Ma’ruza №14 Mavzu


Yig‘uvchi reagentlarning birgalikda ta’siri



Yüklə 119,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/16
tarix20.04.2022
ölçüsü119,85 Kb.
#85683
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
14-maruza

Yig‘uvchi reagentlarning birgalikda ta’siri

Flotatsiya  amaliyoti  ko‘rsatadiki,  ikkita  reagentni  birgalikda  ishlatilganda 

bitta reagentni ishlatilgandagiga nisbatan flotatsiya ko‘rsatgichlari yuqori bo‘ladi. 

Masalan,  galenitni  butilksantogenat  bilan  flotatsiyalanganda  ajratib  olish  50%, 

oleat bilan flotatsiyalaganda 60% tashkil qilgan. Ikkalasini 1:1 nisbatda olib, ularni 

sarfi 75 g/t bo‘lganda esa ajratib olish 90% tashkil qilgan.

Bu  reagentlarni  bir-biridan  farqi  katta.  Ksantogenat  –  sulfgidril  yig‘uvchi 

reagent,  oleat  esa  oksigidrillar  toifasiga  mansub.  Uglevodorodlar  soni  – 

ksantogenat molekulasida 4 ta, oleat molekulasining uglevodorod radikali zanjirida 

17  tani  tashkil  qiladi.  Har  xil  sinfga  mansub  reagentlarni  birgalikda  ishlatilganda 

bunchalik katta effekt berish sababini quyidagicha tushuntirish mumkin:

Ma’lumki, mineral yuza energiya nuqtai nazaridan bir xil emas. Bitta reagent 

ishlatilsa, u energiyasiga mos kelgan mineral yuza uchastkasiga shimiladi, boshqa 

joylar  esa  bo‘sh  qoladi.  Agar,  ikkita  reagentni  (masalan,  kuchli  va  kuchsizni) 

birgalikda  ishlatilganda  har  bir  reagent  mineral  yuzadagi  o‘ziga  mos  bo‘lgan 

uchastkalarga joylashadi. Bu esa reagentlarni mineral yuzada teng tarqalishiga olib 

keladi  va  adsorbsion  qatlam  zichligi  oshadi.  O‘z  navbatida  flotatsiya 

ko‘rsatgichlari yuqori bo‘ladi.




Yüklə 119,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə