Ma’ruza Mashg’ulotlarining ta’lim texnologiyasi


Mashg‘ulotning xronologik kartasi



Yüklə 23,57 Mb.
səhifə89/175
tarix29.01.2022
ölçüsü23,57 Mb.
#83245
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   175
Mashg‘ulotning xronologik kartasi:



Mashg‘ulot bosqichlari

Mashg‘ulot shakli

Davomiyligi (180 minut)

1

O‘qituvchining kirish so‘zi (mavzuni asoslash)

informasiya

5

2

Talabalarning nazariy bilim darajalarini yangi texnologiya usullari yordamida baholash

tushuntirish, so‘rov

50

3

O‘qituvchini mavzu bo‘yicha umumlashtirishi

informasiya

10

4

Mavzuni O’zlashtirish%i uchun talabalarga ko‘rsatma matyeriallarni tarqatish: mikropreparatlar, mikroblar o‘stirilgan oziq muhitlar

Namoyish

15

5

Mashg‘ulotni amaliy qismini O’zlashtirish%i bo‘yicha talabalarning mustaqil ishlari

surtmalar tayyorlash, bo‘yash. Presipitasiya reaksiyasini qo‘yish.

50

6

Amaliy ish natijalarini muhokama qilish va talabalarni bilim darajalarini baholash

so‘roq, muhokama natijalarini tekshirish

35

7

Har bir talabani 100 balli sistema bo‘yicha baholash va e’lon qilish

informasiya

10

8

Mashg‘ulot bo‘yicha o‘qituvchining yakuniy so‘zi va kelgusi mashg‘ulot mavzusini e’lon qilishi

informasiya, mustaqil shug‘ullanish uchun savollar

5

JAMI:

180 minut

11-mavzu. Me’yorda va patologiyada og‘iz bo‘shlig‘i immun tizimining ahamiyati. Og‘iz bo‘shlig‘i mahalliy himoya omillari va ularni o‘rganish usullari.

Oxirgi o‘n yillikda klinik amaliyotga immunologik tahlillarning keng tadbiq etilishi shuni ko‘rsatdiki, og‘iz bo‘shlig‘ining ko‘p kasalliklari, asosan turli yallig‘lanishli jarayonlar organizmning umumiy immun holatiga va og‘iz bo‘shlig‘ining mahalliy himoya omillariga bevosita yoki bilvosita bog‘liq.

Adabiyotlarda, og‘iz bo‘shlig‘ining kasalliklari patogenezida immunitetning o‘rni shubhasizligi isbotlangan juda ko‘p ilmiy ishlarning natijalari yoritilgan (Oleynik I.I. va boshq., 1983, 1987; Sarev V.N., 2010).

Shilliq qavatlar bilan qoplangan a’zo va to‘qimalarning yallig‘lanishi bilan kechadigan kasalliklarda, nafaqat umumiy, balki

turli xil mahalliy maxsus va nomaxsus himoya omillari ham muhim ahamiyatga ega ekanligi aniqlandi. Bundan tashqari, shilliq qavatlar immuniteti umumiy immunitetning bir ko‘rinishi hisoblanmay, balki o‘zi mustaqil tizim bo‘lib (asosan, sIgA ishlab chiqarilishida), aksincha umumiy immunitetning shakllanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli ham shifokor-stomatolog bemorning umumiy holati bilan birga immun statusi hamda og‘iz bo‘shlig‘i mahalliy himoya omillari holatini ham to‘g‘ri baholay olishi lozim. Aniq bir bemorning immuniteti holatini to‘g‘ri baholay olish nafaqat uni davolashda, balki boshqa ko‘pgina stomatologik kasalliklarining profilaktikasida ham yordam byeradi.

Bemorlarni tekshirishda immunologik usullarni keng qo‘llash bilan bir qatorda, immun statusga ta’sir ko‘rsatuvchi ichki va tashqi omillar (ekologik, fizik-kimyoviy, biologik) ta’sirini ham hisobga olish va ularni chuqur o‘rganish lozim. Ushbu omillarning inson organizmiga ta’siri yaxshi o‘rganilmasa, bemorni immunologik tekshirish natijalari to‘g‘ri baholanmaydi va bemor noto‘g‘ri davolanadi.

Ma’lumki, antigen ta’siriga immun tizimning javob byerishi yoki byermasligini maxsus genlar nazorat qiladi. Shu bilan birgalikda, bir antigen ta’sirida yuzaga keladigan u yoki bu darajadagi maxsus reaksiyaga bir qator omillar ham ta’sir ko‘rsatadi va o‘z navbatida, kasallikning kechishi, og‘irligi va natijasi ularga ham bog‘liq bo‘ladi. Organizm reaktivligini pasayishiga ko‘pincha doimiy ta’sir ko‘rsatuvchi ekologik omillar sababchi bo‘ladi. Bu omillar organizmning umumiy immun tizimiga va shu bilan birga, og‘iz bo‘shlig‘i mahalliy himoya tizimiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Bunday ekologik omillarga iqlim sharoitlari va yil fasllari, atrof- muhitning kimyoviy zararlanishi, biologik va fizik omillar, asosan,

elektromagnit to‘lqinlar, shovqinlar, nurlanish hamda qattiq asabilashish va ruhiy shikastlanishlar kiradi.

Hozirgi vaqtda, janubda yashovchi aholida organizm reaktivligi yuqoriroq, shimolda yashovchilarda esa pastroq degan fikrlar mavjud. Iqlim sharoitlari immunologik bir-xillik yaratadi, chunki odam boshqa iqlim sharoitlariga tushganida uning organizmi reaktivligi pasayadi va ularda og‘iz bo‘shlig‘ining turli kasalliklarini kelib chiqish darajasi ortadi.

Og‘iz bo‘shlig‘ining himoya mexanizmlari 2 guruhga bo‘linadi:

1. Nomaxsus rezistentlik - barcha mikroorganizmlar (yot omillar) ta’siriga chidamlilik.

2. Maxsus (immun) - mikroorganizmlarning ma’lum bir turlariga qarshi ishlab chiqariladigan immun javob.

Kariesogen va boshqa turli baktyeriyalarga qarshi og‘iz bo‘shlig‘ining nomaxsus himoya omillari, so‘lakning mikroblarga qarshi xossaslari va shilliq, shilliq osti qavati xujayralarining to‘siq bo‘la olish vazifasi bilan ta’minlanadi.

Nomaxsus himoya omillari. Makroorganizmning nomaxsus himoya omillarini mexanik‚ kimyoviy va fiziologik ta’sir mexanizmlari farqlanadi.

Mexanik himoya, shikastlanmagan shilliq qavatning to‘siq bo‘la olish vazifasi orqali, ya’ni mikroorganizmlarning so‘lak bilan yuvilishi‚ ovqatlanish jarayonida shilliq qavatlarni tozalanishi‚ baktyeriyalar adgeziya bo‘lgan epiteliy hujayralarining ko‘chishi kabilar bilan ifodalanadi.

So‘lak, mikroorganizmlarni yuvib turishidan tashqari, tarkibida biologik faol moddalar bo‘lganligi sababli ularga baktyerisid ta’sir ham ko‘rsatadi.

Kimyoviy va fiziologik himoya mexanizmlari. So‘lakdagi lizosim (asetilmuramidaza fyermenti) — mukolitik fyerment bo‘lib‚ u

organizmning barcha sekretor suyuqliklarida, ayniqsa ko‘z yoshi‚ so‘lak va balg‘amda ko‘p miqdorda bo‘ladi. Lizosim bir qator mikroorganizmlarning, birinchi navbatda, grammmusbat baktyeriyalarning hujayra qobig‘ini lizis qiladi. Bundan tashqari, u leykositlarning fagositar faolligini oshiradi‚ biologik to‘qimalar regenyerasiyasida qatnashadi. Lizosimning tabiiy ingibitori geparin hisoblanadi. Lizosim kislota va ultrabinafsha nurlari tasiriga sezgir.

So‘lak fyermentlarining himoya vazifasi mikroorganizmlarni og‘iz shilliq qavatlariga va tish yuzasiga adgeziya bo‘lishini buzishda namoyon bo‘ladi. Bunda, so‘lak fyermentlari Str. mutans kariesogen shtammining hujayrasini yuzasida joylashgan dekstranlarni parchalab‚ baktyeriyani tish yuzasiga fiksasiya qila olish qobiliyatini buzadi, natijada tish kariesi yuzaga kelishining oldi olinadi. Odamning aralashgan so‘lagida 60 dan ortiq ta’siri turlicha bo‘lgan fyermentlar aniqlangan. Bular orasida oqsil‚ nuklein kislota va uglevodlarni parchalovchi fyermentlar (proteazalar‚ glikolitik fyermentlar) yuqori faollikka ega.

Beta-lizinlar - baktyerisid omillar bo‘lib‚ anaerob va spora hosil qiluvchi aerob mikroorganizmlarga nisbatan faol ta’sir ko‘rsatadi.

Komplement – qon zardobining polimolekulyar oqsillari to‘plami bo‘lib, uning asosiy biologik vazifalari baktyeriyalarni lizisga uchratish va fagositozni kuchaytirish hisoblanadi. Komplement baktyeriya va viruslar opsonizasiyasida hamda yallig‘lanishni yuzaga kelishida qatnashadi.

Fagositoz – filogenetik jihatdan organizmning eng qadimgi nomaxsus himoya reaksiyasining shakli bo‘lib, I.I. Mechnikov tomonidan kashf etilgan. Odam aralashgan so‘lagida doimo milk cho‘ntaklari epiteliysi orqali og‘iz bo‘shlig‘iga tushadigan leykositlar

va limfositlar bo‘ladi. Fagositozda asosiy vazifani neytrofil granulositlar va makrofaglar bajaradi (9-rasm). Ular mikroorganizmlar, boshqa hujayra va zarrachalarni qamrab olib‚ ularni lizosomalaridagi proteaza‚ peptidaza‚ nukleaza‚ fosfotaza‚ lipaza‚ karboksilaza kabi fyermentlari yordamida parchalaydi. Bundan tashqari, neytrofil fagositlar proteolitik fyermentlar, elastazalar, D va E katepsinlarni ajratadi‚ shilliq pardaning chandiqli o‘zgarishlarini rezorbsiyasida qatnashadi va immun birikmalarni kapillyarlarning bazal membranasiga birikishini ta’minlaydi.

9- rasm. Tugallanmagan fagositoz

Og‘iz bo‘shlig‘iga migrasiya qilgan leykositlar so‘lakning baktyeriyalarga qarshi faolligining asosiy manbai bo‘lib xizmat qiladi. Shilliq qavatga tushgan neytrofil leykositlar o‘zining fagositoz qila olish qobiliyatini saqlab qoladi. Bundan tashqari, so‘lakda T- va V- limfositlar ishlab chiqaradigan antibaktyerial moddalar bo‘ladi, ular halqumning limfatik halqasidan migrasiya qiladi.

Baktyeriyalarga qarshi himoyaning gumoral va hujayraviy omillari o‘zaro uzviy bog‘liq. So‘lakning bir qator komponentlari – oksidaza

fyermenti, so‘lak kallikreini va uning ishtirokida hosil bo‘luvchi kininlar – kuchli xemotaksik faollikka ega bo‘lib, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatlariga amalga oshadigan leykositlar migrasiyasini nazorat qiladi. Kininlar xemotaksik ta’sirdan tashqari, og‘iz bo‘shlig‘i to‘qimalaridagi qon tomirlar o‘tkazuvchanligining oshishi bilan ham leykositlar migrasiyasini amalga oshiradi. Og‘iz bo‘shlig‘ining nomaxsus baktyeriyalarga qarshi himoyasini asosan, so‘lak bezlari ishlab chiqaradigan va u joyga migrasiya qilgan leykositlar ishlab chiqaradigan lizosim, RNKaza, DNKaza, pyeroksidaza kabi fyermentlar ta’minlaydi. Shuni ta’kidlash lozimki, ushbu fyermentlar baktyeriyalar, viruslar, zamburug‘lar va sodda hayvonlarning o‘sishini to‘xtatadigan, mikroorganizmlarga qarshi keng doirada ta’sir etuvchi faollikga ega.

Og‘iz suyuqligi, tarkibida koagulyasiya qiluvchi va fibrinolitik ta’sir etuvchi omillari borligi tufayli koagulyasiya qila olish xossalariga ham ega. Uning bu xususiyati mahalliy gomeostazni ta’minlashda, og‘iz bo‘shlig‘ini tozalanishida, yallig‘lanish, regenyerativ va boshqa jarayonlarning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.

Bundan tashqari, so‘lakda fibrinaza fyermenti va protrombin kompleksiga kiruvchi tromboplastin, geparinga qarshi substansiya va boshqa omillar ham mavjud.

Immunitet deb makroorganizmning unga tushgan antigenga nisbatan tanlab ta’sir etish xususiyatiga aytiladi. Mikroblarga qarshi maxsus himoyaning asosiy omili immun gamma-globulinlar (immunoglobulinlar) hisoblanadi.

Immunoglobulinlar – antitelo vazifasini bajaruvchi va globulin fraksiyasiga tegishli bo‘lgan qon zardobi yoki biologik sekretlarning himoya oqsillari. Immunoglobulinlarning 5 ta sinfi farqlanadi: A, G, M, E, D (10-rasm). Og‘iz bo‘shlig‘ida IgA, IgG, IgM ko‘p

uchraydi. Ta’kidlash lozimki, og‘iz bo‘shlig‘idagi immunoglobulinlarning miqdori qon zardobi va ekssudatlardagiga nisbatan farq qiladi. Agar odam qon zardobida asosan, IgG ko‘p bo‘lib, IgA kam miqdorda bo‘lsa, so‘lakda IgA miqdori IgG ga nisbatan

100 baravar ko‘proq bo‘ladi. Bu ko‘rsatkichlardan taxmin qilish mumkinki, so‘lakdagi maxsus himoyani asosan, A sinf immunoglobulinlari amlga oshiradi.

Organizmda IgA ning ikki turi mavjud: zardobdagi va shilliqdagi (sIgA). Zardobdagi IgA tuzilishi bo‘yicha IgG dan juda kam farq qiladi va ikki juft polipeptid zanjirdan tashkil topgan bo‘lib, ular o‘zaro disulfid bog‘lar orqali bog‘langan. Sekretor IgA turli xil proteolitik fyermentlar ta’siriga chidamli. Sekretor IgA molekulasidagi fyermentlar ta’siriga ta’sirchan peptid bog‘lar, sekretor komponentning qo‘shilishi natijasida byerkilib qoladi degan taxminlar ham mavjud. Bu proteolizga chidamlilik muhim biologik ahamiyatga ega.

sIgA - glyukoprotein tabiatga ega shilliq komponent bilan so‘lakning proteolitik fyermentlaridan himoyalangan dimyer yoki trimyer makromolekula. Ushbu o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra, sIgA ni uzoq vaqtgacha virus va baktyeriyalarga qarshi yagona omil deb hisoblashgan. Ammo oxirgi yillarda, sIgA ga nisbatan IgM, IgG larning miqdori kamroq bo‘lsa-da, so‘lakda o‘z faolliklarini saqlab qolishlari aniqlandi.

Sekretor immunoglobulinlarning kelib chiqishida, mahalliy sintez qilinishi muhim ahamiyatga ega. Zardobdagi va shilliqdagi IgA lar tuzilishi va xossalari jihatidan bir-biridan farq qilishi hamda zardobdagi immunoglobulinlar va ularning shilliqdagi miqdorlari orasidagi korrelyasiyaning yo‘qligi ushbu xulosaning to‘g‘riligini tasdiqlashga xizmat qiladi.



А) IgG (G синф иммуноглобулини қон зардобидаги антителоларнинг 80 % ини ташкил этади; 4 та кичик синфи бор - IgG1, IgG2, IgG3, IgG4):

  1. Ярим парчаланиш даври 7-23 кун (кичик синфига боғлиқ).

  2. Мономер: 2 та эпитоп-боғловчи қисмга эга.

  3. Fc-фрагмент комплементни классик йўл билан фаоллашишида қатнашади.

  4. Fc-фрагмент макрофаг, нейтрофил ва NK- ҳужайралар билан боғланиши мумкин.

  5. Йўлдош орқали ўта оладиган ягона антитело.

Б) IgМ (М синф иммуноглобулини қон зардобидаги антителоларнинг 10 % ини ташкил этади):

  1. Ярим парчаланиш даври 5 кун атрофида.

  2. Иммун жавобда биринчи бўлиб синтез қилинади.

  3. Пентамер: 10 та эпитоп-боғловчи қисмга эга.

  4. Fc-фрагмент комплементни классик йўл билан фаоллашишида иштирок этади.

В) IgА (А синф иммуноглобулини қон зардобидаги антителоларнинг 9 % ини ташкил этади; 2 та синфчаси бор – IgА1, IgА2)

Ярим парчаланиш даври 5 кун атрофида.



Г) Секретор IgA (sIgA) шиллиқ қаватлар, кўз ёши, сўлак, она сути таркибига кириб, вирус ва бактерияларни бетарафлайди. Димерида секретор компонент бўлиб, у антителони ферментлар таьсиридан сақлайди: эпитоп–боғловчи қисми 4та

Д) IgD (Д синф иммуноглобулини қон зардобидаги антителоларнинг 0,2 % ини ташкил этади):

    1. Мономер: 2 та эпитоп-боғловчи қисмга эга.

    2. В-лимфоцитлар юзасида mIg кўринишида жойлашади ва унинг фаоллашуви ва сусайишини назорат қилади.

Е) IgЕ (иммуноглобулин Е қон зардобидаги антителоларнинг 0,002 % ини ташкил этади):

  1. Ярим парчаланиш даври 2 кун атрофида.

  2. Мономер: 2 та эпитоп-боғловчи қисмга эга.

  3. Паразитларга қарши иммунитет ва аллергик жараёнларда қатнашади.

  4. АТ Fc-фрагменти семиз ҳужайралар ва базофиллар билан боғланади, аллерген билан таъсирлашиб, аллергик реакция келтириб чиқаради.

10 - rasm. Immunoglobulinlarning tuzilishi

I Bundan tashqari, zardobdagi IgA ishlab chiqarilishi buzilgan hollarda (masalan, A-mieloma, disseminirlangan qizil volchankada uning miqdori keskin ortadi), shilliqlarda uning miqdori me’yorda saqlangan holatlar ham aniqlangan.

A sinf immunoglobulini shilliq qavat plazmatik hujayralari va so‘lak bezlarida sintez qilinadi. Mahalliy sintez qilinishi bo‘yicha IgM miqdor jihatdan IgG dan ustunlik qiladi (qon zardobida esa, aksincha, IgG miqdori ko‘proq bo‘ladi). IgM ning epitelial to‘siqdan tanlanib o‘ta olish mexanizmi mavjudligi tufayli, sekretor IgA tanqisligida, so‘lakda IgM ning miqdori ortadi. So‘lakda IgG ning miqdori kam bo‘ladi va IgA yoki IgM tanqisligida ham uning miqdori o‘zgarmaydi.

gG ning yuqori miqdori uni onadan bolaga yo‘ldosh orqali o‘ta olishi va Fc-qismining tuzilishini o‘ziga xosligi bilan bog‘liq. Onadan o‘tgan IgG ning chaqaloq organizmidagi yarim parchalanish davri o‘rtacha 30 kunni tashkil qiladi, shuning uchun ham birinchi 3 oyda IgG miqdorining kamayishi kuzatiladi, bu jarayon o‘sayotgan bolada qon hajmining oshib borishi bilan kuchayib boradi. Keyinchalik onadan o‘tgan IgG ning parchalanish tezligidan bola IgG ning sintez qilinishi tezligi ortib boradi va bu sinf immunoglobulinlarining miqdori asta-sekin oshib boradi.

Immunoglobulinlarning boshqa sinflari yo‘ldosh orqali o‘ta olmaydi, kindik qonidagi kam miqdordagi IgM, uni chaqaloq organizmi tomonidan sintez qilinishi bilan bog‘liq. To‘qqiz oylik bolada IgM ning miqdori kattalarnikiga tenglashadi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar qonida IgA, IgD va IgE lar juda oz miqdorlarda bo‘ladi.

Parodontit bilan kasallangan bemorlarning milk cho‘ntaklari tekshirilganda, u joydan olingan namunada immunoglobulinlarning A, G, va M sinflari, S3, S5 komplement fraksiyalari va leykositlar borligi aniqlanadi. Milk to‘qimalarida, ko‘p miqdorda plazmatik

hujayralar, limfositlar va makrofaglar (monositlar) uchraydi. Bularning barchasi shundan dalolat byeradiki, ko‘pgina AG-AT reaksiyalari, hujayraviy immunitet jarayonlari parodont to‘qimalarida va alveolyar suyakda kechadi.

Shu ta’kidlash lozimki, milk kovaklari so‘lak bilan emas, balki milk suyuqligi bilan yuviladi, bu suyuqlik tarkibi bo‘yicha qon zardobi tarkibiga yaqin. Milk suyuqligida, A, M, G sinf immunoglobulinlari, transfyerrin, komplementining ayrim komponentlari bo‘ladi. Hujayraviy elementlarning 90 % ini pyeroksidaza va lizosim fyermentlarini sintez qiluvchi tayyoqcha o‘zakli leykositlar tashkil etadi, mononuklearlardan esa V- limfositlar ko‘proq uchraydi.

Taniqli immunologlardan biri Challacombe S.J. (1994), hozirgi vaqtda sIgA ni og‘iz bo‘shlig‘idagi mikroblar kolonizasiyasiga to‘sqinlik qiluvchi eng asosiy omillardan biri sifatida qarash mumkin deb ta’kidlaydi. Bunda, uning asosiy ta’sir mexanizmlaridan biri - adgezinlar bilan birikishi hisobiga zamburug‘larning ularga adgeziya bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi. Oziq muhitga mannoza yoki anti-IgA qo‘shilganda bu ta’sir yo‘qoladi.

.


Yüklə 23,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə