Ma’ruza №14 Mavzu


Ko‘pik hosil kiluvchi reagentlarni ta’sir qilish mexanizmi



Yüklə 119,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/16
tarix20.04.2022
ölçüsü119,85 Kb.
#85683
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
14-maruza

Ko‘pik hosil kiluvchi reagentlarni ta’sir qilish mexanizmi

Ko‘pik  hosil  qiluvchi  reagent  molekulalari  havo  pufakchalariga  shimilib, 

(adsorbsiyalanib) pufakchaning gidrat pardasini mustahkamligini oshiradi. Sababi, 

reagentning  polyar  (gidrofil

ь

)  tomoni  suv  molekulalari  bilan  faol  reaksiyaga 



kirishishadi  va  o‘z  navbatida  gidrat  pardadagi  suv  molekulalari  hajmidagi  suv 

molekulalariga  nisbatan  betaraf  bo‘lib  qoladi  (ya’ni.  gidrat  pardadagi  suv 

molekulasi  bilan  hajmdagi  suv  molekulasi  orasidagi  tortishish  kuchi  kamayadi). 

Reagent  shimilgan  ikkita  pufakcha  o‘zaro  to‘qnashsa,  ular  qo‘shilib  yirik  pufak 

hosil  qilmaydi,  chunki  ularning  sirti  betaraf,  devor  mustahkam.  Agar.  reagent 

shimilmagan pufakchalar to‘qnashsa, gidrat parda yorilib, ular birlashadi va yirik 

pufakcha hosil bo‘ladi.

Suvli  muhitda  kichik  pufakchalar  sekinroq,  kattalari  esa  tezroq  harakat 

qiladi.  O‘lchamlari  bir  xil  bo‘lsada,  reagent  shimilgan  pufakcha  reagent 

shimilmagan pufakchaga nisbatan sekinroq harakat qiladi. Bunga sabab, yuqoriga 




ko‘tarilayotgan pufakchadagi reagentni suv oqimi «yuvib» pastki qismiga to‘playdi 

va  pufakchaning  tag  qismiga  o‘ziga  xos  «qattiqliq»  hosil  qiladi  va  bu  hodisa 

pufakcha harakatini sekinlashtiradi.

Pufakchaga  flotatsiyalanuvchi  mineral  zarrachalar  kelib  yopishishi  uchun 

ma’lum  vaq,t  kerak.  Demak,  pufakcha  qancha  sekin  ko‘tarilsa,  shuncha  ko‘proq 

mineral  kelib  yopishadi.  Bundan  tashqari,  tez  ko‘tarilayotgan  pufakcha  muhit 

qarshiligiga  uchrab,  unga  yopishgan  zarrachalar  suv  oqimida  «yuvilib»,  yo‘lda 

to‘kilib qolishi mumkin.

Ko‘pik hosil qiluvchi reagentlar ko‘pincha, yig‘uvchi reagentlarga o‘xshash 

qobiliyatini namoyon etadi. Buning sabablari har xil bo‘lishi mumkin:

1.  Ba’zida  ko‘pik  hosil  qiluvchi  reagentning  polyar  guruhi  mineral  yuzaga 

(kimyoviy  yoki  fizikaviy)  shimilib,  appolyar  guruhi  suv  tomonga  yo‘nalgan 

bo‘ladi. Bu esa mineral zarrani suv yuqmaslik darajasini oshiradi.

2.  Ko‘pik  hosil  qiluvchilar  kapillyar  bosimni  kamaytirish  hisobiga 

pufakchaga minerallarni mustahkamroq, yopishishiga imkon yaratadi.

3  Ba’zi  bir  hollarda,  ko‘pik  hosil  qiluvchi  reagentlar  yig‘uvchi  reagent 

eritmasini  dispersligini  oshirib,  apparat  hajmida  (muhitda)  teng  tarqalishini 

ta’minlaydi.

Ko‘pik hosil bo‘lishi - reagent molekulalarining tarkibi va qurilishiga hamda 

uning  suvdagi  konsentrasiyasiga  bog‘liq,.  Bundan  tashqari,  yaxshi  ko‘pik  hosil 

bo‘lishi uchun bir nechta omillar bor, jumladan:

1) muhitning 

рН

 darajasi. Reagent molekulasi qancha kam dissosiasiyalansa, 



shuncha  yaxshi  ko‘pik  hosil  qiladi.  Asos  xossasiga  ega  bo‘lgan  reagentlar  ishqor 

muhitda yaxshi ko‘pik beradi, kislota xossasiga ega bo‘lgan reagentlar esa kislotali 

(nordon) muhitda yaxshi ko‘pik hosil qiladi;

2) muhit harorati. Harorat ortishi bilan ko‘piklanish yaxshilanadi. Ayniksa, 

reagentning eruvchanligi haroratga bog‘iq bo‘lsa.

Ikki yoki undan ko‘p har xil ko‘pik hosil qiluvchi reagentlar birga ishlatilsa 

flotatsiya jarayonini boshqarish oson bo‘ladi.


Yüklə 119,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə