Ma’ruza №14 Mavzu



Yüklə 119,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/16
tarix20.04.2022
ölçüsü119,85 Kb.
#85683
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
14-maruza

3.  Moslovchilar

 

(регуляторы).



  Bu  toifadagi  reagentlar  faqat  ko‘pikka 

o‘tishi  kerak  bo‘lgan  mineral  yuzalarini  yig‘uvchi  reagentlar  bilan  reaksiyaga 

kirishiga  tayyorlab  beruvchi  va  jarayonni  tanlovchanligini  oshirishga  xizmat 

qiluvchi  moddalardir.  Moslovchi  reagentlar  o‘z  navbatida  faollashtiruvchi, 

(aktivatori) taziqlovchi (deprossori) va muhitni sozlovchi guruhlarga bo‘linadilar.

Mineral yuza va havo pufakchalariga reagentlarni shimilib olish 

shakllari

Mineral  yuza  va  havo  pufakchalariga  reagentlarni  yopishib  olishi  so‘rilish 

(sorbsiya) hodisasi negizida yuz beradi. So‘rilish jarayoni fizikaviy yoki kimyoviy 

bo‘lishi  mumkin.  Fizikaviy  va  kimyoviy  sorbsiyalarni  o‘zaro  umumiyligi  va  bir-

biridan  farqi  bo‘lib,  suvda  erigan  reagentlarni  qattiq  faza  yuzasiga  so‘rilishi 

(adsorbsiya) fizikaviy so‘rilishdan kimyoviy so‘rilishga yoki kimyoviy so‘rilishdan 

fizikaviy so‘rilishga o‘tib turishi mumkin.



Fizikaviy va kimyoviy so‘rilishning umumiyligi shundan iboratki, jarayonlar 

o‘z-o‘zidan  amalga  oshadi  va  sistemaning  erkin  energiyasini  kamayishi,  ya’ni 

jarayon ma’lum miqdorda issiqlik ajralib chiqishi bilan boradi.

 Fizikaviy  va  kimyoviy  so‘rilishning  bir-biridan  farqi  shundan  iboratki, 

fizikaviy so‘rilishda yutiluvchi modda bilan yutuvchi moddani (qattiq jism durlik 

panjarasini)  ikkita  alohida  sistema  deb  qaraladi,  chunki  bunda  elektron  almashuv 

jarayoni  bo‘lmaydi.  Yutiluvchi  moddani  qattiq  jism  durlik  panjarasiga  o‘rnashib 

olishi molekulalararo tortishish kuchi hisobiga yuz beradi.

Kimyoviy  so‘rilishda  esa,  energiyaga  nisbatan  yutiluvchi  va  yutuvchi 

moddalarni butun bir sistema deb qarash mumkin, chunki bunda elektron almashuv 

hodisasi yuz beradi.

Qo‘shimcha qilib, quyidagilarni aytish mumkin:

1)  Fizikaviy  so‘rilishda  ajralib  chiqqan  issiqlik  miqdori  ozroq,  mutanosib 

ravishda  kuchsiz  bog‘lanish  bo‘ladi  (qattiq  faza  yuzasiga  so‘rilgan  reagentni  suv 

bilan  osongina  yuvib  tashlash  mumkin).  Qattiq  faza  yuzasida  reagent  teng 

tarqalgan.

2)  Kimyoviy  so‘rilishda  esa,  issiqlik  ko‘proq  ajralib  chiqadi,  kuchli 

kimyoviy  bog‘  hosil  qiladi,  yuqori  tanlovchanlikka  ega.  Reagent  oldin  qattiq 

zarrachaning  faol  joylrga  o‘rnashadi.  Faol  joylar  to‘lgandan  keyingina,  boshqa 

joylarga o‘rnashishi mumkin.

3)  Fizikaviy  so‘rilish  juda  tez  o‘tadi  va  haroratga  unchalik  bog‘liq 

bo‘lmaydi. Kimyoviy so‘rilishning tezligi esa haroratga bog‘liq bo‘ladi.

Reagentlarning  suvli  eritmalari  minerallar  bilan  quyidagicha  kimyoviy 

reaksiyaga kirishadi:




Yüklə 119,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə