Son
|
Belgisi
|
Rim
raqamlarida
| |
Mazmuni
| | |
To'rt
|
4
|
IV
|
5-1
|
Olti
|
6
|
VI
|
5+1
|
To'qqiz
|
9
|
IX
|
10-1
|
O'n to'rt
|
14
|
XIV
|
10+(5-1)
|
O'n to'qqiz
|
19
|
XIX
|
10+(10-1)
|
Qirq besh
|
45
|
XXXXV
|
10+10+10+10+5
|
Qirq to'qqiz
|
49
|
IX
|
50-1
|
Bir yuz
oltmish sakkiz
|
168
|
CLXVIII
|
100+5=+10+5+3
|
Bir ming to'qqiz
yuz to'qson yetti
|
1997
|
MCMXCVII
|
1000+(1000-100)+(100-10)+5+2
|
E'tibor qilgan bo'lsangiz, biror sondan boshqa sonni ayirish kerak bo'lsa, ayiriladigan son ayriluvchidan chapda, qo'shiladigan bo'lsa, uning o'ng tomoniga yoziladi.
Bu sistemaning qoidasiga ko'ra, sonning miqdori osha borgan sari undagi belgilar soni ko'payib boradi. Bu hol noqulaylikka olib keladi. Shuning uchun ham mazkur tizimda belgilar sonini kamaytirish maqsadida maxsus usullardan foydalaniladi. Tanlangan belgilar orasidagi sonni ifodalashda unga eng yaqin belgi asosiy belgi etib belgilanadi. Masalan, biz 49 sonini XXXXIX ko'rinishda ham yozishimiz mumkin edi. Ammo belgilar sonini kamaytirish maqsadida miqdor bo'yicha teng, ammo yozuvi qisqa ko'rinishda bo'lgan IL shaklini qabul qilamiz.
Ma'lumki, bu sistemada sonlar ustida arifmetik, algebraik amal bajarish juda qiyin. Buning uchun biror mexanizm yoki vositadan foydalanishning imkoni yo'q.
Qadimdan qo'llanilib kelayotgan cho'tda rim raqamlarini ifodalab bo'lmaydi. Bo'lgan taqdirda ham pozitsiya tushunchasi mavjud bo'lmaganligi uchun bu raqamlarda biz qo'llaydigan arifmetik amallarni qo'llash mumkin emas.
Quyida arab raqamlari orqali yozilgan sonlarni rim raqamlari yordamida ifodalashga misollar keltiramiz:
1) 77 soni rim raqamlari yordamida LXXVII ko'rinishda ifodalanadi.
2) 1960 soni rim raqamlari yordamida quyidagicha ifodalanadi:
1 = I; 5 = V; 10 = X; 50 = L; 100 = C; 500 = D; 1000 = M ligidan hamda
1960=1000+900+60=1000+500+400+50+10 ekanligini inobatga olib, berilgan 1960 sonini quyidagicha ifodalash mumkin: 1960 = MDCDLX
Son tarkibidagi belgilarni ham kamaytirish mumkin. Buning uchun 900 ni DCD (ya'ni 500+(500-100) kabi) ko'rinishda emas, balki CM (ya'ni 1000-100) ko'rinishda yozsak, unda 1960 soni rim raqamlari yordamida MCMLX shaklga ega bo'ladi.
Rim raqamlari hayotda keng tatbiq topmadi, ammo ularni uchratib turamiz, masalan, soat belgilarida, kitob boblarini belgilashda, ba'zan taqvimnoma oylarini yozishda bu hanuzgacha ishlatiladi.
Pozitsiyali sanoq sistemasining qulayligi shundaki, unda katta sonlarni kam miqdordagi raqamlar bilan ifodalash mumkin. Undan tashqari ulardagi sonlar ustida arifmetik amallarni bajarish ancha qulaydir.
Dostları ilə paylaş: |