11. Mavzuni asoslash.
Tibbiyotda pikarno- va rabdoviruslar o‘zining o‘ta yuqumliligi, o‘lim ko‘rsatkichining yuqoriligi, nogironlikka tez olib kelish xususiyatlari bilan boshqa infeksiyalardan tubdan farq qiladi. Ushbu kasalliklar epidemiologiyasi, patogenezi, klinik belgilari, diagnostikasi va profilaktikasini har bir shifokor bilishi zarur. Ushbu kasalliklar yuzaga kelganda ko‘riladigan umumiy va maxsus chora-tadbirlar vaqtida o‘tkazilmasa, shifokorlar tekshirish uchun bemordan matyerial olishni to‘g‘ri tanlay bilmasa, aholi o‘rtasida bu kasallik keng tarqalib ketishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |