Maruza №2 Каrerlarda havfsizlikning umumiy qoidalari


Karerda piyodalar harakatlanishi



Yüklə 17,69 Kb.
səhifə3/3
tarix05.10.2023
ölçüsü17,69 Kb.
#125586
1   2   3
2-ma\'ruza

Karerda piyodalar harakatlanishi
Odamlar karerda (razrezda) harakatlanishi maxsus tashkillashtirilgan yo`laklar yoki yuksiz avtomobillar yuradigan yo'llarining chekkasida avtomobil harakatining harakat yo’nalishi bo’yicha belgilanadi.
Kechasi temir yo'llar va avtomobil yo'llaridan o'tish joylari va piodalar yo’laklari yoritilishi kerak. Odamlarning portlatilgan tosh massasi ustunidan harakatlanishiga faqat maxsus ishlab chiqarish ehtiyoji bo'lsa va texnik nazorat shaxsining har biriga alohida ruxsat berilsa ruxsat etiladi.
Karerlarda ishchilarni ish joyiga etkazish, agar ish joyigacha bo'lgan masofa 2 km dan oshsa va ishning chuqurligi 100 m dan ortiq bo'lsa, bu maqsadda maxsus jihozlangan transport vositasida tashkillashtirilishi kerak. Odamlarni tashishda, transportga o’tirish joylari gorizontal bo'lishi kerak. Odamlarni o'zi to’kar vagonlarida, yuk ko'taruvchi yuk vagonlarida , yuk mashinalari kuzovlarida va shu maqsadda jihozlanmagan konveyerlarda tashish taqiqlanadi. Pog’onalar orasidagi aloqa uchun qorong’i vaqtida yoritiladigan, ikki tomonlama tirgaklar bilan g’ihozlangan zinapoyalarni 60 ° dan ortiq bo'lmagan burchakda o'rnatilish kerak yoki qiyaligi 20 ° dan oshmagan buldozer sezdlari qurilishi kerak. 10 m dan oshiq balandlikdagi marshrutli zinapoyalar gorizontal platformalar bilan kamida 0,8 m kengligida, 15 m dan oshmaydigan balandlikda o’rnatilishi kerak, narvon uzunligi bo'ylab masofa va o'rnatish joylari ma'danlarni ishlab chiqarish rejasi bilan belgilanadi. Zinadan narvon va platformalar qor, muz, loydan muntazam tozalanishi va kerak bo'lganda qum sepilgan bo'lishi kerak.Sanoatgeokontexnozarat tomonidan tasdiqlangan mexanizatsiyalashtirilgan vositalar (eskalatorlar va h.k.) bilan odamlarni tashish uchun foydalanish mumkin. Konveyer tasmalari orqali o'tishga faqatgina 0,8 m. kengligida o'tadigan o'tish ko'prigi bo'ylab, kamida 1 m balandlikda ushlagichlar bilan jihozlangan ko'prikdan o’tishga ruhsat etiladi.Konveyerlar tagidan odam va transport o’tish g’oylarida odamlarni tepadan tashilayotgan materiallar bo’laklari tushishidan saqlovchi himoya vositalari qrnatilgan bo’lishi kerak.
Poezdlar va lokomotiv kabinalariga chiqish poezdlar bilan birga bo'lgan shaxslarga, shuningdek, ma'muriyatning yozma ruhsati bo'lsa , nazorat qiluvchi tehnik hodiml ar va individual ishchilarga ruxsat etiladi.
Quyidagilar taqiqlanadi:
- pog’onalarning surilish havfi bolgan hududida va pog’onaning pastki qoshi yaqinida turish ;
- bevosita kavjoyda va pogona qirrasida , mehanizmlar ishchlaydigan havfli hududda , transport harakatlanadigan yo’llarda dam olish ;
Yüklə 17,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə