lum  darajada  suvda  eruvchanlikka  ega  bo‘lish 

kerak.  Alifatik  ko‘pik  hosil  qiluvchilar  orasida  kislotalar,  aminlar  va  spirtlar, 

aromatik birikmalar ichida - spirtlar, aminlar va kislotalar suvda eriydi.




Yüklə 119,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə