Ma’ruza №14 Mavzu



Yüklə 119,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/16
tarix20.04.2022
ölçüsü119,85 Kb.
#85683
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
14-maruza

Natriy  sulfid  (N

а

2

S)

  -  rapgli  metallar  oksidini  sulfidlash  uchun  ishlatiladi. 

Natriy sulfid suvda gidrolizlanadi:

N

а



2

S + H


2

О

 = N



а

H

С



 + 

НаО


H

(63)


Ishqor  eritmada 

С

2-



  ioni,  nordon  eritmada  H

С

-



 

ва

  N



а

2

S  ko‘proq  bo‘ladi, 



chunki

N

а



2

С

 = H



С

-

 + H



+

;

Ҳ



H

С

-



 = 

С

2-



 + H

+

Oltingugurt  ioni  sulfid  minerallarni  tazyiqlaydi,  oksidlarni  esa  sulfidlab, 



faollantiradi.

Mis  ko‘p  orosi  (

С

u

СО

4

 



  5



Н

2

О

)

  asosan  sfaleritni  faollantirish  uchun 

ishlatiladi.

Sulfat  kislota  (

Н

2

СО

4

)

  sulfid  yuzasida  hosil  bo‘lgan  oksid  pardani  yuvib 

tashlash uchun ishlatiladi.

Muhit 


рНни

  moslovchi  reagentlarga  ishqorlar,  kislotalar  kiradi.  Eng  arzon 

ishqor  oxak  hisoblanib,  so‘ndirilgan  holda  (

Са

(



ОН

)

2



)  ishlatiladi.  Uning  suvdagi 

eruvchanligi 1,26 g/l.



Flotatsiyaga zarracha o‘lchamining ta’siri

Flotasion  bo‘tanadagi  zarrachalarning  o‘lchamlari  mikrondan  to  bir  necha 

millimetrgacha  bo‘lish  mumkin..  Zarrachalarni  flotatsiyalanuvchanligi,  ko‘pincha 

ularning o‘lchamiga bog‘liq.

Zarrachalarni  optimal  kattaligi,  ularni  suvyuqmasligi  va  zichligiga  bog‘liq. 

Suvyuqmasligi  yuqori  va  zichligi  kichik  minerallarning  optimal  kattaligi  yuqori 

bo‘ladi.  O‘lchamlari  0,1  dan  0,02  mm  gacha  bo‘lgan  zarrachalar  flotatsiya  usuli 

bilan  yaxshi  ajraladilar.  O‘rtacha  o‘lchamga  ega  bo‘lgan  zarrachalar  tezroq  va 

to‘liqroq  boyitmaga  o‘tadi  hamda  ularni  flotatsiyalash  uchun  reagentlar  kamroq, 

sarflanadi.  Boyitmani  eng  toza  fraksiyalari  yirik  zarrachalardan  tashkil  topadi, 

sifatsiz  qismi  esa  mayda  zarrachalardir,  chunki  mayda  zarrachalarni 

flotatsiyalashda tanlovchanlik kamroq.

Flotatsiya chiqindisining tozaroq qismi o‘rtacha kattalikdagi zarrachalardan 

tashkil  topadi.  Yirikroq  va  o‘ta  mayda  zarrachalardan  tashkil  topgan  qismi  esa 

foydali  minerallarga  boyroq  bo‘ladi.  Chunki  yirik  va  mayda  zarrachalar  qiyinroq 

flotatsiyalanadi.  Flotatsiyada  zarracha  o‘lchamining  chegara  qiymatini  aniqlab 

olish  o‘ta  muhim  tadbirdir.  Chunki  maydalash,  yanchish  apparatlari,  quyiltirish, 

suzish,  quritish  jarayonlari  va  flotomashinalarning  unumdorligi  zarra  o‘lchamiga 

bog‘liq.  Masalan,  flotatsiyalanuvchi  zarracha  o‘lchamini  yuqori  chegarasini  0,2 

mm dan 0,3 mm gacha kattalashtirilsa, tegirmonlarni unumdorligi 30 % oshadi.

Flotasion bo‘tanada ozmi, ko‘pmi o‘lchami 3 mk kichik. bo‘lgan o‘ta mayda 

zarrachalar - shlam bo‘ladi. Bunday o‘ta mayda zarrachalar o‘ziga xos xususiyatga 

ega,  ya’ni  solishtirma  yuzasini  katta,  adsorbsiyalash  (yutish)  qobiliyati  yuqori, 

reaksion faoldir.




O‘ta mayda zarrachalar flotatsiya jarayoniga katta ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni:

- boyitmani keraksiz jins zarrachalari bilan ifloslantiradi;

- yirik zarrachalarni flotatsiyalanishini yomonlashtiradi.

Bunday salbiy ta’sir etishining sababi bir nechta:

1)  yirik  zarracha  sirtiga  yopishib  olib,  uni  flotatsiyalanish  qobiliyatini 

susaytiradi;

2)  havo  pufakchalari  sirtiga  yopishib  olib,  flotatsiyalanuvchi  mineral 

zarrachalarni pufakchaga yopishish imkoniyatini kamaytiradi;

3)  flotoreagentlarni  o‘ziga  shimib  olib,  yirik  zarrachalarga  reagent 

qoldirmaydi.

Mayda  shlamlarni  flotatsiyaga  ko‘rsatayotgan  sapbiy  ta’sirini  kamaytirish 

uchun quyidagicha tadbir ko‘riladi:

-  flotasion  bo‘tanaga  mayda  zarrachalarni  yirik  zarracha  va  havo 

pufakchalariga yopishtirmasligini ta’minlovchi peptizatorlar deb ataluvchi maxsus 

reagentlar qo‘shiladi;

- flotatsiyani suyultirilgan bo‘tanada olib boriladi;

- flotoreagentlarni bo‘lib-bo‘lib (drobnaya) qo‘shiladi;

- shlamlarni shimish qobiliyatini kamaytiruvchi reagentlar qo‘shiladi;

- shlamlarni bo‘tanadan ajratib tashlanadi va hokazo.

Flotatsiyalanuvchi  zarrachalar  o‘lchamining  yuqori  chegarasi  bo‘lib, 

kattaligi  shu  chegaradan  o‘tsa,  u  zarracha  flotatsiyalanmaydi,  chunki  pufakcha 

zarrachani  ko‘tara  olmaydi.  13-jadvalda  flotatsiyalanuvchi  zarrachalar 

o‘lchamlarini yuqori chegaralari keltirilgan.

Jadval 23. Flotatsiyalanuvchi zarrachalar o‘lchamlarini yuqori chegaralari

Zarrachalarning flotatsiyalash mumkin bo‘lgan eng katta 

o‘lchami, mm

Minerallar

Nazariy

Amaliy

Sulfidlar

2-4

0,15-0,25



Sulfidmaslar

3-5


0,2-0,3

Ko‘mir


10-15

1-2


Oltingugurt

6-8


0,5- 1,0

Kabanov-Frumkin tomonidan nazariy ishlab chiqilgan tenglama yordamida 

hisoblangan zarracha kattaligi amaldagi zarracha kattaligiga to‘g‘ri kelmasligi 

mumkin. Buning sababi, hisoblashda pufakchaga yopishib turgan zarrachani, 

undan uzilib tushish kuchi statik sharoitda faqat zarracha massasi bilan o‘lchangan. 

Amalda esa, zarrachani uzilib tushishi ko‘proq inersiya kuchiga bog‘liq.

Katta zarrachalarni flotatsiyalash uchun quyidagi sharoitlarni yaratish kerak:

1. Eng faol yig‘uvchi reagentlarni sarfini ko‘paytirib zarrachani suvyuqmaslik 

darajasini oshirish;



2. Zarrachani pufakchaga yopishishini mustahkamlovchi appolyar reagentlar 

qo‘shish;

3. Bo‘tanadagi pufakchalar sonini ko‘paytirish (aerasiyani oshirish). Bo‘tanadagi 

havo miqdorini (pufakchalar sonini) oshirilganda yirik zarrachani ko‘tarib 

ketayotgan pufakchaning orqasidan ko‘tarilayotgan pufakcha, yuqoridagisini 

ko‘tarilishiga yordam berib, zarrachani sirg‘anib tushib ketishidan asraydi, ya’ni 

yirik zarracha bir emas bir nechta pufakcha yordamida yuqoriga ko‘tariladi.

4. Flotatsiyaning o‘rta qismida inersiya kuchini kamaytiruvchi, bir maromdagi 

sekin oqim hosil qilish;

5. Flotomashinaning yuqori qismida qalinligi uncha katta bo‘lmagan, sokin ko‘pik 

qatlam hosil qilish, flotomashinadan ko‘pikni ehtiyotlab sidrib olish (zarracha 

to‘kilib ketmasligi uchun).

Flotatsiyalanuvchi zarrachalarni yirikligini oshirish yo‘lida juda ko‘p olimlar (N.B. 

Matveyenko, N.F.Mesheryakov, V,A. Malinovskiy va boshqalar) ilmiy tadqiqot 

ishlarini olib borganlar. Jumladan, V.A.Malinovskiy flotatsiyaga tayyorlangan 

bo‘tanani ko‘pik qatlam yuzasiga berib, zarrachani yuqori yiriklik o‘lchamini 

oshirishga muyassar bo‘lgan. Bunga sabab, bo‘tana ko‘pik qatlamiga berilganda 

yirik zarracha bir emas, bir nechta pufakcha bilan uchrashadi, inersiya kuchi 

bo‘lmaydi. Tajribalar natijasida, bo‘tanani ko‘pik qatlamiga berilganda silvinit 

zarrachasini 4 mm, fosforitnikini 2 mm, arsenopiritnikini 3 mm va ko‘mir 



zarrachasini 6 mm kattalikgacha flotatsiyalanishi isbotlangan.

Yüklə 119,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə