Ma’ruza materiallari 1


O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati to‘g‘risida



Yüklə 454,55 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix28.04.2023
ölçüsü454,55 Kb.
#107487
1   2   3   4   5   6   7   8
O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati to‘g‘risida 
I. Umumiy qoidalar 
1. O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati (MXX) O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 1991-yil 25-avgustdagi va 26-sentabrdagi farmonlari 
asosida tashkil etilgan. 
2. MXX va uning joylardagi organlari xorijiy davlatlar va xorijiy tashkilotlar 
maxsus xizmatlarining O‘zbekistonga qarshi razvedka-qo‘poruvchilik faoliyati bilan 
kurash olib boradilar, O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligini, konstitutsiyaviy 
tuzumini, hududiy butunligini, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va mudofaa qudratini 
g‘ayriqonuniy tajovuzlardan himoya qilishni amalga oshiradi. 
3. O‘zbekiston Respublikasi MXX respublika qo‘mitasining huquqlari bilan 
ta’minlanadi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga bo‘ysunadi. 
O‘zbekiston Respublikasi MXX o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun 
Qoraqalpog‘iston Respublikasida, uning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari 
bilan kelishgan holda, viloyatlarda, alohida shaharlar va nohiyalarda o‘zining 
organlarini tuzadi. 
4. MXX O‘zbekiston Respublikasi hokimiyat va boshqaruv organlarining 
ishlashini nodo‘stlik kayfiyatidagi davlatlar va konstitutsiyaga qarshi ichki tuzilmalar 
maxsus xizmatlarining razvedka-qo‘poruvchilik va boshqa xil jinoiy tajovuzlaridan 
samarali himoya qilish uchun javobgardir va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
hamda Oliy Kengashi oldida muntazam ravishda hisob berib turadi. 


5. Milliy xavfsizlik xizmati va uning joylardagi organlari o‘zlarining amaliy 
faoliyatlarida mehnatkashlar bilan yaqindan aloqada bo‘lishga, doimo ularning 
yordamiga suyanishga majburdirlar. 
6. MXXga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan 
tayinlanadigan va keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati 
tomonidan tasdiqlanadigan Rais boshchilik qiladi. 
MXX Raisining birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari O‘zbekiston 
Respublikasi MXX Raisining taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tayinlanadilar. 
Milliy xavfsizlik xizmatining Raisi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi 
bilan respublika vazirlariga berilgan huquqlardan foydalanadi. 
(6-bandning 
birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2005-yil 26-maydagi 135-sonli 
qarori 
tahririda — O‘R QHT., 2005-
y., 21-son, 154-modda) 
7. O‘zbekiston Respublikasi MXX amaldagi buyruqlar va ko‘rsatmalarga 
muvofiq, agar ular O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga zid 
bo‘lmasa, operativ-qidiruv va boshqa xil xizmat faoliyatlarini amalga oshiradi. 
MXX Raisi va uning o‘rinbosarlari o‘z huquqlari doirasida O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasi, amaldagi qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining farmonlari, Oliy Kengashning va Vazirlar Mahkamasining qarorlari 
asosida hamda ularni bajarish maqsadida buyruqlar, ko‘rsatmalar va yo‘riqnomalar 
chiqaradilar. 
Xavfsizlik organlari ishini tashkil etish masalalarini hal etish uchun tarkibida 
Xizmat Raisi — Kengash raisi, uning o‘rinbosarlari va Xizmatning boshqa rahbar 
xodimlari bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Kengashi 
tuziladi. 
Kengash a’zolarining shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
bilan kelishgan holda Xizmat Raisi tomonidan tasdiqlanadi. 
MXX Raisi Xizmatni va uning organlarini saqlash uchun ajratiladigan 
kreditlarning bosh boshqaruvchisi hisoblanadi, 

Yüklə 454,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə