Ma’ruza Oqimlar. Kiritish va chiqarish oqimlari (cin, cout)



Yüklə 327 Kb.
səhifə1/2
tarix21.05.2023
ölçüsü327 Kb.
#111735
  1   2
Ma’ruza Oqimlar. Kiritish va chiqarish oqimlari (cin, cout)

Ma’ruza 5. Oqimlar. Kiritish va chiqarish oqimlari (cin, cout).


Reja:
1. Oqimlar va ularning turlari.
2. Kiritish va chiqarish operatorlari.
3. Nomlar fazosi.
4. Matematik standart funksiyalar.
5.1. Oqimlar va ularning turlari
Dasturlash tillarida oqimlar bu ma’lumotlarning oqimi hisoblanadi. Ma’lumotlar oqimi asosan konsoldan yoki fayldan kiritilishi yoki chiqarilishi mumkin. Oqimlar 2 turga, kiritish va chiqarish oqimlariga bo‘linadi. Kiritish va chiqarish oqimlari bilan ishlash uchun biz dasturimizga iostream.h sarlavha faylini qo‘shib olishimiz kerak bo‘ladi. Bu sarlavha faylda kiritish va chiqarish uchun alohida ob’ektlar mavjud. Bu ob’ektlar yordamida kiritish va chiqarish oqimlarini boshqarishimiz mumkin. Yuqorida aytib o‘tganimizdek oqimlar konsolli va faylli bo‘lishi mumkin. Konsolli oqimlar dastur ishlagan vaqtida foydalanuvchi tomonidan kiritilishi yoki foydalanuvchiga chiqarilishi mumkin.
Faylli oqimlar foydalanuvchi tomonidan dastur yordamida yaratilgan fayllar bilan ishlashdan hosil bo‘ladi.
5.2. Kiritish va chiqarish operatorlari
C++ dasturlash tilida dastur tuzish davomida biz turli ko‘rinishdagi ma’lumotlarni kiritish va chiqarish amallarni bajaramiz. Bu amallarni bajarish uchun biz kiritish/chiqarish oqimidan foydalanamiz. Bu oqimdagi operatorlar yordamida ma’lumotlarni kiritamiz va ekranga chiqaramiz. cout operatori yordamida ma’lumotlarni ekranga chiqaramiz. Bu operator bilan ishlashda ma’lumotlarni ekranga chiqarishda ikkita kichik “<<” belgisi, ya’ni “joylashtirish buyrug‘i” ahamiyatga ega. Quyidagi misol ko‘rib chiqaylik:
cout << “Hello, World”; // ekranga Hello, World so‘zi chiqadi.
cout << 120; // ekranga 120 soni chiqadi.
cout << x; // ekranga x o‘zgaruvchisining qiymati chiqadi.
Qo‘shtirnoqning ichiga olingan, ya’ni sart shaklida berilgan ma’lumotlar ekranga chiqarilsa, u holda ma’lumotning o‘zi, ya’ni qo‘shtirnoqsiz holda ekranda gavdalanadi. Agar qandaydir so‘z yoki ma’lumot qo‘shtirnoqsiz yozilsa, u holda bu ma’lumot o‘zgaruvchi sifatida qabul qilinib, ekranda uning qiymati gavdalanadi. Quyidagi misolni ko‘rib chiqaylik:
cout << “Salom”; // ekranga Salom so‘zi chiqadi.
cout << Salom; // ekranga Salom o‘zgaruvchisining qiymati chiqadi.
Chiqarish buyrug‘ida joylashtirish operatori bir va bir nechta bo‘lishi mumkin:
cout << “Salom, ”<< “talabalar! ” << “Men C++ dasturlash tiliman.”;
Yuqoridagi dasturning parchasi bajarilga “Salom, talabalar! Men C++ dasturlash tiliman.” so‘zi ekranda gavdalanadi.
Kiritish operatori cin deb nomlanadi. Kiritish operatori bilan ma’lumotlarni kiritish uchun, ikkita katta belgisi “>>”, ya’ni “kiritish buyrug‘i” bizga yordam beradi. Quyidagi misolni ko‘rib chiqaylik:
int a;
cin >> a;
Yuqorida keltirilgan keltirilgan dastur qismining birinchi qatorida a o‘zgaruvchi butun sonli tipda e’lon qilinmoqda. Ikkinchi qatorda o‘zgaruvchining qiymatini klaviatura yordamida kiritish ko‘rsatilmoqda.
Bir nechta ma’lumotlarni kiritishda kiritish operatoridan quyidagicha foydalanishimiz mumkin:
int a, b, c;
cin >> a;
cin >> b;
cin >> c;
Yuqorida keltirilgan misolda 3 ta kiritish operatoridan foydalanib 3 ta qiymat kiritish ko‘rsatilgan. Kiritish operatorida bir va bir nechta kiritish buyrug‘idan foydalanish mumkin. Bu chiqarish operatorida ko‘rsatilganidek amalga oshiriladi. Masalan:
int a, b, c;
cin >> a >> b >> c;
Yuqorida keltirilgan dasturning qismida bir kiritish operatori yordamida 3 ta qiymat kiritish ko‘rsatilgan. Bu qiymatlarni kiritish har bir qiymatni yozilganidan so‘ng ENTER ( ba’zi klaviaturalardi RETURN deb nomlanadi) tugmasi chertiladi.
Kiritish va joylashtirish buyruqlari har bir tip uchun alohida–alohida iostream.h sarlavha faylida qayta yuklangan.
5.3. Nomlar fazosi
Ma’lumki, dasturga qo‘shilgan sarlavha fayllarida e’lon qilingan identifikator va o‘zgarmaslar kompilyator tomonidan yagona global nomlar fazosiga kiritiladi. Agar dastur ko‘p miqdordaga sarlavha fayllarni ishlatsa va undagi identifikatorlar (funksiya nomlari va o‘zgaruvchi nomlari, sinflar nomlari va hokazolar) va o‘zgarmaslar nomlari turli dastur tuzuvchilar tomonidan mustaqil ravishda aniqlangan bo‘lsa, bir xil nomlarni ishlatish bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelish ehtimoli katta bo‘ladi. Nomlar fazosi tushunchasini kiritilishi mazkur muammoni ma’lum bir ma’noda hal qilishga yordam beradi. Agar dasturda yangi identifikatorni aniqlash kerak bo‘lsa va xuddi shu nomni boshqa modullarda yoki kutubxonalarda ishlatilishi xavfi bo‘ladigan bo‘lsa, bu identifikatorlar uchun o‘zining shaxsiy nomlar fazosini aniqlash mumkin. Bunga namespace kalit so‘zidan foydalanilgan holda erishiladi:

Yüklə 327 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə